Kim o’zgardi, Erdoganmi yo Putin Yo’q, hech kim o’zgarmadi, hammasi o’sha-o’sha

329
0

gerb 

Matbuot bayonoti

2012 yil 14 noyabr chorshanba kuni «Isroil», deb atalayotgan la’nati davlat G’azo shahriga hujum qilib, musulmonlarni o’ldirdi, yuzlabini jarohatladi. Yahudiylar davlatining bunday g’araz va adovatli hujumi qarshisida islomiy yurtlardagi anavi hukmdorlar o’zaro o’rtalarida bu hujumni qoralash, unga norozilik bildirish poygasiga kirishishdi.

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin joriy yil 3 dekabrda o’zining avvalda kechiktirilgan ikki kunlik Turkiya safarini boshladi. U uchinchi oliy darajadagi hamkorlik kengashida hozir bo’lishi ortidan bosh vazir Erdogan bilan birga matbuot konferentsiyasi o’tkazdi. Konferentsiyada ikkala tomon ham o’z yurtlari o’rtasidagi iqtisodiy va siyosiy darajadagi hamkorlik kuchayganining yuksak qadrlashlarini bildirishdi. Bu esa o’z navbatida, ikki yurtning Suriya masalasida da’vo qilishayotgan jalb qilish siyosati soxta ekaniga dalolat qiladi.

Uzoq yillar davomida bosqinchilik siyosati bilan Afg’onistonda musulmonlar qonini to’kkan va Chechenistonda o’n minglab musulmonni qirg’in qilgan kofirlar bilan qo’l berib ko’rishish, musulmonlar qoniga nisbatan eng avvalo, ulkan xiyonatdir. Shuningdek, Turkiyada mana shunday tantana bilan rus ma’muriyatini qarshi olish ham gunohi azimdir. Chunki bu ma’muriyat O’rta Osiyodagi mustabid rejimlarni qo’llab-quvvatlaydi va ular sodir etayotgan zulmlarni yopib keladi, shu bilan birga, o’zining musulmon fuqarolarini tazyiq o’tkazish va qamoqqa olish bilan shug’ullanadi. Masalan, yaqin kunlarda rus hukumati musulmon fuqarolarini Islom bilan yashashni istaganlari, islomiy da’vatni etkazganlari sababli qamoqqa tashlagani kabi. Shunday ekan, o’zini Suriya xalqi tarafida ekanini dastaklayotgan Erdogan uzoq oylar mobaynida juda manfur jinoyatlar sodir etib kelgan baaschilar rejimini to’la qo’llab-quvvatlovchi rus rahbarini qanday qilib tantana bilan oliy darajada kutib olishi mumkin?! Bir musulmon rahbarda do’stlik bilan dushmanlik me’yorlari shu darajada tez o’zgarishi mumkinmi?

Bosh vazir Erdogan matbuot konferentsiyasida: «Bizning tashqi siyosatimiz Rossiyadek do’st davlatning pozitsiyalari bilan uyg’un kelayotgani xursandchilik uyg’otadi», dedi. Ammo u o’zining bunday bayonoti ortidan Turkiya Suriya masalasidagi ushbu iflos o’yinda boshdanoq Rossiya tarafida o’ynayotganini ham ochiq aytsa, bo’lmasmidi? U Suriya xalqidan uzr so’rab, o’zining mana shunday iflos o’yindagi tomonlarning biri ekanini tan olish o’rniga, Rossiya bilan iqtisodiy bitimlar imzolagani, siyosiy hamkor ekani bilan maqtanib yotibdi. Tashqi ishlar vaziri Ahmad Dovud O’g’lu bo’lsa, o’sha kuni hozirlagan o’z programmasi orqali «Turkiya-Rossiya aloqalari bunday to’lqinli gaplarning barchasidan ko’ra muhimroqdir», deb Suriya masalasida ikkala davlat o’rtasidagi ziddiyatli nuqtalarga ishora qilib o’tdi. Axir, siz kuni kecha Suriya xalqining do’stlari ekaningizni, bu xalq qonini to’kayotgan baaschilar rejimi tarafini olgan va uni qo’llab-quvvatlagan barcha davlatlarga qarshi chiqishingizni e’lon qilgan emasmidingiz?! Juda tez o’zgarar ekansiz! Kecha aytgan gapingizni bugunoq unutdingizmi? Nahotki, Rossiya bilan imzolaganingiz arzimagan shu bitimlar sizni mana shunday zolim kofir rejim bilan yaqin bo’lish darajasiga olib chiqdi va Suriya xalqi to’kkan qonlar uchun oqizgan yolg’on ko’z yoshlaringizni darhol artib tashlashga majbur qildi?! Suriyada musulmonlar hanuz qon to’kmoqdalar. Chunki Suriya xalqi o’z qonini Islom uchun qurbon qilmoqda va Allohga hamdlar bo’lsinki, ular musulmonlar qoni bilan o’ynashadigan sizdek rahbarlarga ishonmaydilar, aksincha, ular mo’min mujohidlar va ongli siyosiy etakchilar do’stligiga ishonadilar. Ular butun dunyoga Islomdan va uning to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalik davlati nizomidan o’zga hech qanday echimga rozi emasliklarini e’lon qilganlar. Siz hukmdorlar kuch-qudratni arzongarovda ruslardan umid qilayotgan ekansiz, Suriya xalqi sharaf va kuch-qudratni Allohning huzuridan izlamoqdalar. Saqofiy va siyosiy sohada Suriya xalqi bilan sizning o’rtangizni ajratib turuvchi farq mana shu, shoyad aqlingizni ishlatsangiz.

Alloh Taolo aytadi:

«Ular mo’minlarni qo’yib kofirlarni do’st tutadilar. Ular o’sha kofirlar oldidan kuch-qudrat izlaydilarmi?! (Ovora bo’ladilar!) Zero, bor kuch-qudrat Allohnikidir» [Niso 139] Hizbut Tahrirning Turkiyadagi matbuot bo’limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.