AQSh Putinga Suriyaning yarmini taklif qilmoqda.

346
0

Rossiya va Frantsiya prezidentlarining Moskvada uchrashuviga yakun chiqarar ekan, Turkiya matbuoti e’tiborni ikki davlat rahbarining Suriya hususidagi tutgan o’rniga qaratdi va bu masalani so’zlashuvlar kun tartibining asosiy bandi deb atadi.

So’zlashuvlar Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun biror aniq natija bermadi, biroq ikki rahbar ham Suriya inqirozini muloqotlar o’rnatish hamda so’zlashuvlar asosida hal qilish zarurligini takidlashdi, degan fikrni yozadi Sabah.

H?rriyet ro’znomasining yakunlashicha, Fransua Olland Rossiya prezidentini Suriya hususida Moskvaning pozitsiyasini o’zgartirishlikka ko’ndirishning uddasidan chiqolmadi.

“Suriyada urushni to’xtatish maqsadini ko’zlab, Suriyada manfaatlari to’qnash kelgan AQSh va Rossiya bu mamlakatda mushtarak rejani amalga oshirishni qaror qilishdi”, – shunday sensatsion xulosa chiqaradi Yeni Safak. O’zining bu xulosasida nashriyot “isroil josuslik hizmati bilan aloqasi bor deb tanilgan” Debkafile yahud internet-saytiga tayanadi. Rejaga binoan, Suriya ikki mintaqaga bo’linib, biri inqilobchilar nazorati ostiga o’tadi, ikkinchisida esa hukumat o’z hokimligini saqlab qoladi. Shundan so’ng tinchlik sulhi tuziladi va mamlakat kelajagi hususida so’zlashuvlar boshlanadi. Nashriyotning belgilashicha, AQSh Suriyada o’z maqsadlariga erishish uchun (hususan – Suriya kimyoviy quroli ustidan nazorat o’rnatish, Asad ketgandan so’ng Suriya ko’chib o’tish hukumatining «g’arbparast» markazini shakllantirish kafolati, Suriyada islomiy guruhlar pozitsiyalari mustahkamlanishligining oldini olish) “Suriya hususidagi rejaga” shaxsan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qo’shib olishni zaruriyatdan deb topdi, hatto bu narsa 2014 yilgacha Bashar Asadning hokimiyatda qolishligiga sabab bo’lishi mumkinligini anglab turgan bo’lsa ham.
Turkiston:
Demak, yuqoridagi AQSh va Rossiya vakillarining o’zlariga qattiq ishonch bilan Suriya taqdirini xal qilish uchun olib borishayotgan muzokaralardan shu narsa ayon bo’ladiki, ular qirg’inbarot urushni to’xtatish yoki avj oldirish imkoniyatiga egalar.

Bu esa, faqat ularning bizlarning ustilarimizda ya’ni Suriyadagi manfaatlarini belgilab olishlariga bog’liq ekan. Bu kelishmovchiliklar, ularni o’rtalarida qancha davom etsa, musulmonlarning qoni shuncha to’kilaverar ekan.

Ularning xar biri, bu davlatning ichki ishi, aralashmay ularning o’zlariga qo’yib beraylik va xokazo shu kabi gaplari, yuqoridagi bayonotlarga zidku. Naxotki ular, demokratik printsiplarga asoslangan dunyo sistemasining asosi bo’lgan idiologik asosdan chetlab,ochiqchasiga bosqinchilik yo’liga o’tayotgan bo’lishsa.

E’tiborli joyi shundaki, Jon Kerrining Yevropa bo’ylab yurishi ortidan, Frantsiya o’rtakashlik qila boshladi. Demak AQSh Suriya masalasida xam strotegiyasini o’zgartirib, muzoraralar ortidan matbuot xujumi, xalqaro siyosiy richaglardan foydalanish va o’zi aralashmaydigan ichki urushlar bilan Rossiyani xoldan toydirmoqchi.

AQShning yangicha strotegiyasi, musulmonlarni bilvosita boshqarishga, bu esa musulmonlar ichidagi munofiq va xoinlardan foydalanishga muxtoj bo’ladi.

Klintonni davridagi shu kabi xolat, kichik Bushning kelishi bilan buzib tashlanib, yangicha tizim paydo qilingan edi. Bugunga kelib ular vaziyatni ilgarigiga o’xshash bilvosita boshqarish programmasi asosiga qaytishmoqchi. Bu esa biz musulmonlarning o’rtalarimizda fitnalar uyushtirish orqali o’zaro urushlar keltirib chiqarish xamda Suriyadagi kabi yurtlarimizni vayron qilib, ularga bo’lgan extiyojlarimizni kuchaytirish ortidan o’sha xoinlar orqali bizlarga ko’mak ko’rsatish bilan amalga oshiriladi.

Allox xalifalik davlatining barpo qilish bilan bu kofirlarning rejalarini barbod qilsin.

Abduraxmon:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.