Daniya hukumati islomiy oila qadriyatlariga qarshi kurashida yutqazdi

184
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Daniya hukumati islomiy oila qadriyatlariga qarshi kurashida yutqazdi

Daniya hukumati topshirigʻi bilan oʻtkazilgan va yaqinda nashr qilingan katta yillik tadqiqot musulmonlarning Gʻarb turmush tarzini rad etayotganlarini koʻrsatdi. Oʻtkazilgan ushbu ommaviy soʻrovdan musulmon yoshlarning hayosizlik qabul qilib boʻlmas narsa, degan fikrda yakdil ekanliklari maʼlum boʻldi. Daniya integratsiya vaziri Mattias Tesfayyening bunga nisbatan reaktsiyasidan uning juda xafaligi koʻrinib turdi va buning “qabul qilib boʻlmas hol!” ekanini bildirib, Daniya qadriyatlari va gender tengligiga sodiq qolishga chaqirdi.
Bunga nisbatan Hizb ut-Tahrir – Daniya matbuot boʻlimi 2021 yil 9 dekabrda bayonot chiqarib, quyidagilarni taʼkidladi:
“Daniya hukumati oʻzining nuqtai-nazarini singdira olishdan umidini uzgan. Shuning uchun Islom saqofatiga qarshi “qadriyatlar urushi”da qatnashish uchun barcha vositalarni ishga solishga tayyor turibdi. Hukumat tomonidan odamlarning ong-saviyasini aniqlash uchun har yili oʻtkaziladigan soʻrov natijalari shuni koʻrsatdiki, musulmonlar hamon islomiy oʻzliklaridan voz kechishni rad etmoqdalar. Xoʻsh, musulmonlar ilmoniy davlatda tugʻilib oʻtganliklariga qaramay, nega fahsh hayotda yashashni istamayaptilar? Javob oddiy: Har qanday toza tabiatli shaxs “toʻgʻri hayot kechirmoq ulugʻlikdir”, deb biladi. Islom ayollarga nisbatan hayo, ezgulik va ulkan hurmatni qaror toptirgan. Agar bu daniyalik vazir musulmonlarni oʻz islomiy qadriyatlaridan voz kechtira olaman, deya gʻururlanayotgan boʻlsa, unga aytar soʻzimiz bitta: hargiz bunday qilolmaysan! Bundan tashqari, biz gʻarbcha turmush tarzidan voz kechib, Islomni tanlayotgan daniyaliklar soni asta ortib borayotganini koʻrmoqdamiz.
Roya gazetasining 2021 yil 22 dekabr chorshanba kungi 370-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.