Mursi o’ziga beqiyos salohiyatlar beruvchi farmonini bekor qildi.

443
0

Misr prezidenti Muhammad Mursi o’z salohiyatlarini kengaytiruvchi farmonini bekor qildi. Bu qaror Mursining mamlakatdagi siyosiy harakatlar etakchilari bilan uchrashuvining yakuniy xisobotida e’lon qilindi. Biroq, 15 dekabrga belgilangan yangi konstitutsiya hususidagi referendum o’z vaqtida o’tishligi aytildi.

Misr xalqining noroziligini uyg’otgan, o’ziga beqiyos salohiyatlar beruvchi farmonini Mursi 22 noyabr kuni imzolagan edi. Bu farmonga binoan prezident qaror va buyruqlarini, hatto sud tartibida ham bekor qilib bo’lmas edi. Shuningdek, sud organlari, parlamentning yuqori palatasi va mamlakatning yangi asosiy qonuni ustida ish olib boruvchi Konstitutsion Komissiyani tarqatib yuborishlik huquqidan ham mahrum bo’lgan edilar.

Mursi o’zining bu harakatlarini, yangi siyosiy shaklga o’tishlikni tezlatuvchi demokratik talablarga javob berishlik, deb izohlagan va bu tadbirning vaqtinchali ekanligini aytgan. Prezidentning bunday farmoni mamlakatda keng miqyosli norozilik chiqishlariga sabab bo’lgan va namoishchilarning politsiya bilan to’nashuvlarigacha olib kelgan. Oqibatda bir necha o’nlagan odam qurbon bo’lgan.

Mamlakatni qamrab olgan inqirozga qaramay, Konstitutsion Komissiya Konstitutsiyaning yangi loihasi ustida ish olib borgan va tayyor bo’lgan loiha 30 noyabr kuni qabul qilingan. Mursi yangi loiha hususida 15 dekabrga referendum tayinlagandan keyin esa, bu loihani bekor qilish ham muxolifat tarafdorlari talabiga aylangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.