AQSh davlati nafaqaxo’rlarga qilinadigan yordam miqdorini inflyatsiyaga to’g’rilab turadi. Ammo Prezident Obama Kongressga taqdim etgan 2014-yil byudjeti loyihasida nafaqaxo’rlarga qilinadigan yordam miqdorini cheklash taklif qilingan. AQSh bu bilan 10 yilda 130 milliard dollar tejamoqchi.
Amerikada 58 million odam ijtimoiy himoya dasturlaridan foydanaladi. Aksariyati maoshga yashaydi. Ko’pchilik hamma narsa qimmatlashayotganidan va agar davlatdan olayotgan yordam puli inflyatsiyaga qarab belgilanmasa, odamlar uy joylaridan ajralib, hayot yanada qiyinlashishidan xavotirda.
Iqtisodchi Monik Morisining fikricha, imtiyozlarni qisqartirish kam daromadli oilalarning ahvolini yanada qiyinlashtiradi.
“Qariyalar orasida qashshoqlik darajasi yuqori, daromadlari kam. Ayrimlari to’plab qo’ygan pullarini sarflab bo’lgan, tibbiy xizmatlarga yonidan ko’p to’lashadi. Bu toifa uchun imtiyozlarni umuman kesib bo’lmaydi”, – deydi mutaxassis.
Amerikada qariyalar soni borgan-sari ko’payib borarekan, ijtimoiy himoyaga tobora ko’p pul sarflanishga to’g’ri kelmoqda.
Shuningdek Prezident o’z byudjet loyihasida tibbiy yordam dasturini kesishni, boylarga imtiyozlarni bekor qilishni ham taklif qilmoqda. Rejaga ko’ra, amerikalik boylar va kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari kesilishi yoki umuman bekor qilinishi, yoshi ulug’ amerikaliklar uchun zarur ijtimoiy va tibbiy himoya dasturlari qisqarishi mumkin. Oq uy bu bilan kelasi 10 yilda kamomadni ikki trillion dollarga kamaytirmoqchi, ammo ayrimlar nazarida. Obama rejasi ba’zilarga og’ir keladi.