G’azo hukumati sulh shartlarini bayon qildi.

0
550

Chorshanba kuni Isroil armiyasi G’azo sektorida, “Mudofaa arkoni” deb nomlangan, o’tgan to’rt yil mobaynidagi o’zining eng yirik harbiy amaliyotini boshladi. Amaliyotdan maqsad – XAMAS va “Islomiy jihod” radikal tashkilotlarining harbiy infrastrukturalarini yakson qilish. Falastin radikallari ham, o’z navbatida Isroil hududlarini raketalardan o’qqa tutgan.

Otishmalar uch kundan buyon to’xtamay keladi. Oqibatda 30dan ortiq falastinlik qurbon bo’lgan. Qurbon bo’lganlar orasitda bolalar ham bor. Chorshanba kuni Isroil armiyasi quruqlik, degiz va havodan amalga oshirgan bombardimon oqibatida Hamas guruhining harbiy qanoti qo’mondoni Ahmad al-Jabariy qurbon bo’lgan.

16 noyabr kuni vitse-primer Ziyod az-Ziyod Falstinning G’azo sektori hukumati, otishma va hujumlarni to’xtatishlik kafolati evaziga Isroil bilan vaqtinchalik sulh tuzishlikka tayyor ekanligini bayon qildi.

Shu vaqtgacha, hukumat va XAMAS harakati vakillari ommaviy bayonotlarida, toki Isroil hujumkor qo’shinmalar etakchisi Ahmad al-Jabariy qoni uchun to’liq javob olmas ekan, otishmalar to’xtamasligini bayon qilib kelgan.

“Umuman olganda, biz sulhga tayyormiz, faqat, avval bizga isroil qo’shinining G’azo sektori chegaraoldi hududlariga tajovuzi va hujumlari to’xtatilishi kafolati berilishi shart. Sulh uchun bizning shartimiz shu”, – dedi vitse-primer.

Kecha, 16 noyabr kuni G’azoga, birdamlik tashrifi bilan Misr premer-ministri Hishom Qandil boshchiligida hukumat vakillari keldi.

Turkiston:
Peresni Rossiyaga borishi, Natanyaxuning AQSh bilan muzokaralar olib borishi ortidan Falastin bilan boshlanib borayotgan xodisalar, izroil yaxudlarining o’zlarining emas, xalqaro siyosat manfaatlarini ko’zlab boshlangan ko’rinadi.

Bu urushning boshlanishiga Rossiyaning sukut qilib turishi, AQShning esa, izroilga “albatta sen o’z qiziqchiligingni ximoya qilsh xuquqiga egasan, lekin imkon qadar tinch axolini extiyod qilishga xarakat qil” deya fatvo berganligi yuqoridagi gumonlarni quvvatlaydi.

Oxirgi vaqtlarda kufr olamining Islom olamidagi juda tezlik bilan musulmonlarning uyg’onib borayotgani oqibatlari daxshatga solib, ularni birlashib bir maqsad sari xarakatlanishga majburlamoqda.

Falastin muammosini qaytadan paydo qilishdan ko’zlanishi mumkin bo’lgan manfaatlar esa, Falastinni mustaqilligi tan olinishi va BMTning ba’zi bir komissiyalari tomonidan Falastinni qabul qilinishini oldini olish xam bor.

Lekin asosiy maqsadlari, Shomdagi o’zgarishlar Islomiy davlat shakllanishi toboro aniqlashib borayotganidan va bularning unga qarshi olib borayotgan xarakatlari naf bermayotganidan, musulmonlarning diqqat markazlarini Shomdan Falastinga ko’chishga qaratiladi.

Bu ish o’ta xavfli, lekin bunaqangi ishlar faqat bundanda xavfliroq vaziyatlarning oldini olish maqsadida tavakkal qilinishi mumkin.

Izohlar yo'q