Avvalambor, konstitutsiya borasida so’rov o’tkazish mumkin emas!

238
0

Ey Misr ahli

15 dekabr shanba kuni ta’sis komissiyasi tomonidan ommaviy so’rov o’tkazish uchun tayyorlangan Misr konstitutsiyasining xomaki loyihasi taqdim etiladi. Agar bu dastur ko’pchilik ovozga ega bo’lsa, – shunday bo’lishi kutilgan gap – u Misr uchun amaldagi hukmron dastur bo’lib qoladi. Ma’lumki, Misr ahli ikki guruhga bo’linib qolgan: birinchi guruhdagilar ayni dasturni hammabop afzal dastur, deb biladilar, ularning da’vosicha, u davlatni Islom davlatiga aylantiradi, yoki hech bo’lmaganda, Misrni Islomni to’la tatbiq etish yo’liga olib chiqadi. Shuning uchun ular bu dasturga «ha» deb ovoz berishadi. Ikkinchi guruhdagilar bu dasturga barcha siyosiy kuchlar rozi emaslar, u jamiyatdagi barcha qatlamni haqiqiy tarzda gavdalantirmaydi, deb bilishadi va binobarin, unga «yo’q», deb ovoz berishadi. Biz avvalgi nashramizda u Islomning asosiy dasturi moddalariga ko’p jihatdan zid ekanini shar’iy dalillar bilan bayon qilgan bo’lsak-da, biroq ko’plab «islomiy» kuchlarni odamlarni ayni dasturga «ha», deb ovoz berishga targ’ib qilishayotganini ko’ryapmiz. Shuningdek, biz ularni bu dasturni xuddi oyatda aytilgandek, go’yo chorvalar qorinlaridagi najosat va qon oralaridan ichuvchilar uchun ta’mli bo’lib chiqqan narsa – toza sutdek tasvirlashayotganini, u Misr ahli o’tgan yuz yildan beri ko’rgan dasturlar ichida eng afzal dasturdir, deb baholashayotganini guvohi bo’lyapmiz.

Garchi ayrimlarning xayolida bu dasturda manfaat mavjud bo’lib ko’rinsa ham, biz musulmon sifatida Allohning boshqaruviga itoat qilib, avval Allohning shariatini, keyin manfaatni olmog’imiz darkor! Shuning uchun biz Hizbut Tahrir a’zolari shuni ochiq aytamizki, avvalambor, dasturga ovoz berish mumkin emas, qolaversa, kim unga ovoz berishga borsa, gunohkor bo’ladi.

Buning boisi shundaki, halol-harom jahatidan narsalarning hukmini belgilashga ham, vojib yo harom yo mandub yo makruh yo muboh bo’lishi jihatidan amallarning hukmini belgilashga ham faqat shariat haqli, bu borada insonning mutlaqo haqqi yo’q. Chunki masalan, Alloh sudxo’rlikni harom qildimi, demak, bu hukmga halolmi yo harom ekanini tanlashimiz uchun ovoz bermaymiz. Alloh namozni farz qilib, bizga vazifa qilib yukladimi, demak, farz yo harom yoki muboh deb hisoblash uchun bu hukmga ham ovoz bermaymiz. Alloh spirtli ichimliklarni harom qilib, najas deb belgilaganmi, demak, unga mehmonxonalarda, oshxonalarda va jamoatchilik joylarida ruxsat beramizmi yo’qmi, deb bu hukmga ham ovoz bermaymiz. Shuning uchun biz qopqonga ilinib qolib, Alloh Taoloning ushbu oyatlarida aytilgan kimsalarga o’xshab qolishdan qattiq saqlaning:

 

Alloh sha’niga yolg’on to’qish uchun tillaringizga kelgan yolgonni gapirib, – bu halol, bu harom, deyavermang! Chunki Alloh sha’niga yolg’on to’qiydigan kimsalar hech najot topmaydi» [Nahl 116]

 

«Ayting: – xabar bering-chi, Alloh sizlar uchun nozil qilgan rizqu ro’zning harom, halol qilib oldingiz». Ayting: «Xabar bering-chi, sizlarga Alloh izn berdimi yoki Alloh sha’niga bo’hton qilmoqdamisizlar?!» [Yunus 59] Islom sudxo’rlik muomalasi, namoz o’qish kabi faqat muayyan amallarnigina hukmini keltirmadi. Balki inson amallarining birortasini qoldirmay, barchasiga hukm berdi. Alloh Taolo aytadi.

«Bugun sizlarga diningizni mukammal qildim, ne’matimni benuqson, to’kis qilib berdim va sizlar uchun Islomni din deb rozi bo’ldim» [Moida 3]

Shuning uchun biz bandalar amallaridan birortasining hukmini ovoz berish orqali qabul qilishimiz mumkin emas, balki uning hukmini Qur’on, Sunnat, sahobalar ijmoi va shar’iy qiyosdan iborat shar’iy dalil orqali qabul qilmog’imiz lozim. Qachon biror amalning hukmi muboh ekani, ya’ni qilish va qilmaslik ixtiyorli ekani shar’iy dalil asosida isbotlansa, o’shandagina bu muboh amalni qilish yo qilmaslik to’g’risida ovoz berishimiz mumkin bo’ladi. Ammo amalning farzligi yoki haromligi isbotlansa, uni bajarish masalasi keskinlashadi-da, uni ovozga qo’yilmaydi.

Dastur esa davlat shaklini va uning barcha hokimiyatlari ishlarini bayon qiluvchi umumiy ahkomlar hamda insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa barcha sohalardagi amallarini boshqaruvchi nizom-asos demakdir, shu bois ham uning Qur’on va Sunnatdan olinmog’i erta qachon shart bo’lib, hech qanday holatda unga ovoz berilmaslik lozim.

Shuningdek, unga «yo’q» deyish uchun ham saylov qutilariga borish mumkin emas. Chunki bu hukmlarga ovoz berish printsipiga rozi bo’lishni anglatadi, bu esa yuqorida bayon qilganimizdek, shar’an rad etilgan.

Alloh Taolo aytadi:

 

«Alloh va Uning Rosuli bir ishni hukm qilgan – buyurgan vaqtida biron mo’min va mo’mina uchun o’z ishlaridan ixtiyor qilish joiz emas. Kim Alloh va Uning Rosuliga osiy bo’lsa, bas, u ochiq yo’ldan ozgandan ozibdi» [Ahzob 36]

Shu sababdan kim ovoz berishga borsa, hatto «yo’q», deb ovoz bersa ham, gunohkor bo’ladi.

Endi, dasturga rozi bo’lish uchun ovoz berishga borishda keyinchalik manfaat borligini dastaklayotgan kishiga kelsak, biz Alloh harom qilgan ishda manfaat yo’q, deb aytamiz. Islom o’rtacha echimlarga rozi bo’lmaydi, yo biz Islomni to’la tatbiq qilib, Allohni, Rosulini va mo’minlarni rozi qilib, shu orqali zafar topamiz va dunyoyu oxirat azizligiga erishamiz, yoki Islomdan – andak bo’lsa ham – ozib, bu dunyoda rasvo bo’lamiz va oxiratning qattiq azobiga duchor bo’lamiz.

Alloh Taolo aytadi:

 

«Kitobning bir qismiga ishonib, bir qismini inkor qilasizmi? Orangizdan kim bu ishni qilsa, uning jazosi bu dunyoda rasvo bo’lishdir, qiyomat kunidan esa qattiq azobga duchor qilinadilar. Alloh qilayotgan ishlaringizdan g’ofil emas» [Baqara 85]

Mana shu narsa bugun voqeda yuz berdi ham. Biz modomiki, Kitobning ayrimlarini tashlagan ekanmiz, u tashlangan holda qolaveradi. Vaholanki, Rosulullohga Quraysh kofirlari tarafidan o’rtacha echim taklif etilib, kelishuvga rozi bo’lsalar podshoh bo’lajaklari va’da qilindi. Biroq ul zot buni rad etdilar va qonun yolg’iz Allohniki bo’lmaguncha rozi bo’lmay, sabr qildilar. Nihoyat Madinada Islom afkori ommaga aylangach, Alloh ul zotga u erda to’la boshqaruvni qabul qilishga izn berdi, natijada, zafar quchib, o’sha asrda eng qudratli bo’lgan davlat barpo etdilar.

Biz ham qachon Allohga xolis bo’lsak va ushbu Kanona yurtining barcha tarafidagi insonlarga to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalik davlatini barpo etish vojibligini bayon qilib bersak, albatta Allohning shariatini tatbiq qilishga muvaffaq bo’lamiz. Rejimni ag’darish vojibligi odamlarning afkori ommasiga aylangan paytda uning ag’darilishiga hech qanday kuch to’sqinlik qilolmaganidek, ushbu mafkura keng yoyilib, afkori ommaga aylangan paytda, er yuzidagi biror kuch ham ushbu davlatning barpo bo’lishiga hargiz to’sqinlik qilolmaydi.

Ey musulmonlar, ey Kanona yurti ahli!

Biz Hizbut Tahrir a’zolari sizni hech narsani o’zgartirmaydigan, aksincha, ko’p ishni orqaga suradigan ayni dasturni rad etishga hamda undan ham, unga ovoz berishdan ham bosh tortishga da’vat qilamiz. Shuningdek, sizni to ushbu yurtda Xalifalik davlatini barpo etish farzligi ommaviy ongdan balqib chiqib, afkori ommaga aylanishi uchun biz bilan birga qattiq g’ayrat bilan faoliyat qilishga ham da’vat qilamiz. Bu afkori ommaga aylangan paytda esa Islom davlati xuddi avvalda barpo bo’lgani kabi, insha Alloh, albatta barpo bo’ladi, kuch-qudratga to’ladi, er yuzida birorta ham kuch u bilan aslo bo’ylasha olmaydi. Bas, sizni Allohga yordam berishga da’vat etamiz!

 

«Ey mo’minlar, agar Allohga yordam bersangiz, (U ham) sizga yordam beradi va qadamlaringizni sabotli qiladi» [Muhammad 7]

Hizbut Tahrir

29 muharram 1434h

Misr viloyati 13 dekabr 2012m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.