AQSh yangi qo’mondoni: Afg’onistonda maqsadga erishamiz

387
0

AQSh generali Jozef Danford Afg’onistondagi xalqaro koalitsiya kuchlarining yangi qo’mondoni etib tayinlandi. General Jon Allen o’rniga kelgan Danfordning asosiy vazifasi – AQSh va boshqa xalqaro qo’shinlarni Afg’onistondan o’z vaqtida olib chiqish.

“Yangi kelgan paytimga qaraganda, hozir umidlarim ancha yuqori”,- dedi Afg’onistondagi xalqaro koalitsiya kuchlari sobiq qo’mondoni Jon Allen.

“Ochig’ini aytganda, 19 oy avval, 2011-yilning iyul oyida kelganimda bugungidek umidvor emas edim. Hozir esa biz aniq g’alaba qozonamiz degan bir his bor”, – deydi u.

“Bugun buyuk qo’mondon bilan xayrlashyapmiz. Rahbariyat o’zgaryapti. Ammo maqsadlarimiz o’zgarmaydi, balki davom etadi”, – deydi general Danford.

Askarlarni olib chiqish davom etadi. Ammo Afg’onistonda tinchlik to’la qaror topgani yo’q. Qishloq joylardagi ayrim hududlar hanuz isyonchilar nazoratida.

Kelajakning qanday bo’lishini bashorat qilishga hali erta. 2013-yilning jangovar harakatlar mavsumi yaqinlashmoqda. Bu xavfsizlikni o’z qo’liga olayotgan afg’on askarlari uchun birinchi sinov bo’ladi.
Turkiston:
General Jon Allen g’alaba haqida gapirmoqda. Ha, u bu borada qandaydir ma’noda haqli. Chunki Afg’oniston botqog’idan eson-omon chiqib olishning o’zi ular uchun bir g’alaba bo’lib qoldi. Pokiston sobiq generali Hamid gul aytganidek, Amerikaning Afg’onistondagi ahvoli birovning uyiga kirgan o’g’riga o’hshaydi. Endi u, maqsadiga erisha olmagach, uy egasiga bildirmasdan orqa eshikdan chiqib qochib qolish ilojini topish kerak, ana shunda u haqiqiy muvaffaqiyatni qo’lga kiritgan bo’ladi.

http://www.youtube.com/watch?v=L3Ef3pRNoBw

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.