Suriya Islomiy Kengashi oʻz bayonnomasida xorijiy aralashuvni qoraladi

249
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
﴿أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ اللهِ حُكْمًا لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ﴾
“Dinsizlik hukmron boʻlishini istaydilarmi?! Imonlari komil boʻlgan qavm uchun Allohdan ham goʻzalroq hukm qilguvchi kim bor?!”

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot boʻlimi nashr qilgan bayonotda bunday deyiladi:
“Suriya Islomiy Kengashi oʻz bayonnomasida xorijiy aralashuvni qoraladi. U bunday aralashuv oʻtgan oktyabr oyida Jenevada boʻlib oʻtgan konstitutsiyaviy qoʻmita yigʻilishlarida yangi Suriya konstitutsiyasining yozilish chogʻida boʻlganini taʼkidladi.
Kengash oʻz bayonnomasida ushbu yozilgan konstitutsiyaga norozi ekani sababini uning xalqaro qonunlarga zid ekani bilan izohladi. Kengash Suriya mustaqilligi uning barqarorligi asosi ekanini taʼkidlab, suriyaliklar ishlari vatandagi sodiq farzandlar qoʻlida tashkil etilishiga koʻproq eʼtibor qaratishga chaqirdi”.
Roya:
Aslida, bu “Suriya Islomiy Kengashi” ilmoniy konstitutsiya nima ekanini, hatto Suriya ichkarisida suriyaliklar qoʻli bilan yozilgan taqdirda ham u Gʻarb buyruqlari bilan Suriyaga qarshi toʻqilayotgan makr toʻri boʻlib, musulmonlar aqidasiga hamda ularning Islom bilan hukm yuritish va faqat Allohning shariatini hukmron etishdan iborat istaklariga zid ekanini bayon qilmogʻi lozim edi. Shuningdek, Suriya va boshqa islomiy yurtlardagi musulmonlarga Islom va uning ahkomlariga qarshi urush ochadigan ilmoniy konstitutsiya yozishga harakat qilish emas, balki Allohning Kitobi, Rosuli ﷺning sunnatlari, sahobalar ijmoi va sharʼiy qiyosdan istinbot qilingan konstitutsiyani tatbiq etishga harakat qilish vojibligini tushuntirishi kerak edi.
Bu “Suriya Islomiy Kengashi”, degan narsa oʻz bayonnomasida Islomni ham, Islom dasturini ham, Islom tuzumini ham zarracha tilga olmadi. Aksincha, biz unda Sayks-Piko chegaralarini va uning mustamlakachilikka xizmat qiluvchi delimitatsiyasini tan olishdan kelib chiquvchi milliy manfaatni his qildik. Bunga uning mana bu soʻzlari dalolat qilib turibdi: “Suriya mustaqilligi uning barqarorligi asosidir va uning kelajagini shakllantirish bunga qodir solih farzandlari qoʻlida boʻlishi kerak”. Bas, u qanday mustaqillik haqida gapiryapti?!
Bu “Suriya Islomiy Kengashi” Asad rejimining rasmiy diniy muassasalaridan aslo farq qilmaydi. Chunki uning ham bir ogʻiz haq soʻzni aytishga, Allohni rozi qilish uchun qoʻzgʻolon va uning ahliga yordam berishga jurʼati yetmayapti. Bilʼaks, bu kengashning ham ketayotgan yoʻli togʻut rejimlarni qoʻllab-quvvatlash, ular sodir etayotgan gunohi azimlarni qonuniylashtirish, Shom ahlini mustamlakachi kofir Gʻarb rejalariga va uning nopok siyosiy yechimlariga tiz choʻktirib, muborak Shom qoʻzgʻolonini yoʻq qilish va qonxoʻr rejimni mustahkamlashga qaratilgan fatvolar chiqarishdan iborat. Bular – Allohning izni ila – hargiz amalga oshmaydi!
Roya gazetasining 2021 yil 15 dekabr chorshanba kungi 369-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.