Qizil-Qiyaliklar prezidentga murojaat yo‘llashdi

344
0

Qizil-Qiyaliklar prezidentga murojaat yo‘llashdi

 Botken viloyatiga qarashli Qizil-Qiya shahri aholisi Hizb ut-Tahrir siyosiy partiyasiga a’zolikda ayblanib qamoqqa olingan olti nafar musulmon ozod qilinishini talab qilib norozilik aktsiyasiga chiqishdi. Norozilik aktsiyasi videosi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinmoqda.

 Norozilik aktsiyasiga chiqqan odamlar qamoqqa olingan olti yigit panemiya va chegara mojarosida xalq yukini ko‘tarib, muhtoj oilalarga doimiy yordam berib kelishganini aytishdi. Shuningdek, ekstremistik ayblarar noto‘g‘ri qiyilgani, organ xodimlari yolg‘on da’volar bilan ularni jinoyatchi sifatida ko‘rsatishga harakat qilishayotganini aytishdi.

 Izoh:  Amaldagi prezident Japarovga qadar hokimiyat tepasiga kelgan prezidentlar ham o‘zlarini boshqaruvdagi omadsizligi va mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy inqirozlardan xalqni chalg‘itishda “ekstremizm” va “terrorizm”ga qarshi kurashni qurol qilishgan edi. Masalan, Atambaev 2014-yili Rossiya bosimi ostida mamlakatni oddiy xalq uchun hech qanday manfaati bo‘lmagan EOIIga olib kirishi oldidan ayni usulni qo‘llagan va ojiza muslimalarga nisbatan “ov” boshlab yuborgan edi. Atambaevdan hokimiyatni meros qilib olgan Jeenbekov ham Rossiya bosimi va xalqaro tashkilotlar ajratadigan yordamlarni qo‘lga kiritish ilinjida Islom va musulmonlarga, jumladan ayollarga qarshi kurash olib bordi. Islom va musulmonlarga qarshi kurash olib borgan Atambaev va Jeenbekovlar qanday oqibatlarga duchor bo‘lishganidan ibrat olmagan Japarov ham o‘tmishdoshlari izidan borib ayni kurashni davom ettirmoqda. Hokimiyat tepasiga kelishidan oldin “bir yilda mamlakat iqtisodini oyoqqa turg‘izaman, besh yilda Qirg‘izistonni qarz oluvchi davlatdan qarz beruvchi davlatga aylantiraman” deb katta va’dalar bergan Japarov iqtidorga kelganidan beri birorta va’dasini bajarmadi. Aksincha, u hokimiyatga kelganidan beri narx-navolar to‘xtovsiz oshib, oddiy xalqning turmush darajasi tushib bormoqda. Ishsizlik o‘sib, iqtisodiyot falaj holatga kelib qoldi. Hukumat bu muommolarni hal qilish o‘rniga Islom va musulmonlarga qarshi kurash bilan ovora.

 Aslida, “ekstermizm” atamasi Islomga qarshi kurashish uchun Amerika tomonidan o‘ylab topilgan. Rossiya esa bundan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib, mintaqadagi musulmonlarni o‘z ta’sir doriasida ushlab turish uchun sohta teraktlar uyushtirish orqali o‘z pozitsiyasini mustahkamlab kelmoqda. Uning bu manfaatlariga unga malay hokimlar o‘z kursilarini saqlab qolish maqsadida, ayniqsa, saylov arafasida amalga oshirib kelishadi.

 Rossiya va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan ShHTda “ekstremizm” atamasiga “Qulay vaziyatdan foydalanib hokimiyatni kuch bilan tortib olish yoki shunga harakat qilish, konstitutsiyani buzish yo‘li bilan hokimiyatni o‘z qo‘lida ushlab turish harakatlarini o‘z isiga oladi. Shu maqsadga etish uchun qurolli tashkilotlar tuzish yoki unga a’zo bo‘lish” deb ta’rif berilgan. (Shanxay konventsiyasi 15.06.2001).

 Demak, ushbu ta’rifdan oladigan bo‘lsak, 2005, 2010 va 2020-yillari hokimiyatni bosib olgan siyosiy guruhlar ekstremistlar hisoblanadi. Ammo, har bir kelgan yangi hokimiyat taxtga o‘tirishi bilan ekstremizm bahonasi bilan musulmonlarga qarshi kurash olib boradi.

 Xulosa qilib aytganda “ekstremizm” kufr termini bo‘lib, u hozir faqat Islom va musulmonlarga qarshi ishlatiladi. Biroq, ushbu atamaga tushadigan (ekstremistik) yo‘l bilan hokimiyat tepasiga kelganlarga e’tibor ham berilmaydi. Aksincha, xalqaro siyosat bosimi ostida ularni demokratik haq-huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishi talab qilinadi.

 “Ekstremizm, terrorizm…” terminlari ortida demokratiyaga asoslangan kapitalistik olamiy boshqaruv sistemasining Islomiy olamiy boshqaruv sistemasiga qarshi mexanizmining asoslari yotadi. Ular faqat Islomning olamiy boshqaruv sistemasiga qaytishini oldini olish maqsadlaridagina ishlatiladi.

 Shuning uchun musulmonlarni bu terminlardan foydalanishi va bir birlarini shu atamalar bilan atab, kufrga xizmat ko‘rsatishlari mutloq harom! Bu kabi terminlarni hatto kundalik hayotlarimizda ham foydalanmasligimiz kerak!

 Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.