Mursi Shar’iy boshqaruvga ishonmaydi

377
0

“Islomchi”-prezident Muhammad Mursi o’zi va uning “Musulmon birodarlar” komandasi Misr Shariat asosida boshqaruvdagi davlat bo’lishini xohlamasligini bayon qildi. Misr inqilobining ikki yilligi arafasida «Frankfurter algemayne» nemis ro’znomasiga bergan o’zining bayonotida Mursi: “Qarama-qarshi fikrlar bor ekanligidan men xursandman, muxolifatning borligidan ham xursandman. Birgalikda olg’a qadam tashlash uchun biz demokratik muhitda, ya’ni jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari yo’lidagi haqiqiy erkinliklar bilan qanday ish olib borish va bir birimiz bilan qanday hamkorlik qilishni endigina o’rganib kelmoqdamiz. Zo’rovonlik bilan ish tutishlikka hech kimning haqqi yo’q”, – dedi.

“Barcha partiya va siyosiy bloklar uchun yangi parlament saylovlarida qatnashishlikka to’liq imkoniyatlar bor. Buni kafolatlab berish mening burchimdir. Men jamiyatning barcha qatlamlari yordamida qanday qilib bo’lmasin mamlakatda tinchlikni saqlab qolishning uddasidan chiqishlikka harakat qilaman”, – takidladi Mursi.

“Biz teokratiyaga (diniy hukumatga) ishonmaymiz. Teokratiya tushunchasi bizga begonadir. Biz doimo fuqarolik boshqaruvi haqida gapirib kelganmiz. Al-Azxar universitetining bizlar barchamiz imzo chekkan hujjatida, biz zamonaviy davlat uchun, demokratik davlat uchun, huquqparvar davlat, barcha erkinliklar kafolatlangan davlat uchun ovoz berganmiz. Mana shu davlat biz ishongan davlatdir. Teokratiyaning umuman bo’lishi mumkin emasligini Islom tarixi yaqol ko’rsatib berdi, – dedi u – Misrliklarning barchasi qonun oldida tengdirlar, aqidasi va dini qanday bo’lishidan qat’iy nazar, ularning huquq va majburiyatlari bir hildir. Misrning nasroniy dinidagi fuqarolariga nisbatan “kamchilikni tashkil qiluvchi” iborasi qo’llanilishligiga yo’l qo’yilmasligi kerak. Siz barcha fuqarolari kabi mamlakat fuqarosidirsiz. Bizlar uchun fuqarolik hal qiluvchi ahamiyatga ega, chunki u Misrning yangi konstitutsiyasida qayd qilingan.

Biz dekabr oyida boshlagan Milliy muloqotda musulmonlar bilan bir qatorda qibtiylar ham ishtirok etmoqda. Shuningdek men sho’ro kengashiga 90 kishini tayinladim va u erda nasroniylar 15% o’ringa ega – bu har doimgidan ko’pdir.

Erkaklar va ayollar barcha narsada teng huquqlidir. Ayollar ham mamlakat fuqarolaridir va yangi konstitutsiya ularning barcha huquqlarini kafolatlaydi. Ayol – bu mening onam, mening singlim, mening qizim, mening xotinim, mening hamkasbim va u siyosiy jarayonda ishtirok etmoqda. Yangi parlament safida ko’proq ayol paydo bo’lsa men xursand bular edim. Ular hurmatga sazovordirlar va erkaklar ega bo’lgan huquqlarning barchasiga haqlidirlar, ba’zida esa undan ham ko’proqqa”. Misrning tashqi siyosat yo’nalishida tutgan o’rni hususida berilgan savolga: “Biz dunyodagi barcha davlatlar bilan muvozanatli munosabatda bo’lishga harakat qilamiz. Men muvozanotli munosabat haqida gapirganimda, biz boshqa davlatlar ishlariga aralashmasligimizni nazarda tutmoqdaman”, – deb javob berdi Mursi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.