Afgʻonistonda “eng kam ish haqi” 5000 afgʻoni qilib belgilandi

755
0

Afgʻonistonda “eng kam ish haqi” 5000 afgʻoni qilib belgilandi

Afgʻonistonda Tolibon maʼmuriyati ishchi-xizmatchilar, shu jumladan davlat xizmatchilarining maoshlariga oid yangi nizom ishlab chiqdi. Bu haqida Tolibon muvaqqat hukumati Moliya vazirligining matbuot kotibi Ahmad Vali Hakmal oʻz matbuot bayonotida maʼlum qildi.
Eng kam ish haqi 5000 Afgʻoni (taxminan 52 dollar) qilib belgilanganini bildirgan Hakmal, bu qarorning tez orada kuchga kirishini aytib oʻtdi.
Bayonotga koʻra, Tolibon rahbari mulla Hibatulloh Oxundzodaning oylik maoshi 228750 afgʻoni (taxminan 2400 dollar), muvaqqat hukumat bosh vaziri oʻrinbosari Muhammad Hasan Axundning oylik maoshi 198250 afgʻoni (taxminan 2060 dollar) va vazirlarning oylik maoshlari 137250 afgʻoni (taxminan 1430 dollar) qilib belgilangan.

Izoh: “Eng kam ish haqini belgilash” Islomga yot boʻlgan kapitalistik tushunchadir. Tarixdan maʼlumki, Gʻarb davlatlarida sanoat inqilobi yuzaga kelgach, kapitalistlar oʻzlarining zavod va fabrikalarida oddiy xalqni ozgina mablagʻ evaziga ogʻir sharoitlarda uzoq soatlab ishlatardi. Oilaning asosiy ehtiyojlarini qoplash uchun butun oila aʼzolari, hatto yosh bolalar ham kapitalist boyning qoʻlida kechayu-kunduz ishlashga toʻgʻri kelardi.
Ammo ijtimoiy tenglik nazariyasini koʻratib, ishchilarning holoskori sifatida maydonga chiqqan sotsializm insonlarni ogʻir sharoitda ishlatayotgan kapitalizmni yaroqsiz tuzum sifatida talqin qila boshladi. Sotsializm fikriga koʻra zavod va fabrikalardan kelayotgan daromad insonlar oʻrtasida teng taqsimlanishi lozim edi.
Bunday fikr ogʻir sharoitda uzoq soatlab ishlaganiga qaramay, zoʻrgʻa hayot kechirayotgan ishchilar sinfiga taʼsir qilishi va oqibatda kapitalizm tuzumi xavf ostida qolishi tabiiy edi. Ammo bu paytda kapitalizm namoyondalari darhol ishga kirishib, ishchilar uchun beriladigan oylik maoshning eng kam miqdorini va ish soatini belgilab qoʻyishga majbur boʻldi. Aslida bu kapitalizm nizomiga toʻgʻri kelmas edi. Lekin ishchilarning ogʻir sharoitlarda uzoq soatlab ishlashi ularda qattiq norozilik uygʻotmasligi uchun shunday qilishga majbur boʻldi.
Islomda esa, ishchilar sinfi, binobarin “eng kam ish haqi” degan narsa boʻlmaydi. Ishchiga beriladigan ish haqi ishning turi, katta-kichikligi, ogʻir-engilligiga hamda ishchining shu ishga layoqatiga qarab, ish beruvchi va ishchi oʻrtasida oʻzaro rozilik bilan belgilanadi, hech bir tarafga zulm qilinmaydi. Agar ishchining qilgan ishi evaziga olgan maoshi hayot kechirishiga yetarsiz boʻlsa yoki kasallik, nogironlik, qarilik tufayli ishlash imkoniyatiga ega boʻlmasa, uning asosiy ehtiyojlarini qondirish davlatning zimmasiga tushadi. Davlat zakot pullaridan yoki baytulmoldan qoplaydi. Albatta bu ahkomlar Xalifalik davlatida tatbiq qilinadigan sharʼiy ahkomlarlir. Shuni ham aytib oʻtish lozim, Xalifalik davlatida fuqarolar zimmasiga yuklangan ogʻir-ogʻir kommunal tolovlar hamda boʻlar-boʻlmasga yuklab qoʻyiladigan jarimalar va hech bir turli muntazam soliqlar boʻlmaydi. Agar soliqqa ehtiyoj tugʻilsa faqatgina boylar sinfidan va ehtiyojga koʻra olinadi, bu ham har yili emas albatta.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.