Amerikalik senator: Dronlar yordamida biz 4700 kishini o’ldirdik.

365
0

Amerikaninng Janubiy Karolina shtatidagi Isli shaxri klubida nutq so’zlayotib, senator-respublikachi Lindsi Grem baland ohangli bayonot berdi. Mujohidlarga (ularning tilida – terroristlarga) qarshi Yaqin Sharqdagi kurashda qo’llanilayotgan omil sifatida uchuvchisiz uchoqlarni himoya qila turib, u mana shunday zarbalardan qurbon bo’lganlarning umumiy sonini keltirdi, ma’lum qiladi EaslyPatch.

Bu bayonot, uchuvchisiz uchoqlarning qo’llanilib kelinayotgan 8 yillik davrida etkazilgan insoniy talofat AQShning rasmiy darajadagi qurbonlar statistikasida shu kungacha biror marta qayd qilinmayotgan bir vaqtda berildi.

“Biz 4700 kishini o’ldirdik, – maqtandi senator. – Ba’zida zarbalardan begunoh odamlar ham qurbon bo’lmoqda, men bundan nafratlanaman. Lekin bu – urush va biz «Al-Qoidaning» ba’zi e’tiborli namoyondalarini yakson qildik”, – deya musulmon ayollari hamda bolalari o’ldirilishini oqladi u.

“Bu – albatta qo’llanilishi kerak bo’lgan qurol. Pokiston va Afg’onistonda bizning qo’shinlarimiz yo’q va bu uchoqlarsiz biz u erda jangarilar harakatlarini nazorat qila olmaymiz”, – bayon qildi Grem.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.