Jon Kerri: Suriya masalasida Rossiya bilan hamkorlik qilishga muxtojmiz

280
0

Amerika tashqi ishlar vazirligiga nomzod senator Jon Kerri Voshington Suriya masalasida Rossiya bilan hamkorlik qilishga muxtoj ekanligini ta’kidlab, Moskva bilan aloqani yaxshilashga ahamiyat qaratishga chaqirdi, deya xabar qiladi “Rusiyal yavm” axborot agentligi.

U 24 yanvarda bo’lib o’tgan kongres auditoriyasida shunday dedi: “o’ylaymanki, Rossiya bilan aloqalarimizni yuqori darajada qayta tiklashga qodirmiz. Oxirgi paytlarda, xususan “bola saqlab olish” haqida Moskva qabul qilgan qarordan so’ng Rossiya bilan aloqalarimiz borasida yuzaga kelgan holatni hamkasabalarim oldida e’tirof etmaydigan bo’lsam ikkiyuzlamachi bo’lib qolaman”.

“Bu erda Rossiya bilan hamkorlik qilish uchun har qanday yo’l haqida o’yalab ko’rish lozim. Biz Suriya masalasida Rossiyaning qo’llab quvvatlovi va hamkorligiga muxtojmiz. Yana shuni aytib o’tmoqchimanki, Rossiya bizga nisbatan muhim bo’lgan bir necha masalalarda bizga yordamchi bo’ldi. Buni e’tibordan chetda qoldirib bo’lmaydi. Ular “START” konventsiyasida va “1+5” komissiyasida biz bilan hamkorlik qilishdi va hamkorlikda davom etishmoqda”, deya qo’shimcha qildi Jon Kerri.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.