AQSh bilan Falastin maʼmuriyati oʻrtasidagi iqtisodiy muloqot tobelikni mustahkamlashga qaratilgan

177
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
AQSh bilan Falastin maʼmuriyati oʻrtasidagi iqtisodiy muloqot tobelikni mustahkamlashga qaratilgan

Qudsul Arabiy veb-sayti (hijriy 1443 yil 9 jumodulavval, milodiy 2021 yil 13 dekabr dushanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:
“Besh yildan ortiq vaqtdan soʻng hamda Falastin maʼmuriyati oʻtkir iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan bir paytda, seshanba kuni Falastin-AQSh oʻrtasida iqtisodiy muloqot boʻlib oʻtdi.
Bu Falastin-AQSh munosabatlari boshlangandan beri ikkinchi marta oʻtkazilayotgan iqtisodiy muloqotdir, birinchisi 2016 yilda boʻlgan edi.
Falastin iqtisod vaziri Xolid Ussayli bu xususda quyidagilarni taʼkidladi: “Biz ushbu muloqotga tayanib ayta olamizki, AQSh hukumati avvalgi maʼmuriyatning siyosati va tartib-qoidalarini qayta koʻrib chiqib, davlat byudjetini qayta qoʻllab-quvvatlaydi va Falastin iqtisodini qoʻllab-quvvatlashni kuchaytiradi. Shuningdek, BMTning falastinlik qochqinlarga yordam koʻrsatish va ularni ishga joylash boʻyicha ish olib boruvchi, oʻz faoliyatini qayta boshlagan UNRWA agentligini qoʻllab-quvvatlashni davom ettiradi. Bundan tashqari, Quddusda konsullik ochish, ikki davlat yechimini amalga oshirish va turli sohalarda yordamlarni qayta boshlash kabi AQSh prezidenti Jo Baydenning Falastin rahbari Mahmud Abbosga bergan vaʼdalarini bajaradi””.
Roya:
Ushbu xabarga izoh sifatida, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʻlimi oʻzining elektron sahifasida matbuot bayonoti nashr qilib, bunday dedi:
“AQSh Islom Ummatining dushmani va yahudiy vujudining ittifoqchisidir. U muhtojlarga yordam beruvchi xayriya jamiyati emas. Amerikaning beradigan puli nopok puldir. U bu pullarni yurtimizdagi oʻzining siyosat va rejalarini amalga oshirish qurollaridan biri sifatida, Falastin maʼmuriyati ustidan siyosiy hukmronligini mustahkamlash uchun beradi. Amerika Falastin maʼmuriyatining mavjudligini ham, kuchini ham oʻzining buyruqlarini bajarishiga hamda mustamlakachilik rejalariga sodiqligiga bogʻlagan. Bu mustamlakachi davlat Falastin maʼmuriyati uchun xavfsizlik, iqtisod va ijtimo kabi Falastindagi har bir sohada qanday siyosat olib borishning ikir-chikiriga qadar chizib beradi. Shu orqali u ikki davlat yechimida gavdalanuvchi oʻzining mustamlakachilik loyihasini amalga oshirmoqchi.
Amerikacha qarashlar asosida ishlab chiqilgan bu ikki davlat yechimi boʻyicha, yahudiy vujudiga muborak zaminning aksar yeri beriladi, buning muqobilida Falastinga kichik bir davlatcha qurib beriladi. Hech qanday suverenitetga ega boʻlmagan bu zaif davlatchaning vazifasi yahudiy vujudini himoya qilish va Falastin ahlini repressiya qilishdan iborat boʻladi. Buning uchun u Falastin ahlini koʻchirish va irodasini sindirishga hamda mojaroga ular istagandek chek qoʻyishga qaratilgan tizimli siyosatlarni olib boradi. Falastin maʼmuriyati aynan mana shunday yechimni amalga oshirishga harakat qilyapti hamda uni tatbiq qilish va Falastin ahlini soliq va toʻlovlar bilan tinkalarini quritishda davom etish uchun Amerikadan iflos pullar olib, uning qoʻllab-quvvatloviga erishyapti.
Muborak Falastin masalasining yechimi Ummat dushmanlaridan pul olishda emas, balki uni ozod etishdadir. Zotan, bu dushmanlar yahudiy vujudini Ummat koʻksiga sanchilgan zaharli xanjar, shuningdek, unga qarshi urushda va uning birlashishini oldini olishda asosiy tayanch boʻlishini istashadi. Ummatning dushmanlaridan pul olish faqat bir narsani anglatadi. U ham boʻlsa, muborak zaminni sotib yuborish hamda undan voz kechib, yahudiy vujudining mudofaasi uchun Amerika armiyasi safida yollangan askar sifatida xizmat qilish.
Muborak zamin xuddi jasoratli buyuk qoʻmondon Salohiddin Ayyubiy qoʻli bilan ozod etilganidek, Ummatning qoʻshinlari va tirik kuchlari qoʻli bilan ozod etilish arafasida turibdi. Chunki bu zamin Islom Ummati mulkidir. Shu bois, armiyalarimiz uchun harakatga kelib, yurtimizdagi Gʻarbga yollangan rejimlarni supurib tashlash va Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik barpo etish vaqti allaqachon kelgan. Faqat roshid Xalifalikkina Gʻarbni magʻlub etib, yurtimizdan bosqinchi yahudiylarni ildizi bilan qoʻporib tashlaydi hamda bu yurtda kengayish va himoyalanish uchun sarflagan shuncha mablagʻlarini oʻzlariga hasrat-nadomatga aylantiradi.
﴿إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا يُنفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ لِيَصُدُّوا عَن سَبِيلِ اللهِ فَسَيُنفِقُونَهَا ثُمَّ تَكُونُ عَلَيْهِمْ حَسْرَةً ثُمَّ يُغْلَبُونَ وَالَّذِينَ كَفَرُوا إِلَى جَهَنَّمَ يُحْشَرُونَ * لِيَمِيزَ اللهُ الْخَبِيثَ مِنَ الطَّيِّبِ وَيَجْعَلَ الْخَبِيثَ بَعْضَهُ عَلَىَ بَعْضٍ فَيَرْكُمَهُ جَمِيعًا فَيَجْعَلَهُ فِي جَهَنَّمَ أُوْلَـئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ﴾
“Kofirlar mol-dunyolarini Allohning yoʻlidan toʻsish uchun sarflaydilar. Bas, uni sarflaydilar-u, soʻngra oʻsha (mollari) oʻzlariga hasrat boʻlur, soʻngra magʻlub boʻlurlar. Kofirlar Alloh nopokni pokdan (kofirni moʻmindan) ajratishi va nopok kimsalarning hammalarini ustma-ust taxlab, jahannamga solishi uchun toʻplanurlar. Ana oʻshalar ziyon koʻrguvchilardir” [Anfol 36-37]

Roya gazetasining 2021 yil 22 dekabr chorshanba kungi 370-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.