Pokistonning Tirax vodiysida to’rt kundan buyon davom etayotgan to’qnashuvlar natijasida 60 dan ortiq odam qurbon bo’ldi.

297
0

Pokistonning Tirax vodiysida to’rt kundan buyon davom etayotgan to’qnashuvlar natijasida 60 dan ortiq odam qurbon bo’ldi. Bu haqda Pokiston axborot vositalari maa’lum qiladi.

Afg’oniston bilan bo’lgan chegaraga yaqin joydagi Xaybar hududida davom etayotgan ikki guruh o’rtasidagi shiddatli to’qnashuvlar juma kuni Pokistonda katta kuchga ega bo’lgan “Taxriqi-tolibon Pokiston” guruhi hukumatga moil “Ansor ul-Islom” guruhi qarorgohini bosib olgach boshlangan.

Otishmalarda ikki tomon ham avtomatik hamda granata otuvchi qurollardan foydalanmoqda.

Hukumat harbiy kuchlari nizoga aralashmaslikka harakat qilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.