Amerika kelasi Davha sammitida o’zining yangi malaylari nomini e’lon qiladi… ularni tanib oling va rad eting

0
473

Shu kunlarda Suriya xorijiy muxolafati o’z yig’inlarini davom ettirmoqda. Yig’inlardan maqsad, milliy kengashning muxolafatni o’zida gavdalantira olishga yo uni kengaytirishga yaroqliligini ko’rishdan iborat bo’lib, ular 2012 yil 1 noyabrda Iordaniyada boshlandi. Bularning bari joriy yilning 31 oktyabrida Xillari Klintonning milliy kengashning o’zi muxolafatni gavdalantirishga etarli emasligi, unga boshqa sektorlarni ham qo’shish lozimligi… to’g’risida bergan bayonoti ortidan amalga oshdi. Shu tarzda Amerika o’zi etishtirgan milliy kengash juda ham yaroqsiz etishtirilganini kutilmaganda fosh qilib qo’ydi! Aslida sabab yaroqsizlikda emas. Chunki kengash Amerika tomonidan etishtirilgani jihatidan, tuzilgan paytdan buyon juda yaroqli bo’lib, Suriya ahlini o’zida gavdalantirishdan ancha olisdadir. Biroq Amerikani bunday bayonot berishga undagan narsa Yevropa (Britaniya va Frantsiya) va uning Iordaniya, Qatar kabi malay davlatlari tomonidan so’nggi paytda jiddiy tarzda yangray boshlagan milliy kengashning yomonliklari, zararlari va uni o’zgartirish lozimligi… to’g’risidagi gapdir. Shuning uchun Amerika bunday gap-so’zlarning hammasini yo’lini qirqishni va yangi hay’at tuzish ishini o’z qo’liga olishni istamoqda. U ayni yangi hay’atga shunday bir ko’zni qamashtiruvchi jilo surtsinki, bu safar uning yomonliklari milliy kengashga o’xshab ko’rinib qolmasin, keyin mana shu hay’atdan o’tish davri hukumati ham, harbiy hay’at ham tug’ilaversin! Amerika shuni xohlamoqda.

Amerika Yevropa yo’lini mustahkam harsang toshlar bilan qaytib ochilmaydigan tarzda qirqib qo’ymoqchi bo’layotgan ekan, ushbu hay’atni tuzish borasidagi kengashlar Turkiya kabi o’ziga tobe davlatlarda o’tkazilmasligini istadi. Shuning uchun milliy kengashga qarshi tashabbus tizginini o’z qo’llariga olishlari uchun o’z «dum»larini Ammon bilan Davha o’rtasida elib-yugurishga buyurdi hamda hay’at ijodkorlarini Iordaniyadan boshlanib, Qatargacha davom etayotgan mana shu yig’inlarda namoyish qila boshladi. Vaholanki Iordaniya ham, Qatar ham Yevropa tayanayotgan davlatlardir. Shu tarzda u Yevropaning ayni yangi hay’atga qarshi e’tirozlarini uzoqlashtirmoqchi. Zero, bu hay’at Qatarda tug’ilgan bo’lsa-da, biroq uning loyihachisi ham, tuzuvchisi ham o’sha milliy kengashning tuzuvchi va loyihachisining o’zidir, ya’ni Amerikadir! Shunday qilib, ertaga Davha sammitida hay’atga «yangi etakchilik», degan nom berish mubohasa qilinadigan bo’ldi va bunday yig’inlar joriy oyning sakkizinchisiga qadar davom etadi. Darvoqe, hay’at tuzish tashabbusi «Riyoz Sayf tashabbusi», deya nomlanadigan bo’ldi. Bizga ma’lumki, Riyoz Sayf Asadlar rejimining ikki davrida ham parlament a’zosi bo’lib kelgan, ya’ni Bashar rejimi uchun u begona emas! Masalan, 2012 yil 3 noyabrda yozuvchi Mishel Kilu o’zining «al-Arabiya» telekanaliga bergan intervyusida bunday dedi: «Biz muxolafatdan hukumatga o’tish davrini hamda Suriyani bunday qurollar anarxiyasidan himoya qiladigan harbiy hay’at tuzishni guvohi bo’lyapmiz».

Ey Islom Shomida qo’zg’olon qilayotgan musulmonlar!

Bugun siz uchun ushbu surat ochiq ko’rinib qoldi. Biz bu suratni to’sib turgan niqobni ochib tashlash uchun avval ham harakat qilib keldik, hozir ham harakat qilmoqdamiz. To’qilayotgan fitna to’ri aslida qo’zg’oloningizni jilovlab olish hamda sizning Islomni boshqaruvga olib kelish, Allohning shariatini hukmron qilish, muborak Shom yurtlarining chor atrofida islomiy hayotni qayta boshlash kabi talablaringizni yo’q qilishdan iboratdir. Darhaqiqat, ular sizni ba’zan terroristlar, ba’zan ekstremistlar, deb atashdi. Hatto Klinton yuzsizlarcha: «Men bu ekstremistlarning qo’zg’olonni o’g’irlab olishlariga yo’l qo’ymayman», dedi. Go’yo bu qo’zg’olon masjidlardan boshlanmaganday, go’yo aksar oqizilgan qonlar siz musulmonlarning qoningiz emasday. Hatto muxolafatning ilmoniylik botqog’idan sizga va Shomdagi Islom zaminiga qarshi jinoyatkorlik loyihasini qo’lida ko’tarib chiqqan ana u Riyoz Sayf 2012 yil 1 noyabrda bergan bayonotida sizning islomiy loyihangizga qarshi pozitsiyada turganini ifodalab, «turfa xil demokratik fuqarolik Suriyasini barpo etajagini» aytdi. Amerika qo’zg’olon boshlangandan beri sizga zo’rlab tiqishtirishga urinayotgan narsa mana shu. Biroq siz bunga qarshi qudratli va mag’rur pozitsiyada turdingiz va «bizning toabad etakchimiz – sayyidimiz Muhammaddir», «labbayka yo Alloh», deya hayqirdingiz. Endi, mana shu iboralaringizni voqeiy haqiqatga aylantirish vaqti etdi! Biz Manof Tallosdan tortib Riyoz Hajjob va Riyoz Sayfgacha bo’lgan ushbu zaif muxolafatchilarga bunday savol beramiz va avval ham berganmiz: sizlar ushbu jabrdiyda va jafokash Ummatingizga nima yangilik keltira oldingiz? Siz olib kelgan narsalarning avvalgi rejimdan nima farqi bor? Bu harbiy hay’atingiz Amerika Iroqdagi musulmonlar qudratini sindirish va xorlash maqsadida olib kelgan Iroq armiyasining ikkinchi bir nusxasidan o’zga narsa emasku?

Nusrat va mag’rurlik Shomida qo’zg’olon qilayotgan ey pahlavon musulmonlar!

Ana u Amerika Islom va musulmonlarga ochiqdan-ochiq dushmanlik qilmoqda va bu barcha mavzuda yaqqol namoyon bo’ldi: Afg’oniston mavzusida, Somali mavzusida ochiq namoyon bo’ldi, kuni kecha Iroq mavzusi ham bo’lib o’tdi! Bugun esa bu narsa Suriyada o’zining eng manfur basharasi bilan namoyon bo’lyapti. Musulmonlarning Guantanamo, Bagram, Abu G’urayb qamoqlarida, maxfiy qamoqlarda va ko’chma qamoqlarda qiynoqqa solinishlarida namoyon bo’ldi, qiynoqlar asnosida dinlari uchun azoblanishlarida namoyon bo’ldi. Amerikaning Qur’oni Karimni va Rosuli akram Ani tahqirlagan kimsalarni himoya qiluvchi iflos qonunlari manzarasida namoyon bo’ldi. Qarang, bugun u sizning kelajagingizni chizib bermoqchi… Amerikaning ortidan Yevropa chopyapti, chunki Amerika yangi hay’at tuzish yig’inlarini Turkiya kabi o’ziga tobe yurtlarda emas, Yevropaga tobe yurtlarda o’tkazayotganidan va hay’atdagi ayrim a’zolarni Yevropaga ko’rsatib, «marhamat» ko’rsatayotganidan ko’ngli to’lgan! Shu tarzda Yevropa soxta o’lja bilan kifoyalanib qoldi! Amerika esa o’zining Erdogandan tortib Ahmadiy Najod, Nuriy Molikiy, Ibrohimiy kabi qator malaylari orqali faol ravishda tizginni o’z qo’liga oldi!

Amerika va uning eski «tozalangan» ittifoqchilari harakatini kuzatib borayotgan kishi uning kelajakda Suriya uchun tuzgan rejasi quyidagilardan iborat ekanini guvohi bo’ladi:

– Davhada o’z nazorati ostida muxolafatning yangi hay’atini tuzish. Amerika bunga o’zining ko’pgina tortishuvlarga sabab bo’lgan elchisi Ford etakchiligida yashirin uchrashuvlar o’tkazish orqali uzoq oylardan buyon urinib kelayotgandi. Ford joriy yilning iyul oyi o’rtalarida o’tkazgan yig’inlarining birida muxolafatdan shartnoma imzolashni talab qilgan. Shartnomada muxolafatdan Suriyadagi Amerika elchisiga ishlar yoki ayrim ishlar tizginini topshirishlari va elchiga murojaat qilmasdan birorta ham ishni amalga oshirmasiklari talab qilingan!

– O’tish davri hukumatini tuzish. Bu hukumat a’zolari Suriyaning hozirgi rejimiga tobe bo’lganlardan va qo’llarini «musulmonlar qoni bilan ifloslamagan»liklarini da’vo qilayotganlardan hamda muxolafatning yangi hay’ati a’zolaridan iborat bo’ladi. Bu o’tish davri hukumati yurtdagi o’zgartirish amaliyoti etakchilari ustidan Amerika tuzib bergan asosda hukmronlik qiladi.

– Harbiy kengash tuzish. Toki bu kengash o’tish davri hukumati (Amerika tuzgan hukumat) bajaradigan yangi dastur bo’yicha chiqarilgan qarorlarni himoya qilib tursin (zero, bu dastur moddalarida demokratiyani rivojlantirish va dinni boshqaruvdan, binobarin, hayotdan ajratish tan olingan bo’lsin), bu kengash Suriyadagi hodisalarga tub echim sifatida Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan boshqarishni o’rtaga tashlayotgan islomiy muxolafatga zarba bersin, bundan oldin bu islomiy muxolafat terroristlar va ekstremistlar, deya ayblansin hamda butun axborot vositalarini ushbu rostgo’y xolis qo’zg’olonchilarga qarshi qo’yilsin…

Allohning o’rniga Amerikaga sajda qilayotgan mazkur «muxolafatlar» aslo siz Suriya ahlidan emas. Bu muxolafatlar sizning Allohdan boshqaga sajda qilmasligingizni tushunishmadi. Aksincha, maydonda ana u qotil rejim va uning amerikalik xo’jayinlari bilan bir safda turib kurashishyapti. Albatta, hozir maydonda ushbu ikki raqib bor: Birinchi, yolg’iz Alloh Subhanahuning boshqaruviga asoslanuvchi va Islomiy Xalifalik davlatida gavdalanuvchi islomiy loyihani ko’tarib olgan kishilar. Ularga qarshi Amerika, Yevropa, Rossiya, Xitoy va malay davlatlar tomonidan urush e’lon qilingan, ularga eng yomon sifatlar yopishtirilgan… Ikkinchi, insonlar tomonidan boshqariluvchi hukmlarni ko’tarib olgan kimsalar. Ularni Amerika minib olib, ular orqali Suriya rejimini faqat basharasini o’zgartirishni, o’zini esa saqlab qolishni istayapti. Bu so’zlarimiz dalili mana shu o’tish davrida etakchilik qilish uchun ishlatilayotgan nomlardan ham, Amerikaning Suriya armiyasi qo’mondonlarini va jinoyatkor xavfsizlik xodimlarini saqlab qolish niyatidan ham yaqqol ko’rinib turibdi. Albatta, Amerika va Yevropa davlatlari Allohga qarshi urush qilishyapti hamda Uning dini nurini mazkur loyihalari bilan o’chirmoqchi bo’lishyapti.

Ey majruh Suriyadagi musulmonlar!

Hizbut Tahrir – Suriya sizdan va siz bilandir hamda insha Alloh sizning ishonchli nasihatgo’yingizdir. Amerika esa reja tuzib, uni muvaffaqiyatli ado etish uchun barcha kuchlarini to’playapti. Bas, uni o’z nazoratingizdan qochirmang va uni ham, ma’lum vaqtda e’lon qilinishi kutilayotgan yangi muxolafatini ham oldindan rad eting. Bilingki, Davhada va undan keyin bo’ladigan yig’inlarda e’lon qilinajak kimsalar jinoyatkor Amerikaning Asad rejimiga madad bo’luvchi malaylariga aylanishadi. Shunday ekan, ularga xushyor boqib turing va Allohning Qur’oni Karimidan, Rosuli Aning Sunnatlaridan o’zga narsaning hayot dasturlaringizga aylanishiga hargiz rozi emasligingizni, shu ikkisisiz hargiz haq va adolat qaror topmasligini, musulmonlar xalifasidan boshqa kishi sizni hargiz gavdalantirmasligini ochiq e’lon qiling. Alloh Taoloning ushbu kalomi ma’nosini tadabbur qiling:

«Ular Allohning nurini og’izlari (ya’ni behuda gaplari) bilan o’chirmoqchi bo’lishadi. Alloh esa, garchi (kofirlar) xohlashmasa-da, faqat O’z nurini to’la yoyishni istaydi. U O’z Rosulini hidoyat va haq din bilan – garchi mushriklar xohlamasalar-da – barcha dinlarga g’olib qilish uchun yuborgan zotdir»            [Tavba 32-33]

Hizbut Tahrir

20 zul-hijja 1433h

Izohlar yo'q