Mursiyning dardi nima?!

0
553

Mursiy Eronga Suriya masalasida bir hay’at yubordi. Sirli vazifa yuklatilgan bu hay’atning kim tomonidan yuborilgani ham sirli qoldi. Bu masalada Mursiy idorasi bilan Tashqi Ishlar Vazirligi ixtilofga kirdigani aytilmoqda.

“Mursiy Suriyaga xorijiy hujumga qarshi chiqish bilan xato qilmoqda. Bu ishda xato siyosat olib bormoqda. Pishgan palovga suv qo’shmoqda. Masalani hal qiladigan kuchingiz bo’lsa o’rtaga qo’ying. Bunday kuchingiz bo’lmasa, bir chekkada o’tiring. Soya tushirmang. Mursiy bularning hech birini qilmayapti. Bundan ham battari Mursiyning Putin bilan uchrashuvda aytgan so’zlaridir”, deydi Mustafo O’zjon. Mursiy Putin bilan uchrashuvi haqida shunday degan edi: “Rossiya bilan muzokaralarning asosiy mavzusi Suriya masalasi bo’ldi. Rossiyaning Suriya siyosati Misrning siyosatidan farq qilmaydi”.

O’zjon davom ettirib aytadi: “Mursiyning o’zi avval Eron masalani hal qilish tarafida emas edi, balki uning o’zi muammoning bir qismi ekanligini aytgan edi. Endi nima bo’ldi, Eron o’zgardimi yoki muammomi? Buning ustiga Eron Suriyadan keyin Iroqda ham sunniylarga qarshi ikkinchi jabhani ochdi. Bu bilan muammoli nuqtalar yana bittaga ko’paydi. Biz Ixvonni xato qilsin, deya qo’llamadik. Ixvon uchun Islomni emas, Islom uchun Ixvonni qo’llayotgan edik. Ularning yo’llari ayriladigan bo’lsa, bizning ham Ixvon bilan yo’llarimiz ayriladi. Chunki hech kim mas’um emasdir…”

Izohlar yo'q