Tolibon o’zining «taslim bo’lish so’zlashuvlari»ni rad qilajagini e’lon qilishi hamda Pokiston va Afg’onistonda roshid Xalifalik tiklanishi tomonida turajagini bildirishi lozim

266
0

Matbuot bayonoti

Tolibon harakati o’tgan hafta Parijda dekabr oyining oxirida bo’lib o’tadigan Afg’oniston konferentsiyasida qatnashishini ta’kidladi, holbuki bu harakat afg’on hukumati bilan qandaydir muzokaralarga kirajagi to’g’risida hech gap­so’z bo’lgani yo’q edi. Tolibon harakati rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid bunday dedi: «Tolibon bu konferentsiyada o’z pozitsiyasini xalqaro jamoatchilikka bildiradi, biz o’zimizning ikki vakilimizni yuborishimiz mumkin, shu narsa aniq bo’lishi lozimki bu erda mana shu ikki vakildan boshqa harakatning hech qanday vakili bo’lmaydi va bu ikkisidan boshqalar bilan so’zlashuvlar ham bo’lmaydi, bu konferentsiya bahslashuv konferentsiyasi bo’ladi, xolos. Tolibon vakillari bu konferentsiyada faqat olamni bizning nuqtai nazarimizdan bevosita tarzda yuzma­yuz turib xabardor qilish uchungina qatnashadilar». Zabihulloh bunday deb qo’shimcha qildi: «Bu harakat odamlarning qo’llab­quvvatloviga ega, Qo’shma Shtatlar bu voqeni allaqachon qabul qilib bo’lgan, chunki Tolibon shunchaki bir oddiy harakat emas, aksincha u odamlar o’rtasida chuqur tomir otgan harakatdir, amerikaliklar bu voqeiy haqiqatni allaqachon qabul qilib bo’lishgan». (Xalqaro xabarlar, 2012 yil 11 dekabr).

Afg’onistonga bag’ishlangan bu xalqaro konferentsiya Amerika va uning ittifoqchilariga nisbatan bir qiyin bosqichda yuzaga kelyapti, chunki ular afg’on botqog’idan chiqish echimini izlashmoqda. «Tinchlik amaliyotiga yo’l xaritasi 2015» nomli bu reja mehvari besh bosqichdan iborat bo’lib, u Amerika homiyligida Afg’oniston va Pokiston tomonidan taklif qilingan rejadir. Bu rejaning mohiyati Tolibonni va unga aloqador boshqa qurolli jamoalarni Afg’onistondagi hukumat strukturasiga tortishga harakat qilishdir, bu qarshilik harakatidan butunlay voz kechish evaziga bo’ladi. McClatchy axborot kanali bu yo’nalishni qisqacha tarzda bunday deb sharhladi: «Tinchlik amaliyoti natijasi o’laroq afg’on konstitutsiyasi ehtirom qilinishi lozim… Muzokaralar natijalarining bir qismi sifatida boshqa qurolli jamoalar va Tolibon al­Qoida tashkiloti bilan va boshqa terrorchi jamoalar bilan aloqalarni uzishi, ishonch hosil qilish mumkin bo’ladigan tarzda zo’ravonlikni tashlashi lozim… Tinchlik amaliyoti regional va xalqaro maydondagi davlatlar tomonidan osonlashtirilishi lozim». (Afg’onistonda tinchlik amaliyoti va 2015 yilgi yo’l xaritasi, McClatchy internet sayti, 2012 yil 13 dekabr).

Tolibon harakati bitta rahbariyat qo’li ostida emasligi va bu harakatdagi biron guruh o’zini butun harakat vakili deb da’vo qila olmasligi bizga ma’lum, bu harakatning barcha guruhlari bo’lmasa ham, lekin ko’pchilik guruhlari mustamlakachi G’arb kuchlari bilan olib boriladigan har qanday muzokarani rad qilishi ham bizga yaxshi ma’lum. Shunga qaramay biz bu harakatning ba’zi guruhlari tinchlik rejasini muhokama qilajagidan hayron qoldik va biz buni ma’qullamaymiz. Holbuki bu tinchlik rejasini butun o’lchov va tafsilotlari bilan olganda undan ko’zlangan maqsad Amerikaning bu mintaqadagi putur etgan hukmronligini saqlab qolishdir va buni amalga oshirish uchun afg’on hukumatidan bir qurol sifatida foydalanishdir, xolos.

Shunga ko’ra bu reja o’z Islomlarini himoya qilish yo’lida jonlarini fido qilgan ko’plagan afg’on fuqarolarining qonlarini behuda ketkazish ekanligida hech shubha yo’q. Bu reja Amerika va uning ittifoqchilarini tiz cho’ktirgan, bu bosqinchilarni o’z obro’larini saqlab qoladigan bir chiqish yo’lini izlashga majbur qilgan minglab shahidlarni va o’n minglab mujohidlarni mensimaslik hamdir. Shuning uchun bu muzokarada qatnashish va afg’on konstitutsiyasi hurmat qilinadigan rejaga imzo chekish Alloh Subhanahu va Taologa, Uning Rosuli ?ga va Ummatga qilingan xiyonatdir.

Alloh Subhanahu va Taolo aytadi:

 

«Bas (ey mo’minlar), sizlar (u kofirlarga qarshi jang qilayotganingizda hargiz) sustkashlik qilmangiz va o’zlaringiz ustun-g’olib bo’lgan hollaringizda (ularni) yarashga ham chaqirmangiz! Alloh sizlar bilan birgadir va U hargiz qilgan amallaringizning (savob-mukofotini) kamaytirmas»

[Muhammad 35]

Bundan tashqari bunday muzokaralarga kirish haromdir. Chunki bunday muzokaralarga kirish o’ta siyosiy go’llikning cho’qqisi bo’lib, u faqat dushman foydasigagina xizmat qiladi, chunki u kofirlarning Afg’oniston ustidan hukmron bo’lib qolishiga imkon berishdir, bu esa Alloh Subhanahu dinida xatarli ishdir.

 

«Va Alloh hargiz kofirlar uchun mo’minlar ustiga yo’l bermagay» [Niso 141]

Biz Hizbut Tahrir markaziy matbuot bo’limidagilar din nasihat ekanligidan kelib chiqib Tolibondagi va u bilan birga harakat qilayotgan jamoalardagi birodarlarga mana shu bayonot bilan murojaat qilamiz:

1 – Hozirgi afg’on konstitutsiyasini, afg’on siyosiy strukturalarini va hozirgi hukumatni noshar’iy deb e’tibor qilish, chunki bular Islomdan emas, ularni mustamlakachi kuchlar o’zlarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida Islomni tahqirlash va xalqni ezish uchun o’rnatib qo’ygan.

2 – Nafaqat Afg’oniston va Pokiston, balki butun Ummat muammolarini hal qilish uchun birdan-bir to’g’ri siyosiy ish olib borish roshid Xalifalikni tiklash uchun ish olib borishdir. Xalifalik hayotning barcha sohalarida: siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va tashqi ishlarda Islomni to’liq tatbiq etadi. Birdan-bir to’g’ri siyosiy ish olib borish Islomni qisman tatbiq etishning barcha ko’rinishlarini qat’iyan rad etishdir. Bundan boshqa natijani beradigan har qanday siyosiy ish olib borish vaqtni zoe qilishdir va harakatlarni behuda ketkazishdir.

3 – Haq bilan botil aralash-quralash bo’lgan har qanday o’rtacha echim borasida hech qaysi afg’on mas’uli bilan muzokaraga kirishmaslik, chunki bunda Afg’onistondagi Amerikaga malay bo’lgan rejimni tan olish bo’lib qoladi va bunda haqdan voz kechib botilga ergashish uchun birinchi qadam tashlangan bo’ladi. Hatto bunga Parijda Afg’oniston hokimlari va Tolibonning ikki vakili ishtirokida bo’ladigan «bahslashuv konferentsiyasiga qatnashish» degan niqob kiygizilgan taqdirda ham uni qat’iyan rad etish vojib. Chunki bunday konferentsiyalar xatarli siyosiy toyg’oqlikka qulash uchun birinchi qadamdir… Yuqorida aytilganlarga ergashib demak Tolibon bir vaqtning o’zida quyidagi ikki risolatni ilgari surishi lozim:

Birinchi: Butun olamga: Tolibon haq ustida sobit turaveradi, haqni botilga almashtirishga aslo rozi bo’lmaydi, mazmunidagi risolatni yo’llashi lozim. Chunki ana shunda olam Tolibonni mustamlakachi kofirlarning rejalari bilan aldab bo’lmasligini tushunib etadi.

Ikkinchi: Islomiy Ummatga: Tolibon Xalifalik uchun harakat qilmoqda, shu orqali Islom va musulmonlar azizligini qayta tiklaydi, degan mazmundagi risolatni yo’llashi lozim.

 

«(Qur’on) odamlar ogohlantirilishlari va (Alloh) yagona iloh ekanini bilishlari hamda aql egalari eslatma-ibrat olishlari uchun (Alloh tarafidan nozil qilingan) bir bayonot-xabardir» [Ibrohim 52]

Usmon Baxxosh

Hizbut Tahrirning markaziy matbuot bo’limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.