Qurdlar Suriya hududida avtonomiya barpo qilmoqchi.

347
0

Suriya hukumati bilan muxolifat o’rtasidagi harbiy qarama qarshiliklar bo’lib turgan bir vaqtda, qurdlar mamlakatning shimoliy-sharqidagi ba’zi hududlarda, shu jumladan katta aholi punktlarida, vaziyatni o’z nazorati ostiga olishga muvaffaq bo’ldilar. Bu narsaga, qurdlarning Bashar Asad rejimi qo’llovidan ham, muxolifatdan ham bir xil masofaga yiroqlashganligi sababli erishildi.

O’z navbatida, hukumat harbiylari bu hududlarda qurdlar nazorati o’rnatishligiga qarshilik qilishmayabdi va u hududlarni qurolli qarshiliksiz tashlab chiqib ketishmoqda.

Qurdlar etakchilari o’zaro mavjud kelishmovchiliklarni bartaraf qila oldilar va amaliyotlarning yagona programmasini ishlab chiqdilar. Bu narsa harakatning ichida bo’linish yuz berishining va qismlarning muxolifat tarafiga o’tib ketishligining oldini oldi.

Suriyalik qurdlarning siyosiy partiyalari va harakatlari Qurd Kengashiga birikdilar. Ularning asosiy talablari – Iroq Qurdistoni kabi keng imtiyozli avtonomiya barpo qilishga imkon berish.

Qurdlar nazorati ostiga o’tgan chegaraoldi hududlarda o’zini-o’zi himoya qilish otryadlari turk-suriya chegarasini qo’rg’ashmoqda va Turkiyadan o’tayotgan mujohidlarning va suriya muxolifati uchun qurollarning yo’lini to’smoqdalar. Qurdlarning bu harakatlari kurd birikmalari bilan Turkiya tarafidan dastaklanilayotgan muxolifat kuchlari o’rtasida qurolli to’qnashuvlarni keltirib chiqarmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.