Islomiy hayotni kayta boshlashning sharʼiy tariqati (10-qism).

193
0

(“Islomiy hayotni kayta boshlashning sharʼiy tariqati” kitobidan).
Islomiy hayotni kayta boshlashning sharʼiy tariqati (10-qism).

Keling, endi daʼvat yukini koʻtaruvchilar sifatida bizlar tutgan tariqatning toʻgʻriligiga qalblarimiz xotirjam boʻlishi uchun tafoʼul bosqichida, shu jumladan talabi nusratda Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – va sahobai kiromlar amalga oshirgan ayrim amallarga bir toʻxtalib oʻtaylik. Arablarning koʻpchiligi Islomga kirgach hamda arab yarim oroli, Shom oʻlkalari, Iroq va Habashistondagi kishilar ham Islom dini haqida eshitishgach, bu holat Qurayshga juda yomon taʼsir koʻrsatdi. Uning yetakchilik tizginini qoʻldan boy berish xavfi yanada kuchaydi. Natijada u daʼvatga qarshi kurashishdagi jiddu-jahdini ikki barobar oshirdi. Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – va sahobai kiromlarga berayotgan ozorlarini yanada kuchaytirdi. Hatto ayrim musulmonlar oʻz yurtlarini tashlab Habashistonga hijrat qilishga majbur boʻldilar. Shunda ham Quraysh ularning ortidan Amr ibn Oss va Abdulloh ibn Robiyʼani Habashiston podshohi Najoshiyga elchi qilib yubordi. Muhojir musulmonlarga qarshi teskari tashviqot yurgizib, ularni oʻsha yerdan ham quvib chiqmoqchi boʻlishdi. Biroq, yuborilgan ikki elchi bunga muyassar boʻla olishmadi.
Lekin Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – daʼvatni atrof qabilalarga yetkazishda bor kuchlarini sarflab, sabot va matonat bilan turishda davom etdilar. Quraysh ortiq darajada xaddidan oshib, sabr kosalarini toʻldirgach, amakilari Abu Tolib va ayollari Xadija onamiz vafotlaridan keyin Toifga chiqdilar. Toifning Saqif qabilasini Islomga chaqirdilar va ulardan nusrat talab qildilar. Biroq, Saqif boshliqlari Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ni juda yomon tarzda qaytardilar. Qavmning eng ahmoq yoshlarini Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ga qarshi qoʻyib yubordilar. Bu ahmoqlar Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ni xaqorat qilishib, u zoti-sharifni toshboʻron qilishdi. Hatto muborak ayoqlari qip-qizil qonga belandi. Natijada Robbilariga quyidagicha duo ila murojaat qildilar;
اللهم إليك أشكو ضعف قوتي ، وقلة حيلتي ، وهواني على الناس ، يا أرحم الراحمين ، أنت رب المستضعفين ، وأنت ربي ، إلى من تكلني ، إلى بعيد يتجهمني ، أم إلى عدو ملكته أمري ، إن لم يكن بك علي غضب فلا أبالي ، ولكن عافيتك هي أوسع لي ، أعوذ بنور وجهك الذي أشرقت له الظلمات ، وصلح عليه أمر الدنيا والآخرة ، من أن تنزل بي غضبك ، أو يحل علي سخطك ، لك العتبى حتى ترضى ، ولا حول ولا قوة إلا بك
“Yo Allohim! Quvvatimning zaifligidan, bechoraligimdan va odamlarga xor boʻlganimdan Senga shikoyat qilayapman.
Ey rahmlilarning rahimlisi! Sen mustazʼafinlar(zaif sanalguvchilar) Robbisidirsan. Sen mening Robbimsan. Meni kimlarga tashlab qoʻyding. Gʻam-anduhlarga botiradigan olislarga meni uloqtirdingmi? Yoki mening ishimni dushmanimga topshirib qoʻydingmi? Agar mendan gʻazablanmasang, men bu azoblarga parvo qilmayman. Lekin ofiyating men uchun yengilroqdir. Zulumotlarni yorishtirgan, uning asosida dunyo va oxirat ishlari isloh qilingan yuzingning nuri bilan, menga gʻazabing tushishidan, menga qaxr qilishingdan panoh tilayman. Jonim senga fido boʻlsin. Sening rizoliging men uchun kifoya. Kuch va qudrat faqat Sendadir. La havla va la quvvata illa bika. Ibn Ishoq rivoyati.
Ushbu duoda Rosululloh – sollalohu alayhi va sallam – Robbisi azza va jallaga daʼvatni yetkazishda bardavom boʻlish yoʻlida yetayotgan ozorlarni koʻtarishga madad berishini soʻrab iltijo qildilar. Bu mashaqqatli va ozorli yoʻldagi yagona yupanchi: “Agar mendan gʻazablanmagan boʻlsang, men bu ozorlarga parvo qilmayman” – degan ilinjlari edi. Shundan keyin Rosululloh – sollallohu alayhi va sallam – Makkaning kofir yetakchilaridan biri Matʼam ibn Adiyning himoyasida Makkaga kiradilar. Biroq, Toifda tushgan ahvollari u zotni daʼvatni yetkazishdan toʻxtatib qololmadi. Makka atrofidagi qabilalarni, bozorlarda kelgan kishilarni va haj mavsimida ziyoratchilarni Islomga daʼvat qilishda davom etdilar. Ulardan oʻzini yaʼni oʻzining paygʻambar ekanliklarini tasdiqlashlarini, oʻziga iymon keltirishlarini, Allohning risolatini yetkazish uchun nusrat berishlarini talab qilishda toʻxtamadilar. Darvoqeʼ, oʻsha qabilalar Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ulardan talab qilayotgan nusrat maʼnosini juda yaxshi tushinganlar. Shuning uchun Bani Omir ibn Ossdan bir kishi Rasululloh – sollalohu alayhi va sallam – ga aytadi;
أرأيت إن نحن بايعناك على أمرك ، ثم أظهرك الله على من خالفك ، أيكون لنا الأمر من بعدك ؟ قال : الأمر إلى الله يضعه حيث يشاء ، قال : فقال له : أفتهدف نحورنا للعرب دونك ، فإذا أظهرك الله كان الأمر لغيرنا لا حاجة لنا بأمرك
“Aytingchi, agar biz sizning ishingiz ustida sizga bayʼat bersak, soʻng Alloh sizni muxoliflaringiz ustidan gʻolib qilsa, sizdan keyin ish(amirlik, hokimlik) bizga beriladimi? Shunda Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – unga; “Amirlik Allohnikidir, uni xohlagan joyiga qoʻyadi” dedilar. Bu javobni eshitgach, haligi kishi; Bizlar sizni deb arablarga boshimizni tikib beramizmi?! Agar Alloh sizni gʻolib qilsayu amirlik boshqalarniki boʻlsa. Unda sizning ishingizni bizga keragi yoʻq, – dedi.” Ibn Ishoq rivoyati.
Siyrat kitoblarida rivoyat qilinishicha, Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – Fazora, Gʻasson, Hanifa, Murra, Kanda, Sulaym, Abas kabi bir necha qabilalarga oʻzlarini roʻbaroʻ qilganlar. Alloh taolo Yasribdan (Madinadan) bir necha kishilarni tayyorlab qoʻyguniga qadar bu qabilalarning birortasi Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ga ijobiy javob bermagan. Yasribliklar Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ga iymon keltirdilar. U zotni tasdiqladilar. Soʻngra bir yildan keyin Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ga keldilar. Ular dastlab 12 kishi boʻlganlar. Yuqorida aytib oʻtganimizdek, Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ularga Qurʼon oʻrgatib, Islomdan taʼlim berishi uchun ular bilan birga Musʼab ibn Umayrni yuborganlar. Kelasi, paygʻambarlikning 12-yili ular 75 kishi boʻlib keladilar. Boʻlib oʻtgan bahsu-munozaralardan keyin Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – ular bilan urush va jang bayʼati boʻlmish ikkinchi aqaba bayʼatiga bayʼatlashadilar. Bu bayʼatda jumladan mana shu soʻzlar aytiladi;
فقلنا يا رسول الله علام نبايعك؟ قال تابعوني على السمع والطاعة في المنشط والمكره وعلى النفقة في العسر و اليسر و على الامر بالمعروف والنهي عن المنكر و على ان تقولوا في الله لا تأخذكم لومة لائم و على ان تنصروني اذا قدمت اليكم وتمنعوني مما تمنعون منه انفسكم وازاجكم و أبنائكم و لكم الجنة فقمنا بايعناه. رواه الاحمد واليهقي
“Bizlar; Yo Rasulallox, sizga nimaning asosida bayʼat beramiz dedik. Rasululloh sollalloh alayhi vasallam dedilar; “Menga xursandchilik oʻrnida ham, xafachilik oʻrnida ham quloq solib, itoat etishga, qiyinchilikda ham, yengilchilikda ham nafaqa qilishga, malomatchilarni malomatidan qoʻrqmay Allohning yoʻlida haqni gapirishga, agar sizlarga kelsam menga yordam berishingizga, meni oʻzingizni, ayollaringizni va farzandlaringizni himoya qilgan narsadan himoya qilishingizga va buning evaziga sizlarga jannat eshiklari ochilishiga bayʼat berasizlar”. Shunda bizlar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan bayʼatlashgani turdik”. Ahmad va Bayhaqiy rivoyati. “Ibn Hishom siyrati”da keladi; “Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga urush bayʼatini berdik,… quloq solish va itoat etishga,… ishni oʻz egalaridan talashmaslikka bayʼat berdik”. Mana bu ham ularning oʻsha bayʼatdagi soʻzlari; “Albatta bizlar mollarimizga musibat yetishi va ulugʻlarimizning qatl etilishi ustida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni oʻzimiz(himoyamiz)ga olamiz”. Mana bu urush bayʼati shuni anglatadiki, bu bilan Avs va Xazrajdan boʻlgan ansoriylar, agar Rasululloh — sollallohu alayhi va sallam – Madinaga kelsalar, davlat qurishlari uchun u zotga haqiqatan nusrat berib boʻlgandilar. Ashoblaridan keyin oʻzlari ham feʼlan Madinaga hijrat qildilar. Madinadagi musulmonlar oʻz yurtlarida Allohning hukmini qoim qilish uchun Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – ga qarshi turishi mumkin boʻlgan har qanday toʻsiqlarni yoʻqotib tashlashga tayyor turganlar. Biroq, u yerdagi yahudiy va mushriklardan boʻlgan daʼvatga qarshi chiquvchi taraflar Madinada Islom davlati qurilishi yoʻlida qarshilik koʻrsatishga kuchlari yetmadi. Ular oʻzlarining tarqoq va zaif boʻlganliklari, musulmonlarning esa, kuchli va qudratli boʻlganliklari uchun koʻz oldilarida Islom davlatining qad koʻtarishiga jimgina qarab turdilar, xolos. Shuning uchun qarshi taraf nusrat sohiblari, urush bayʼatini bergan bayʼatchilar davlat qurilayotgan maxalda moddiy kuch ishlatishdan oʻzlarini tiydilar. Lekin u yerdagi yahudiy va mushriklar davlat tiklangandan keyin har hil hiyla va nayranglar bilan, mushrik arablarni bu davlatga qarshi qoʻllab quvvatlash bilan xoinona til biriktirish va fitnalar uyushtirishdan toʻxtashmadi.
Demak, talabi nusrat Islom hayotini qayta boshlashning sharʼiy tariqati ahkomlaridan biridir. Talabi nusrat daʼvat yukini koʻtaruvchilar Ummatdan yoki Ummat ichidagi kuchli guruhdan talab qilishi vojib boʻlgan farzdir. Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – har hil ozor va aziyatlarga qaramay talabi nusratda bardavom turganliklari talabi nusratning farzligiga qarinadir. Darhaqiqat, Rasululloh – sollalohu alayhi va sallam – nusratni paygʻambarlikning 8 chi yili boshlaganlar va oradan 4 yil oʻtib, 12 yili nusrat kelguniga qadar, Toifda yoʻliqqan aziyatlarga va ayrim qabilalar tomonidan koʻrsatilgan toʻsqinliklarga qaramay bu yoʻlda davom etganlar.
Davlat qurish uchun nusrat berish Ummatga ham, Ummat ichidagi kuchli guruxga ham farzdir. Buning dalili; “Vojib nima bilan tamomiga yetsa, u ham vojibdir”, degan sharʼiy qoidadir. Negaki, Islom davlatini qurish vojib. Bu vojib davlat qurishga qarshilik qilayotgan moddiy toʻsiqlarni sindirish uchun Ummatning yoki Ummat ichidagi kuchli guruhning kuch-quvvati bilangina tamomiga yetadi. Ansoriylarning ikkinchi aqaba bayʼatidagi mana bu soʻzlari ham nusrat berishning farzligiga dalildir;
إنا نأخذه على مصيبة الأموال و قتل الاشراف
“Albatta bizlar mollarimizga musibat yetishi va ulugʻlarimizning qatl etilishi ustida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni oʻzimiz(himoya)ga olamiz”. Ularning bu soʻzi Allohning amrini bayon qilib berishi uchun va shu jumladan Allohning hukmi bilan hukm yuritishi uchun Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – ga nusrat berishlari vojibligiga qarinadir.
Demak, tafoʼul va undagi amallar daʼvat bosib oʻtadigan bosqichlarning eng muhimlaridandir. Chunki, Ummat bilan faʼoliyat olib borish – uning yetakchiligini, soʻngra saltanatni qoʻlga olishga olib keladi. Shuning uchun bu bosqichdagi muvaffaqiyat daʼvatning gʻalabasi hamda keyingi bosqichning yaʼni hukmni qoʻlga olib, Islom hayotini qayta boshlashning ham muvaffaqiyati garovidir. Hukmni qoʻlga olishga tafoʼul bosqichida aniq muvaffaqiyatga erishilganiga amin boʻlingandan keyingina oʻtiladi. Aks holda, hizb Ummatni mabdaʼ ahkomlar va fikrlari bilan emas, balki davlatning bardavomligiga, davlat toʻqnashadigan qiyinchiliklar qarshisida mustahkam turishga bardosh berolmaydigan otifiy, vaqtinchalik tuygʻular bilan boshqargan boʻladi. Shuning uchun tafoʼulni shu darajada mukammal oʻtash lozimki, hizb daʼvat qilayotgan mabdaʼ Ummatning mabdaʼsiga aylanishi lozim. Hizbning Ummatni boshqaruvi tuygʻularni qoʻzgʻash asosida, harbiy yoki shaxsiy emas, fikriy boshqaruv boʻlishi lozim. Bu esa, yuqorida aytib oʻtganimizdek, Ummatning va hizbning mabdaʼsi boʻlgan Islom mabdaʼsining fikrlariga asoslangan umumiy ongdan kelib chiqqan raʼyi ommni vujudga keltirishni talab etadi. Shunda jumhur xalq mabdaʼ yoʻlida uzoq yillar kurashishga tayyor boʻladi. Mabdaʼga muxolif boʻlganlar esa, qarshiliklarini oshkor eʼlon qilishga jurʼat eta olmay qolishadi. Chunki ular agar bunday qilishsa, jumhur xalqdan kamida norozilik eshitishadi. Demak, tafoʼul bosqichidagi asosiy masala Islom fikrlari va ahkomlariga boʻlgan ishonchni – foydali yoki zararli, degan eʼtibor bilan emas, balki ularga boʻlgan ishonchni – Ummat iymon keltirgan islomiy aqidadan kelib chiqqan, degan eʼtibor bilan qarashdir.
Hizb qandaydir davlat qurishni hohlamaydi. Balki u Xalifalik davlatini qurishni, Ummatni uygʻotishni, islomiy jamiyatni barpo etishni hamda Islom risolatini butun insoniyatga yetkazishni istaydi.
Albatta tafoʼul bosqichidagi muvaffaqiyat hukmni Ummat orqali, tabiiy yoʻl bilan egallashga olib keladi. Chunki saltanat sohibi Ummatdir. Ummat oʻz aqidasiga iymon keltirgan va nizomining durustligiga qanoat xosil qilgan mabdaʼ bilan hukm yuritishi uchun saltanatni oʻzi xohlagan kishiga beradi.
Tafoʼul bosqichida muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagi ishlarni bajarish lozim:
1. Hizb jismini saqlab qolish uchun shaxslarning har biriga fikrat va tariqatni murakkaz saqofat tarzida berishdagi bardavomlik. Mana shu saqofatdagi har qanday kamchilik hizbning zaiflashishiga olib keladi. Negaki, hizb oʻz aʼzolarida shakllangan mabdaʼ asosiga quriladi. Mabdaʼni shakllantirish tariqati esa, ana oʻsha aʼzolarga mabdaʼ fikrlarini teran anglab yetgan ongli mumtoz mushriflar tomonidan murakkaz shaklda berishdir.
2. Chagʻitilgan xato fikrlarga barham berish uchun fikriy kurash orqali va oʻsha xato fikrlar oʻrnini bosadigan toʻgʻri fikrlarni bayon qilib berish orqali jamoiy saqofatda va Ummat manfaatlarini tabanniy qilishda bardavom boʻlish. Buning uchun masjidlarda, ommaviy joylarda ochiq muloqot, jonli suxbat va lektsiyalar kabi qulay uslub va vositalarni ishga solish lozim boʻladi.
3. Ummatning ziddiga tuzilayotgan rejalarni va Ummatga qarshi qilinayotgan buzuq niyatlarni fosh etishda, hamda oʻzlariga ham, tatbiq etishayotgan nizomlariga ham boʻlgan ishonchni sindirish uchun hokimlarni muhosaba qilishda gavdalanadigan siyosiy kurash bilan kufr rejalarini ochib tashlashda bardavom boʻlish.
4. Daʼvat yukini koʻtaruvchilar orasidan Ummat uchun amalda yetakchi boʻlgan, ongli va jurʼatli yetakchilarni koʻrsatish. Ummat, ularning oʻziga ham, Ummatni uygʻonish yoʻliga olib chiqishga qodirligiga ham ishonadi. Negaki, insonlar oʻz yetakchiligini johil yoki qoʻrqoq kishiga bermaydi. Ular oʻzlarining oralarida yashayotgan yigitlarga ishonadilar. Ularning ongli va jurʼatli ekanliklarini his qiladilar.
5. Hizbni Ummat yetakchisi sifatida koʻrsatadigan amallarni bajarish. Masalan, odamlarni yigʻish va ularni oʻz haqlarini talab qilishga yetaklash yoki muayyan jamoiy ishlarni amalga oshirish. Rivoyat qilinishicha, Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – Musʼab ibn Umayrga u Madinada yurgan mahalda maktub yuboradilar. Maktubda shunday deyilgan edi;
أما بعد فانظر اليوم الذى تجْهَر فيه اليهود بالزَّبور لسَبْتِهِم، فاجمعوا نساءكم وأبناءكم، فإذا مال النهار عن شطره عند الزوال من يوم الجمعة فتقرَّبوا إلى الله بركعتين
“Ammo baʼd. Yahudiylar shanba kungi ibodatlari uchun Zaburni ochiq jahriy qiladigan kunga qara. Bas sizlar ham ayollaringiz va bolalaringizni jamlanglar. Zavol maxal kun yarmidan oshganda, jumʼa kuni ikki rakat namoz bilan Allohga yaqinlik qilinglar”. Shunda Asʼad ibn Zurora odamlarni yigʻa boshlaydi va ularga Musʼab ibn Umayr imom boʻlib, ikki rakat namoz oʻqiydilar”.
6. Hukmni qoʻlga olishda va Xalifalik davlatini qurish yoʻlida toʻgʻanoq boʻlayotgan moddiy toʻsiqlarni parchalab tashlash uchun kuch va qudrat egalaridan nusrat talab etishda bardavom boʻlish.
7. Daʼvat majollarini ongli ravishda diqqat bilan kuzatib borish hamda Xalifalik davlatini barpo etishda irtikoz nuqtasi boʻlishi uchun har qanday mos qitʼadagi qulay fursatlardan foydalanish.(davomi bor).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.