Jorj Sabra: Lahdar Brahimi Suriya xalqini vaqtini bekorga zoe ketkazayapti

319
0

Suriya milliy majlisi raisining o’rinbosari Jorj Sabra BMT-Arab Ligasining Suriya bo’yicha maxsus vakili Laxdar Braximining tashabbuslari va ziyoratlarini tanqid qildi. Jorj Sabra Brahimi Suriya xalqining vaqtini bekorga zoe ketkazayotganligini va bu holda haqiqiy echimga erishishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi aniqligini ta’kidladi.

Sabraning aytishicha, Lahdar Brahimi haqiqiy echimni taqdim qila olmayotgan bir paytda kundan-kunga qurbonlar soni ortib bormoqda.

Sabra “afsuski, u er-bu erni ziyorat qilish va ba’zi bayonotlarni hisobga olmaganda, janob Brahimidan shu vaqtga tashabbus degan nomga arzugulik biror narsa eshitmadik. Oxirgi bayonotida xalqning oldiga ikki tanlovni qo’ydi: yo Asad rejimi yoki jahannam. Bu tanlov emas, bu ikkisi bitta narsa”, deya qo’shimcha qildi.

U Brahimi haqida shunday dedi: “Brahimi haqiqiy tashabbusga erisholmay aylanib yuripti. Bu qurbonlari soni ortib borayotgan Suriya xalqining vaqtini bekorga zoe ketkazishdir. Umid qilamanki, xalqaro hamjamiyat uning fikrini o’zgartiradi hamda Suriya xalqi va qo’zg’oloniga e’tibor qaratadi”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.