Tunis rejimi siyosiy va mafkuraviy kurashda muvaffaqiyatsizlikka uchragach, endi Hizb ut-Tahrir da’vatiga qarshi siyosiy politsiyadan foydalanmoqda!

23
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tunis rejimi siyosiy va mafkuraviy kurashda muvaffaqiyatsizlikka uchragach, endi Hizb ut-Tahrir da’vatiga qarshi siyosiy politsiyadan foydalanmoqda!

Tunis Inqilob hukumati Tunis suverenitetini buzish va uning siyosiy qarorini tortib olish kabi xorijiy davlatlar elchilari amalga oshirayotgan jinoyatlarni to‘xtatib qola olmasa-da, ammo siyosiy faollarni qamoqqa olishga jur’ati etyapti!

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyatidagi besh nafar Hizb a’zolari matbuot bayonoti sababli yoki faoliyatlari ortidan rejim tomonidan qamoqqa olindi. Bunga nisbatan, Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, unda quyidagilarni ta’kidladi:

«Inqilob hukumati fikriy va siyosiy jihatdan Hizb ut-Tahrirga qarshi tura olmay, uning ovozini ham o‘chirish qo‘lidan kelmadi. Hizb a’zolarini bayonot nashr qilinishi ortidan yoki siyosiy faoliyatlari sababli qamoqqa olinishi davlatning sharmandaligidir. Bu narsa davlat rahbarlarining naqadar zaifligini, konstitutsiya va qonunga rioya qilish haqidagi da’volari soxta ekanini ko‘rsatadi. Aftidan, Hizbning da’vati mustamlakachilar va ularning mahalliy qo‘g‘irchoqlarini tashvishlantirayotgan, Islom asosida roshid Xalifalikni barpo etish sari harakatlari esa, g‘arblik elchilarning halovatini buzayotgan ko‘rinadi. Shuning uchun Hizbning ovozini o‘chirish maqsadida gumashtalarini Hizb a’zolarini qamoqqa olishga yubordi. Hizbning matbuot bayonoti hokimiyat ustida bir-birlari bilan kurashayotgan rasmiy elitaning G‘arb hukmronligiga itoat qilayotganini ochib tashlagach, Hizb ut-Tahrir faoliyatiga to‘siq qo‘ymoqchi bo‘lishdi… Shuningdek, Hizb Tunis boshdan kechirayotgan siyosiy boshboshdoqlikka sabab bo‘layotgan demokratik korruptsiyachi rejimni ag‘darishga chaqirib, Islom bilan hukm yuritish orqali islomiy hayotni qayta boshlashga da’vat qilmoqda. Hizb ut-Tahrirga hamda uning Islomni hokimiyatga olib kelish da’vatiga qarshi Burqiba, Ibn Ali, Sabsiy kabi avvalgi rejimlar ham kurash olib borib, hammalari tugab bitishdi. Ammo Hizb da’vati va yigitlari hamon mavjud. Bugun Qays Said ham o‘sha eski yo‘ldan yurishga harakat qilyapti. Allohning izni ila, uni ham avvalgilarning taqdiri kutmoqda.

Roya gazetasining 2021 yil 6 oktyabr chorshanba kungi 359-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.