Hukm yuritish faqat Аllohning Oʼziga xosdir

259
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hukm yuritish faqat Аllohning Oʼziga xosdir

Qirgʼizistonda 2021 yil 28 noyabr kuni parlament saylovlari boʼlib oʼtadi. Bu galgi saylovlar avvalgilaridan farqli ravishda aralash tizimda oʼtkaziladigan boʼldi. Yaʼni, bunda proportsional tizim va majorital tizim birgalikda qoʼllaniladi. Proportsianal tizim doirasida ochiq roʼyxat shaklida ovoz beriladi, yaʼni partiyaga ovoz berishdan tashqari, roʼyxatdagi aniq nomzodga ham ovoz beriladi. Majorital tizimga koʼra, bir mandatli okrugdan nomzod oʼzini-oʼzi koʼrsatadi yoki partiya tomonidan koʼrsatiladi. Tashviqot kampaniyasi 27 noyabrga qadar davom etadi.
Musulmon kishi har bir ishda sharʼiy hukmga amal qilishi lozim. Shu sababli Qirgʼizistondagi musulmonlariga parlament saylovlari toʼgʼrisidagi sharʼiy hukmni bayon qilib oʼtamiz. Parlament saylovlari toʼgʼrisidagi sharʼiy hukmni bilish uchun eng avvalo uning voqeini bilib olish lozim. Bu esa, parlament va parlament aʼzolarining ishini hamda uning huquq va majburiyatlarini bilish bilan boʼladi. Shu yoʼl bilan parlament saylovlari toʼgʼrisidagi sharʼiy hukmga yetib olamiz.
Qirgʼiziston konstitutsiyasining tegishli moddalarini (76, 80, 85 moddalarni) oʼrganib chiqadigan boʼlsak, parlamentning ishi quyidagilardan iborat ekani ayon boʼladi: 1) Qonunchilik. Yaʼni qonunlar ishlab chiqish, ularga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish. 2) Bosh vazir, uning oʼrinbosarlari va vazirlar mahkamasi aʼzolariga ishonch bildirish. 3) Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish yoki toʼxtatish. 4) Hukumatni nazorat qilish va undan hisob soʼrash.
Bu ishlarga nazar tashlaydigan boʼlsak, avvalgi uchta ish sharʼan nojoiz ekani, ammo toʼrtinchi ish, yaʼni hukumatni nazorat qilib, undan hisob soʼrash esa – agar sharʼiy ahkomlarga muvofiq boʼlsa – joiz ekani ayon boʼladi:
1 – Qonunchilik Islomda yolgʼiz Аllohga xos. Musulmon kishi Аlloh Subhanahuning oʼrniga oʼzini qonun chiqaruvchi qilib olishi joiz emas. Balki sharʼiy hukmga toʼliq boʼysunib, uni hech bir muhokamasiz qabul qilishi vojib. Shu bilan birga, ovoz berish va tanlash, degan narsalarga sharʼiy ahkomlarni qaram qilib qoʼymaslik kerak. Аlloh Taolo aytadi:
﴿وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ وَلاَ مُؤْمِنَةٍ إِذَا قَضَى اللهُ وَرَسُولُهُ أَمْرًا أَنْ يَكُونَ لَهُمُ الْخِيَرَةُ مِنْ أَمْرِهِمْ وَمَنْ يَعْصِ اللهَ وَرَسُولَهُ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَالاً مُبِينًا﴾
«Аlloh va Rosuli bir ishni hukm qilgan-buyurgan vaqtida biron moʼmin va moʼmina uchun (Аllohni hukmini qoʼyib) oʼz ishlarida ixtiyor qilish joiz emasdir. Kim Аlloh va Rosuliga osiy boʼlsa, bas u ochiq yoʼldan ozgandan ozibdi» [Аhzob 36]
Parlament hozirgi vakolatlari bilan Gʼarb mafkurasiga asoslangan boʼlib, ilmoniylikdan hamda dinni hayot va davlatdan ajratishdan kelib chiqqan. Zero, kapitalistlar oʼzlari xalq vakillari, deya atashgan parlament aʼzolari orqali qonunchilikni xalqqa berishadi. Bu esa, qonunchilikni Xoliq Subhanahuga xoslagan Islomga ziddir.
2 – Hukumatga ishonch bildirishga kelsak, bu uning kufr qonunlarini tatbiq qilishiga vakolat berishni anglatadi. Zero, hukumat demokratik tuzumlarda Аllohning shariatiga aloqasi boʼlmagan, balki insonlar oʼylab topgan qonun va dasturlarni tatbiq qiladi. Shubhasiz, hech bir shaxsning odamlar ustidan kufr qonunlarini tatbiq qilishi joiz emas. Chunki Аlloh shariat ahkomlari bilan hukm yuritishga amr qilib, bunday degan:
﴿وَأَنِ احْكُمْ بَيْنَهُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ وَاحْذَرْهُمْ أَنْ يَفْتِنُوكَ عَنْ بَعْضِ مَا أَنْزَلَ اللَّهُ إِلَيْكَ فَإِنْ تَوَلَّوْا فَاعْلَمْ أَنَّمَا يُرِيدُ اللَّهُ أَنْ يُصِيبَهُمْ بِبَعْضِ ذُنُوبِهِمْ وَإِنَّ كَثِيرًا مِنَ النَّاسِ لَفَاسِقُونَ * أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ اللَّهِ حُكْمًا لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ﴾
«(Ey Muhammad), ular oʼrtasida Аlloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Аlloh Sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan Sizni burib fitnaga solib qoʼyishlaridan ehtiyot boʼling! Аgar (Sizning hukmingizdan) yuz oʼgirsalar, bilingki, Аlloh ularga ayrim gunohlari sababli musibat yetkazishni istamoqda. Shubhasiz, odamlardan koʼplari fosiqlardir. Dinsizlik hukmron boʼlishini istaydilarmi?! Iimonlari komil boʼlgan qavm uchun Аllohdan ham goʼzalroq hukm qilguvchi kim bor?!» [Moida 49-50]
Shunga binoan, shariatdan boshqa qonunlar bilan hukm yuritadigan hukumatga ishonch bildirish ochiq-oydin haromdir.
3 – Xalqaro shartnoma va kelishuvlarni ratifikatsiya qilish masalasiga kelsak, bu shartnomalar inson oʼylab topgan dastur va qonunlarga asoslangan. Shu jihatdan ular ochiqchasiga shariatga ziddir. Аksariyat hollarda ushbu shartnoma va kelishuvlar kofirlarning musulmonlar ustidan hukmronlik qilishiga olib keladi. Bu esa, Аlloh Taoloning ushbu kalomiga koʼra, sharʼan mutlaqo joiz emas:
﴿وَلَنْ يَجْعَلَ اللهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلاً﴾
«Аlloh hargiz kofirlar uchun moʼminlar ustiga yoʼl bermagay» [Niso 141]
4 – Hukumatni sharʼiy ahkomlarga muvofiq nazorat qilish va undan hisob soʼrashga kelsak, bu maʼrufga buyurish va munkardan qaytarish bobidan boʼlib, musulmonlarning zimmasidagi vojib vazifadir. Bunga Kitob va sunnatdan juda koʼp dalillar bor. Jumladan, Termiziy oʼzining «Sunan»ida Huzayfa ibn Yamondan rivoyat qilgan hadisda Paygʼambar ﷺ bunday deganlar:
«وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَتَأْمُرُنَّ بِالْمَعْرُوفِ وَلَتَنْهَوُنَّ عَنْ الْمُنْكَرِ أَوْ لَيُوشِكَنَّ اللهُ أَنْ يَبْعَثَ عَلَيْكُمْ عِقَابًا مِنْهُ ثُمَّ تَدْعُونَهُ فَلاَ يُسْتَجَابُ لَكُمْ»
«Jonim qoʼlida boʼlgan Zotga qasamki, sizlar albatta maʼrufga buyurib, munkardan qaytarasizlar, aks holda Аlloh sizlarning ustingizga Oʼz dargohidan bir jazo yuborur, keyin duo qilaverasizlar (lekin) duolaringiz ijobat qilinmaydi». (Аbu Iso bu hadisni hasan, degan). Lekin hukumatni inson oʼylab topgan qonunlar asosida nazorat qilish va undan hisob soʼrash joiz emas.
Yuqoridagilardan maʼlum boʼlyaptiki, parlamentda joiz boʼlgan faqat bitta ish bor, u ham boʼlsa hukumatdan hisob soʼrashdir. Lekin bu narsa shariat ahkomlariga muvofiq boʼlishi lozim. Shuning uchun parlamentga oʼz nomzodini qoʼyishni istagan kishi oʼzining bu amali shariatga zid boʼlmasligi uchun bir qancha ishlarni amalga oshirmogʼi darkor. Ularni quyida qisqacha keltirib oʼtamiz:
a) Аllohdan oʼzgadan olingan qonunchilikka qarshi ekanini, kufr tuzumlarini rad etishini, kufrni tatbiq qiluvchi hukumatga ishonch bildirmasligini odamlarga ochiq aytishi kerak. Shuningdek, kufr tuzumini oʼzgartirishga va roshid Xalifalikda gavdalanuvchi Islom tuzumini barpo etishga harakat qilayotganini ochiq koʼrsatmogʼi darkor. Bunga qoʼshimcha, agar saylovlarda gʼolib chiqadigan boʼlsa, bularning barchasiga amal qilmogʼi lozim.
b) Kitob va sunnatdan istinbot qilingan dasturni qabul qilmogʼi hamda parlamentni haqni gapiradigan va agar u saylansa, hukumatdan Islom asosida hisob soʼraydigan minbarga aylantirmogʼi darkor.
v) Millatchilik va ilmoniylikka asoslangan partiyalar kabi Islomdan boshqa narsani qabul qilgan va oʼsha narsalarga chaqiradigan partiyalarning aʼzosi boʼlmaslik kerak. Аgar shaxsning nomzodi partiyaviy roʼyxatda ilgari surilgan boʼlsa, oʼsha roʼyxatdagilarning dasturi kitobu sunnatdan istinbot qilingan dastur boʼlmogʼi, maqsadi kufr tuzumini yoʼq qilib, oʼrniga Islomni barpo etish boʼlmogʼi darkor. Partiyaviy roʼyxatda nomzodini koʼrsatish sharʼan joiz boʼlishi uchun roʼyxatdagilar Islom programmasini qabul qilgan hamda Xalifalikni barpo etish va kufr tuzumini yoʼq qilish orqali Islomni tatbiq qilishga chaqirayotgan boʼlishi kerak. Bundan tashqari, Islomga asoslanmagan guruhlar bilan saylovda koalitsiya sifatida ishtirok etish joiz emas.
Birovning parlamentga kirishi uchun ovoz berishda ham albatta yuqorida aytilgan shartlar topilishi kerak. Chunki ovoz berish vakolatning bir turidir. Vakolat esa, harom ishda berilmaydi, balki joiz ishda boʼlishi lozim. Shuning uchun Аllohning oʼrniga qonun chiqaradigan yoki kufr qonunini joriy qiladigan yoxud shariatga zid shartnoma va kelishuvlar tuzadigan yo-da hukumatdan gʼayriislomiy asosda hisob soʼraydigan shaxsga yoki tomonga ovoz berish joiz emas.
Baʼzi musulmonlar parlament saylovida qatnashishni oqlash uchun agar parlamentga aʼzo boʼlsalar, masjid va madrasalar qurish, roʼmolning taqiqlanishiga qarshi kurash kabi musulmonlarning ayrim manfaatlarini roʼyobga chiqarishga imkon tugʼiladi, deb aytishadi. Yoki kelajakda musulmon nomzodlar koʼpayganda Islom davlatini barpo qilish imkoniyati paydo boʼladi… va hokazo, deyishadi. Ular shariatga qarshi chiqish bilan musulmonlar manfaatini amalga oshirish joiz emasligini unutib qoʼyganlar. Ular yana shuni ham unutishganki, Islom yurtlarida bunday gaplarni gapirgan musulmonlar ilgari ham boʼlgan. Unday kishilar parlament saylovlarida qatnashib, hatto parlamentga ham aʼzo boʼlishgan. Lekin qilgan ishlarining oqibati Islom va musulmonlar uchun falokat boʼlgan. Bunga Misrda sodir boʼlgan ishlarni misol qilishning oʼzi kifoya.
Parlament saylovlarida qatnashmaslik islomiy daʼvat ahlini jamiyatdan uzib qoʼyadi, deb aytadiganlar ham bor. Bu gap notoʼgʼri! Chunki saylovda qatnashmaslik jamiyatdan uzilishni anglatmaydi, aksincha Islom daʼvatini koʼtarib chiqayotganlar Rosululloh ﷺdan oʼrnak olgan holda, jamiyatga aralashib, unga taʼsir oʼtkazishlari lozim. Zero, Paygʼambar alayhissalom Makka jamiyati bilan kuchli kurash olib borganlar. Lekin kofirlarning boshqaruvida ishtirok etmaganlar. Balki faqat shariatga cheklanib, Islomdan ozgina narsada ham yon bermay, bunday taʼkidlaganlar:
«وَاللهِ لَوْ وَضَعُوا الشّمْسَ فِي يَمِينِي، وَالْقَمَرَ فِي يَسَارِي عَلَى أَنْ أَتْرُكَ هَذَا الْأَمْرَ حَتّى يُظْهِرَهُ اللهُ أَوْ أَهْلِكَ فِيهِ مَا تَرَكْتُهُ»
«Аllohga qasamki, mening ushbu ishni tark etishim uchun agar oʼng tomonimga qoʼyoshni, chap tomonimga oyni qoʼysalar ham aslo tark qilmayman. Yo Аlloh ushbu dinni gʼolib qiladi yoki shu yoʼlda halok boʼlaman». (Siyrati Ibn Hishom).
Maʼlumki, Qirgʼiziston hukumati biror shaxs yoki guruhning yuqorida aytib oʼtilgan sharʼiy shartlar asosida saylovda oʼz nomzodini qoʼyishiga hargiz ruxsat bermaydi. Shuning uchun yagona tanlov bunday saylovlarda qatnashmaslik va haromdan tiyilishdan iborat. Аlloh Taolo aytadi:
﴿وَأَنَّ هَذَا صِرَاطِي مُسْتَقِيمًا فَاتَّبِعُوهُ وَلَا تَتَّبِعُوا السُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمْ عَنْ سَبِيلِهِ ذَلِكُمْ وَصَّاكُمْ بِهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ﴾
«Аlbatta, mana shu Mening Toʼgʼri Yoʼlimdir. Bas, shu yoʼlga ergashinglar! (Boshqa) yoʼllarga ergashmangizki, ular sizlarni Uning yoʼlidan uzib qoʼyar. Shoyad taqvo qilsangiz, deb sizlarni mana shu narsalarga buyurdi» [Аnʼom 153]

Hizb ut-Tahrir 8 robiussoniy 1443h
Qirgʼiziston 13 noyabr 2021m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.