Tunis prezidentligi bilan uning muxoliflari oʻrtasidagi kurash butun yurtni tiz choʻktirishni istagan qullar kurashidir

34
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Tunis prezidentligi bilan uning muxoliflari oʻrtasidagi kurash butun yurtni tiz choʻktirishni istagan qullar kurashidir

Ustoz Muhammadnosir Shuvayxa qalamiga mansub

Soʻnggi paytlarda ommaviy axborot vositalarida Tunisdagi ikki qarama-qarshi tomon oʻrtasida keskin bayonot avj olgani haqida koʻp gapirildi. Bir tomonda prezident Qays Said boʻlsa, ikkinchi tomonda uning muxoliflari, jumladan, Roshid Gʻannushiy. Bu bayonotlardan birinchisi 2021 yil 27 noyabrda vakillar palatasi spikeri, Nahza harakati raisi Roshid Gʻannushiy tomonidan yangradi. U “kimdir xohlasin, xohlamasin, yana kimdir rad etsin, ammo parlament albatta qaytadi”, dedi. Keyin prezident Qays Said bayonoti 2021 yil 30 noyabrda armiya oliy kengashining tantanali yigʻilishida yangradi. U qurolli kuchlarning davlat va vatan mudofaasida sarflayotgan saʼy-harakatini maqtab, uning saylovlar, milliy imtihonlar hamda emlash kampaniyalarini oʻtkazishdagi rolini yuksak baholadi.
Prezident Tunisning oʻz xalqi bilan hamda qahramonlik va buyuk kishilarga boy tarixi bilan kuchli ekanini, unga vatan uchun sodiq va xolis insonlar kerakligini taʼkidladi. U shuningdek, vatanga zarar yetkazish payida yurganlarga qarshi kurashish, xalqning umidlarini roʻyobga chiqarish, uning tatbiq qilib boʻlmaydigan qonunlar bilan aldanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun armiyani omonatni zimmasiga olib faoliyatini davom ettirishga chaqirdi. (Tatbiq qilib boʻlmaydigan, degan sifatni parlament tasdiqlagan 38-bandga nisbatan berdi).
“Davlat osonlikcha yengilmaydi va uning muassasalari barqarordir… kim davlatga zarba berishga yoki uning muassasalariga sizib kirishga harakat qilayotgan boʻlsa, xomtama boʻlmasin, qoʻlidan kelmaydi”, dedi Qays Said.
Xoʻsh, qarshimizda keskin bayonot bormi, binobarin, yana Tunisdagi siyosiy krizisning navbatdagi bosqichi kelyaptimi? Bu bayonotlarga nima undayapti? Undan maqsad nima? Bu narsa yurt manfaatiga xizmat qiladimi?
Prezident bayonoti keskinmi yoki oddiy reaktsiya xolosmi?
Prezidentning bu gapi Gʻannushiyning gapiga javobdir. Shuningdek, Gʻannushiyning maslahatchisi Riyoz Shaʼbiyning “parlament kengashi albatta qaytadi, birinchi qiladigan ishi 25 iyul qarorlarini bekor qilish boʻladi”, degan gapiga ham javob hisoblanadi.
Demak, prezidentning mazkur bayonoti oʻz muxoliflari bayonotiga nisbatan javob boʻlib, avvalgidek xoinga chiqarish va tahdid qilish maʼnosida aytildi. Shu orqali u oʻz yoʻlini albatta davom ettirishini va undan aslo qaytmasligini taʼkidladi. Buni prezidentning vaziyatni keskinlashtiruvchi bayonoti, deyilmaydi, balki u oʻsha eski ohang va istilohlarni qoʻlladi. Chunki Saidning 25 iyuldan beri, hatto 2019 yildagi saylov kampaniyasidan beri ogʻzidan bir xil gaplar chiqadi. Uning gaplari yangilik emaski, undan biror narsa kutilsa… Aksincha, uning bu kabi soxta tahdidli, voqelikda amal qilmaydigan nutqlaridan hamma zerikkan… Bu bayonotlardan kundan-kunga prezidentning ojizligi koʻrinyapti. Uning qoʻllab-quvvatlovchilari ham tobora yutqazyapti, odamlar prezidentning qoʻlidan hech narsa kelmaydi, deyishyapti. Chunki haqiqatdan ham u janubdagi eng katta Safoqis shahrining kommunal axlat muammosini hal qilolmagach, undan murakkabroq muammolarni hal qilishiga yoʻl boʻlsin?!
Spiker Gʻannushiyning bayonoti qasddan uyushtirilgan keskin bayonotdir, nima uchun?
Bunday ojizlik qarshisida Gʻannushiyning “kimdir xohlasin, xohlamasin, yana kimdir rad etsin, ammo parlament albatta qaytadi”, degan bayonoti hamda uning siyosiy ishlar boʻyicha maslahatchisining parlament qaytishi va prezidentning hamma qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi gaplari vaziyatni keskinlashtirishdi.
Demak, keskin bayonot Nahza harakatidan chiqdi. Biz buni Nahzaning qadamida aniq koʻrib turibmiz. Misol uchun: 26 iyulda Gʻannushiy va uning tarafdorlari parlamentdan chiqib ketishdi (ular Qatarning hamda Britaniya tashqi ishlar vazirligining vaziyatni keskinlashtirmaslik, balki tinchlikni taʼminlash kerak, degan pozitsiyada turishlari ortidan shunday qilishdi). Oʻshanda Gʻannushiy bir oz yon beradigan, hatto ishdan boʻshaydigan ohangda gapirdi. Keyin esa, Nahza tarafdorlari partiya shiori ostida emas, balki “Fuqarolar Tunisdagi inqilobga qarshi” kabi xalq shiori ostida namoyishga chiqarildi. Va zohirda fuqaroviy jamiyat tashkilotlari sifatida koʻrsatilgan yetakchilik ostida Nahza nomidan gapiruvchi ilmoniy kuchlar namoyishga kiritildi. Bu kuchlar ikki marta (2021 yil 10-11 mart kunlari) parlament binosi oldida namoyishkorona chiqish qildi. Keyin Gʻannushiyning “kim xohlasin, kimdir xohlamasin, ammo parlament albatta qaytadi”, degan provokatsiyali bayonoti yangradi. Bir vaqtning oʻzida, Ispaniyada “Parlamentlararo Ittifoq”ning 143 sessiyasi chaqirigʻi boʻldi va unda Tunisdagi muzlatib qoʻyilgan parlamentdan 5 nafar deputat ishtirok etdi. Ushbu chaqiriqni Gʻannushiy (va kuzatuvchilar) Tunis parlamentining tan olinishi, deya baholashdi. Bundan oldin Yevropa Parlamentida “25 iyul chora-tadbirlari”ga qarshi 14 banddan iborat Tunis parlamenti va uning raisini tan oluvchi rezolyutsiyaga ovoz berildi va uning bir nusxasi spiker Roshid Gʻannushiyga yuborilgan edi. Bu rezolyutsiyada Tunis parlamenti va uning raisi tan olingan. Nahzaning ushbu qadamidan koʻrinib turibdiki, Gʻannushiy va uning harakati siyosiy va maʼnaviy dastak izlab, uni Yevropa Ittifoqi va Parlamentlararo Ittifoqdan topishdi. Gʻannushiy oʻshalarning qoʻllab-quvvatloviga tayangan holda prezidentga qarshi keskin va provokatsion bayonot berdi. Hamma xatti-harakatlari oldindan maʼlum boʻlgan va Gʻannushiy bayonotiga javobda armiya oliy kengashi yigʻinidan foydalangan bir prezidentni provokatsiya qildi.
Aftidan, prezidentning armiya kengashidagi bu gaplari unga muxolif boʻlgan barcha partiya va tashkilotlar tomonidan raddiya yogʻilishiga sabab boʻlgan koʻrinadi. Ular prezidentni armiyani oʻzining maʼlum betarafligidan chiqarib, siyosiy xusumatga aralashtiryapti, degan malomatlarni qilishdi. Armiya esa, bunga jim turibdi, chunki uning vazifasi faqat davlat muassasalarini mudofaa qilish boʻlib qolgan. Prezident Qays Saidning siyosiy jihatdan qoʻllab-quvvatlanishi ham – xoh ichkarida boʻlsin, xoh tashqaridan Frantsiyadan boʻlsin – cheklanib qolgan. Chunki Frantsiya uni asosiy qoʻllovchisi boʻlishiga qaramay, bu borada sukut qilyapti.
Xulosa qilib aytganda, Tunisdagi voqelik iqtisodiy krizis muhitida kuchlarni holdan toydirib, energiyalarni tugatib, odamlarni umidsizlikka tushirishdan iborat. Odamlar iqtisodiy krizis orqali shu darajada boʻgʻilib, och qolganlarki, natijada nima berilsa-rozi boʻlyaptilar, hatto qoʻzgʻolondan ham voz kechib, shuncha mashaqqatlarga rozi boʻlyaptilar.
Xullas kalom:
Haqiqiy kurash, kurashning tomonlari, mavzusi va nima qilish yoʻllari:
Krizis mohiyati qullarning kurashida oʻz aksini topmaydi. Chunki qullar oʻz ixtiyorlari bilan kurashishmaydi. Balki xoʻjayinlari kurashga buyursagina kurashadilar. Xoʻjayinlari kurashdan toʻxtashni va yarashib, kelishishni buyursa, kurashdan toʻxtaydilar.
Toʻgʻri, Tunisdagi kurash dengiz ortidan bitta telefon kelsa, darhol toʻxtaydi. Biroq, mustamlakachi hamon odamlarni olovga tiqishda davom etmoqchi, chunki davlat va fuqaro unga yalinishi kerak… U qoʻzgʻolonda agʻdarilgan mezon oʻrniga yangi mezonni oʻrnatmoqchi. Ha, bu kurash to elchilar tomonidan yangi normalar qoʻyilmagunicha toʻxtamaydi. Bu normalar ularga mintaqa davlatlarining birlashmagan-parchalangan tobe ahvolda qolishini taʼminlashi kerak. Qachon shu amalga oshsa, kurash tugagani va eski yangi davr, yaʼni mustamlakachilik va rivojlanayotgan demokratik yurtlarga vasiylik qilish davri boshlangani eʼlon qilinadi.
Masalaning unutmaslik kerak boʻlgan asl oʻzagi shundaki, bugungi kunda Islom Ummati, shu jumladan Tunis ahli demokratiya va kapitalizm sababli izdan chiqqan vaziyatga qarshi qoʻzgʻala boshladi va bu qoʻzgʻolonlar kapitalizmning hayotiga tahdid solmoqda, mustamlakachilar hukmronligini xavf ostiga qoʻymoqda. Mustamlakachilar uchun eng katta tahdid shu boʻlib qoldiki, unga qarshi kurashayotgan xalq buyuk Islom Ummati boʻlib, uning tarixi mard-ulugʻ zotlar va nusratlarga boydir… Ushbu Ummat farzandlari koʻzlarini oʻz Islomlariga tikadigan, oʻz yurtlarini, dinlarini, ulugʻliklarini qaytarib olishni istaydigan boʻlib qoldilar. Ha, haqiqiy kurash mana shu. Ushbu kurashdagi tomonlar quyidagicha:
Kurashdagi birinchi tomon mustamlakachilardir. Bu mustamlakachilar bizning yurtlarga, shu jumladan Shimoliy Afrikaga hukmronlik qilish kerak boʻlgan strategik mavqe, deb qarayotgan Yevropa, AQSh va Britaniyadir. U prezidentlik boshqaruvidan ham, parlament boshqaruvidan ham, partiyalardan ham, fuqaroviy jamiyat, deyilayotgan tashkilotlardan ham faqat oʻz istagi yoʻlida foydalanuvchi tomondir.
Kurashdagi ikkinchi tomon: Tunisdagi ahlimiz. Ular mustamlakachi tizimga qarshi qoʻzgʻolon qilgan tomondir. Zero, Hizb ut-Tahrir ham ular bilan birga boʻlib, u rejim va uning gumashtalarini agʻdarish va Rosululloh ﷺ boshlab bergan ishni qayta boshlash uchun ul zotning minhojlari asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishga daʼvat qilmoqda.
Kurashdagi mavzu:
Mustamlakachi hukmronlik qilishni va nazoratga olishni istayapti. Musulmonlar esa, tahrirni-ozodlikni xohlamoqdalar. Islom ulardan nafaqat oʻzlarini, balki butun insoniyatni kapitalizm zulmidan qutqarishlarini talab qilmoqda.
Shunday ekan, bugun ushbu kurash mohiyatini ongli ravishda bilmogʻimiz va uni toʻgʻri yoʻnalish boʻyicha olib borib, mustamlakachi kofir va uning malaylariga qarshi kurashmogʻimiz, ularni nufuzlari bilan qoʻshib qoʻporib tashlamogʻimiz darkor. Asos mana shu. Armiyalarimiz ham Ummat tomonida turib, qullar kurashiga yakun yasamogʻi darkor.

Roya gazetasining 2021 yil 15 dekabr chorshanba kungi 369-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.