Iordaniya delegatsiyasining Falastin safaridan maqsad Falastin masalasi ziyoniga siyosiy va iqtisodiy yutuqlarni qoʻlga kiritishdir

154
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Iordaniya delegatsiyasining Falastin safaridan maqsad Falastin masalasi ziyoniga siyosiy va iqtisodiy yutuqlarni qoʻlga kiritishdir

Doktor Ibrohim Tamimiy
Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin
zamini matbuot boʻlimi aʼzosi

Iordaniya delegatsiyasi bosib olingan Falastin zaminiga safar qilib, Ramalloh shahrida maʼmuriyat vazirlari bilan qator uchrashuv va kelishuvlarni amalga oshirgach, Iordaniyaga qaytib ketdi. Imzolangan bir necha kelishuvlarning asosiylari iqtisodiy xarakterga ega. Ushbu safarga, undagi delegatsiya mohiyatiga va safar vaqtiga eʼtibor qaratilsa, unga birinchi eʼtibor qaratgan tomon Iordaniya rejimi ekanligi ayon boʻladi. Xoʻsh, bu safar mohiyati nima? Undan qanday maqsadlarni amalga oshirish koʻzlangan? Haqiqatdan ham safardan Falastin ahliga yordam berish va mushkullarini oson qilish koʻzlanganmi?
Iordaniya delegatsiyasi safarini oʻrganib chiqilsa, bu safar rejim boshdan kechirayotgan juda nozik vaqtda, ogʻir siyosiy va iqtisodiy sharoitida amalga oshirilgani maʼlum boʻladi. Binobarin, bu safarga Iordaniya rejimining ayni sharoitlari doirasidan qarash kerak boʻladi, masalan:
Iordaniya koʻchalarida gʻalayon boʻlmoqda:
Bu gʻalayon Iordaniya rejimi bilan bosqinchi yahudiylar oʻrtasida “Suv muqobilida elektr energiyasi” loyihasi boʻyicha shartnoma imzolanishi ortidan boshlangan. Loyihaga Amirliklar davlati homiylik qilib, Iordaniyaga yordam berish uchun uni moliyalashga vaʼda berdi. Uning yordami bilan Iordaniya quyosh energiyasi ishlab chiqadi va yahudiylarga yiliga 600 megavatt energiya eksport qiladi, bu eksport muqobiliga ular Iordaniyaga 200 million kub metr chuchuklashtirilgan suv beradi. Aynan mana shu narsa Iordaniya namoyishchilarini gʻazablantirdi. Chunki ular ushbu shartnoma bosqinchi yahudiylarga xizmat qilishga qaratilganini, Iordaniyadagi suv muammosini hal qilishga qaratilmaganini tushunib yetdilar. Ayniqsa, bu xalq Vodiy Araba singari bunday shartnomalarning mohiyatini tushunadilar, boshlariga falokatlar keltirganini tajribalaridan oʻtkazganlar.
Iordaniya rejimi siyosiy tanglikni boshdan kechirmoqda:
Bu rejim muqaddas Aqso masjidi har kuni yahudiylarning shturm qilishidan va tinimsiz qarorlar chiqarishlaridan azob chekayotgan bir paytda, oʻzini Aqsoning vasiyi ekanini daʼvo qilmoqda. Ularning yaqindagisi turar-joy quruvchi yahudiylarga Aqsoda ibodat qilishlariga ruxsat beruvchi qarordir. Bosqinchi yahudiylar Quddus va Gʻarbiy Sohilda zoʻrlik bilan oʻrnatgan ushbu voqelik Hoshimiylar mamlakati vasiyligini gilam va xizmatchilarning maoshlari ustidagi vasiylikka aylantirdi! Bu bilan Iordaniya rejimi Falastin masalasida oʻz vaznini ham, taʼsirini ham yoʻqotdi hamda butunlay zavol va halokat yoqasiga olib borib qoʻydi.
Iordaniyada iqtisodiy vaziyat juda yomon. Ishsizlik, kapital egalarining koʻchib ketishi va iqtisodiy tanazzul darajasi yuqori… Bunday vaziyat korruptsiya va qarz botqogʻiga botgan rejimga qattiq tahdid tugʻdirmoqda.
Shuning uchun Iordaniya rejimi ushbu Falastin safarini istadi. Safarni sanoat vaziri, savdo vaziri, energetika vaziri, transport vaziri va bosh vazir Bishr Xasovina kabi qator vazirlardan iborat yuqori martabali vazirlar delegatsiyasi orqali amalga oshirdi. Maqsadi Falastin masalasi ziyoniga iqtisodiy va siyosiy yutuqlarni qoʻlga kiritish.
Iqtisodiy yutuqqa kelsak, bir necha kelishuvlar imzolandi va bitimlarda asosiy eʼtibor oʻrtacha savdo ayirboshlashni koʻpaytirishga qaratildi. Masalan, oʻtgan yili Iordaniyaning Falastin bozoriga eksporti 152.2 million dollarni tashkil etgan boʻlsa, Falastinning Iordaniya bozoriga eksporti 50.5 million dollarni tashkil etdi. Ikki tomon oʻzaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida ayni millionlarni bir milliardga yetkazishni hamda infratuzilma, transport, qishloq xoʻjaligi va axborot texnologiyalari bilan bogʻliq boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishni umid qilmoqdalar.
Falastin rejimi bilan boʻlgan ushbu iqtisodiy kelishuvlarga Iordaniya rejimining oʻtgan 3 noyabrda yahudiy vujudi bilan boʻlgan kelishuvining tarjimasi va tatbiqi sifatida qarash mumkin. Oʻshanda Iordaniya bilan yahudiy vujudi oʻrtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va savdo aylanmasini oshirish boʻyicha kelishuv imzolangan. Ushbu kelishuv Iordaniyaga ham oʻz mahsulotlarini Falastin hududlariga olib kirishiga ruxsat beradi. Iordaniya sanoat va savdo vazirligining noyabr oyida chiqargan matbuot bayonotida bunday deyilgan: “Falastin bozorlariga Iordaniyaning zaruriy eksport tovarlari kirishini osonlashtirish uchun Iordaniya bilan “Isroil” tomonlari oʻrtasida vazirlar darajasida uchrashuv bayonnomasi imzolandi. Bayonnomada taʼkidlanishicha, tomonlar muhokamalar yakunida Falastin bozoriga kirishda imtiyozli tizimga ega boʻlgan hamda yillik qiymati 342 million dollarli bojxona toʻlovlaridan ozod etiladigan tovarlarning roʻyxati boʻyicha kelishuviga erishishgan”. (Sinьxua axborot agentligi, 2021 yil 3 noyabr).
Demak, Iordaniya-Falastin oʻrtasidagi kelishuvlarni imzolash anavi yahudiy vujudi bilan qilingan yakdil kelishuvlardan va qator munosabatlarni normallashtirish kelishuvlaridan, xususan, soʻnggi vaqtdagi “Suv muqobilida elektr energiyasi” loyihasi imzolanishidan keyin boʻlmoqda. Shunday qilib, Iordaniya rejimi yuqori narxdagi siyosiy toʻlov evaziga, yaʼni yahudiy vujudi bilan normal munosabatlarni kuchaytirish, Falastin masalasini tugatish, shuningdek, Iordaniya boyliklarini yahudiylar xizmatiga sarflab, uni kuchaytirish evaziga baʼzi iqtisodiy yutuqlarni qoʻlga kiritmoqda.
Siyosiy yutuqqa kelsak, uni Iordaniya rejimining yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish jinoyatiga nisbatan mamlakatda paydo boʻlgan namoyishlar gʻazabini sokinlashtirishga urinayotganida koʻrish mumkin. Yaʼni bu rejim namoyishchilarga oʻzini Falastin masalasi va falastinliklardan voz kechmagan, balki ularga yordam berish va kelishuvlar imzolash, davlatlarini qurishga koʻmaklashish bilan shugʻullanayotgan qilib koʻrsatmoqchi. Yahudiy vujudi bilan bitta kelishuv imzolagan boʻlsam, Falastin maʼmuriyati bilan koʻplab kelishuvlarga erishdim, deya xalqini adashtirishga, gʻazablarini bostirishga harakat qilyapti. Shuningdek, bu rejim yahudiylarning Quddus va Aqso masjididagi qilmishlariga indamay sukut qilishdek oʻzining qoʻrqoqlik siyosatini Falastinga qator ziyoratlar qilish, kelishuvlar imzolash va ikki davlat loyihasi haqida bayonotlar berish bilan yopmoqchi boʻlyapti… Oʻzini Falastin masalasi va uni hal qilish yoʻli borasida hamon taʼsirli va vaznli rejim qilib koʻrsatyapti. Binobarin, Aqso masjidiga vasiylik qilish sari harakatga kelish va uni himoya qilish kabi oʻzidan talab qilingan burchlardan voz kechganligi oqibatida yuzaga kelgan siyosiy tang vaziyatni xaspoʻshlashga urinyapti… Bunday sharmandalik dogʻini bir oz boʻlsa ham yuvib, siyosiy vaznini koʻtarmoqchi boʻlyapti.
Shubhasiz, ushbu tashrif va uning ortidan imzolangan iqtisodiy va siyosiy kelishuvlar oʻtkinchi egoistik iqtisodiy va siyosiy yutuqlarni qoʻlga kiritish uchun boʻldi… Bu kelishuvlar Iordaniya rejimi daʼvo qilayotgandek Falastin ahliga xizmat koʻrsatish, uning masalasini qoʻllab-quvvatlash uchun emas, balki, bundan butunlay yiroq kelishuvlardir. Ustiga-ustak, yahudiy vujudi Gʻarbiy Sohildagi kantonlarni kuchaytirishda va kelajakdagi iqtisodiy va siyosiy kelishuvlar doirasida ularni Iordaniya bilan bogʻlashda shu kelishuvlardan foydalanadi. Shuningdek, bu kelishuv yahudiy vujudining siyosiy shantajiga aylanib, uning roziligiga qaram boʻladi. Chunki suv, havo, portlar, koʻpriklar va oʻtish punktlariga shu vujud hukmron. Shu bois, oʻzining manfaatiga va yechimga nisbatan qarashlariga zid keluvchi har qanday kelishuvni rad etadi. Iordaniya rejimining yahudiylardan mustaqillik va ularga tobe emaslik toʻgʻrisidagi balandparvoz gaplari, shu jumladan siyosiy bayonotlariga kelsak, bu zarracha qadri-ahamiyati yoʻq gaplardir. Bu rejim ayni kelishuvlarni oʻzining investitsiyasini boyituvchi mol, deb hisoblaydi hamda unga eksportlar va soliqlar oynagidan qaraydi.
Falastin masalasi Iordaniya rejimi va Falastin Ozodlik Tashkilotining xiyonatlari sababli yoʻq qilish jarligiga hamon qulamoqda. Hatto bu rejimlar kantonlar yoʻnalishida harakat qiladigan boʻlib qolishdi. Chunki Falastin rejimi va uning ahli shu kantonlar ustida bayroq tikib, milliy gimn kuylashlari uchun yahudiy vujudi bu kantonlarni ularga qoldirishni istamoqda! Shu bois, Falastin masalasini malay rejim va uning qoʻgʻirchoq maʼmuriyati hal eta olmaydi. Uni faqat buyuk mabda va risola sohibi boʻlgan Ummat hal etadi. Chunki u Falastinni xuddi Hittin va Ayn Jolutdagi kabi ozod etishga qodir Islom Ummatidir. Faqat bu Ummatga oʻzining siyosiy va harbiy qaroriga ega boʻlgan va Falastin ozodligiga daʼvat qiladigan ongli xolis siyosiy yetakchilik yetishmayapti, xolos.
Roya gazetasining 2021 yil 15 dekabr chorshanba kungi 369-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.