Hech kim O’zbekiston, Tojikiston va Qirg’iziston xalqlari orasiga fitna urug’ini sepolmaydi. Bu haqda prezident Islom Karimov hukumat yig’inida bayon qildi.
Prezidentning belgilashicha, qo’shnilarni bir-biriga qarshi qilayotganlar – bular o’zlarini xalqaro “vositachilar” deb atayotganlardir.
“Bizning muammolar bizning o’zimizgagina tegishli. Biroq shundaylar borki, ular oramizdagi qarama-qarshiliklarni yanada kuchaytirishni xohlashadi. Ular bizlarga: – Sizlarga qarshi ular mana bunday qilishdi, sizlar ham javob zarbasini qaytaringlar, deb maslahat berishadi. Bu singari qo’poruvchi-maslahatchilar juda ko’p. Markaziy Osiyo mintaqasida besh mustaqil davlat joylashgan. Biz ularning musaqilligi va istiqlolini o’zimizni hurmat qilganday hurmat qilamiz. Bizlarning dinimiz haqida – Islom haqida, va umuman olganda bizlarning qadriyatlarimiz haqida aytadigan bo’lsak, bizlarni ajratib tashlashga qodir bo’lgan yo’l ham imkoniyat ham mavjud emas. Ammo tashqarida shunday kuchlar borki, ular oramizda nizo chiqarish uchun o’z hissasini qo’shishga va bir chekkada turib tamosho qilishga tayyordirlar. Ular o’ylaydilarki, bu to’polonda bizlar rivojlanishdan ortda qolamiz, O’zbekistonga, Tojikistonga yoki Qirg’izistongami, umuman Markaziy Osiyoga hech qanday sarmoya kelmaydi va biz o’zimizda maxsulot ishlab chiqarolmay gadoychilik qila boshlaymiz va ularning maxsulotlarini sotib olishga majbur bo’lamiz”, – sharxladi Karimov.
“Ularni hech kim qo’poruvchi kuchlar deb atashmaydi – ular yordamchilar, vositachilar emish. Vositachilar bilasizmi qaerda kerak bo’ladi – bozorda, ikki savdogar o’rtasida dallolchik qilgani. Siyosatda esa vositachilar faqat o’z manfaatlarini ko’zlaydilar. Men ochiqchasiga bayon qilaman, bu mintaqada tinchlik va o’zaro hurmat bo’lishi kerak. Ming yillar davomida bu mintaqada biz tojiklar, qirg’izlar, turkmanlar va qozoqlar bilan tinchlikda yashab keldik. Bizni hech kim ajratib tashlayolmaydi”, – dedi prezident.
2012 yil sentyabr oyining boshlarida Qozoqston poytaxti Ostonaga tashrifi chog’ida Qambarota va Rog’un GESlarining qurulishiga indamay turolmasligini bayon qilgan hamda mintaqada suv urushini boshlab yuborishlik bilan tahdid qilgan O’zbekiston prezidenti ham mana shu Karimov.
Turkiston:
Karimovning yuqoridagi nutqidan, ichki va tashqi siyosatdan kutilayotgan qandaydir xatardan xavfsirayotgani sezildi. So’xdagi voqeaga munosabati xaqida gapirmagani bilan, Qirgiziston va Tojigistonga xarbiy bosim o’tkaza olmasligidan, xamma aybni tashqi kuchlarga, ya’ni Rossiya bilan AQSh ga ag’darib qo’yaqoldi. Eslatib o’tamiz, Tojik va Qirg’iz chegaralariga qilingan xar qanaqangi xarbiy tajovvuz, ODKBga a’zo davlatlar tomonidan imzolangan o’zaro shartnomalariga binoan, ularni xarbiy aralashishga majbur qiladi. Qirg’izistonni xovliqtirayotgan narsa xam xuddi ana shu shartnoma. Shundan kelib chiqib Karimov, Qirgizistonni xarbiy qo’llovga olib xovliqtirayotgan va uning energetikasini xam strotegik qurolga aylantirayotgan Rossiyani xarakatlari mintaqada parokandalik olib kelishidan ogoxlantirdi.
Chunki Rossiyaning mintaqadagi asosiy raqibi bo’lgan AQSh xam, ketayotgan voqealarga befarq emas. Uning xam o’zichasiga bosim berish richaglari mavjud va shularni ishga soladi xam. Karmov shu voqe’likni nazarda tutdi.
Umuman olganda Karimovning gapari to’g’ri, ya’ni tashqi kuchlarning niyatlari buzuq, lekin muammo uning xarakatlari o’zining gaplariga teskari ketayotganidan kelib chiqmoqda. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xar qanaqangi tashqi yoki ichki qaramaqarshi to’palonlar, Karimovning rejimiga qarshi inqilobiy xarakatlarni alangalatib yuborish extimoli juda baland. Karimovni tashvishining asosi ana shunda