Barak Obama kongressdan “qarz shifti”ni ko’tarishni so’ramoqda

404
0

“Amerika ovozi” tarqatgan xabarga ko’ra, Barak Obama ikkinchi prezidentlik muddatiga kirishishiga bir hafta qolarkan, davlat rahbari Oq uyga jurnalistlarni taklif etib, matbuot anjumani o’tkazdi. Tadbirda iqtisodiyotga urg’u berildi.

Prezident Obama matbuot anjumanidan foydalanib, Kongressni mamlakatning qarz olish minimumini oshirishga chaqirdi. AQSh qarzi ayni damda 16,4 trillion dollar bo’lib, Kongress ruxsatisiz qo’shimcha qarz olish mumkin emas.

Obamaning aytishicha, respublikachi qonunchilar kelasi bir necha haftada “qarz shifti”ni ko’tarishi lozim, aks holda olingan qarzlar bo’yicha foizlarni to’lash imkoni bo’lmay qoladi va Qo’shma Shatlar defoltga uchrashi mumkin. Obamaning aytishicha, hozirgi pul bir necha haftaga etadi, xolos.

“Kongressdagi raqiblarimiz davlat qo’shimcha xarajatlarga qayg’uryapti deb o’ylamasin. Pul moliyaviy majburiyatlarimizni o’z vaqtida bajarish uchun kerak”, – deydi Obama.

So’nggi bor qarz olish minimumi 2011 yil o’rtalarida ko’tarilgan edi.

“Amerika yalqov davlat emas. Shu paytgacha to’planib qolgan to’lovlarni yopish lozim”, deydi prezident.

Matbuot anjumanida jurnalistlardan biri Obamaning yangi ma’muriyatiga faqat oq tanlilar taklif etilayotganiga doir tanqidga e’tibor qaratdi. Bunga javoban davlat rahbari lavozimlarning barchasi hali to’lmaganini aytib, sabrli bo’lishga chaqirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.