Energetika tarmog‘iga yo‘naltirilgan mablag‘lar qayoqqa ketyapti?

58
0

Energetika tarmog‘iga yo‘naltirilgan mablag‘lar qayoqqa ketyapti?

 Xabar: Qirg‘izistonda energetika tarmog‘ining 80 foizi uskunalari eskirgan holatda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri Akilbek Japarov 11-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan “Jamoatchilik bilan muloqot. Yangi iqtisodiy siyosat” konferentsiyasida ma’lum qildi.

 Bishkek issiqlik stantsiyasi (BIS) esa 60 foizi eskirganini ayti. Eskirganlik chegarasi 30 foiz qilib belgilangan.

 Japarovning so‘zlariga ko‘ra, har yili Qirg‘izistonda elektr energiyasi iste’moli 4-6 foizga oshmoqda. Bugungi kunda elektr quvvati tanqisligi 6 milliard kilovat-soatni tashkil etadi.

 Izoh: Qirg‘iziston mustaqillikka erishganidan beri energetika tarmog‘ini rivojlantirish uchun ulkan miqdorda qarz olib keladi.

 2013 yil noyabr oyida energetika sohasi mutaxassislarining davra suhbatida ishtirok etgan o‘sha vaqtdagi Bosh vazir Jontora Sotboldiev; “Qirg‘izistonda energetika sohasiga jalb qilinayotgan xorijiy kreditlarni 94,1 foizini birgina “Qirg‘iziston milliy energetika tarmog‘i” (QMET) sarflaydi. 1991 yildan 2010 yilgacha energetika sohasiga 380 million dollar investitsiya yotqizildi. 2011yildan boshlab esa sarmoya yotqizish keskin oshgan. 2014-yilning may oyigacha QMETga 275 million 880 ming dollar, “Elektr stantsiyalari”ga 78 million 160 ming dollar kelib tushgan”, – degan edi.

 Bundan tashqari, 2014-2017 yillar mobaynida Bishkek IESni modernizatsiyalash Xitoyning TVEA kompaniyasi tarafidan amalga oshirildi. Modernizatsiyalash Xitoyning “Eksimbank”i tomonidan ajratilgan 386 million dollarlik foizli kredit bilan moliyalashtirildi. Ammo, modernizatsiyadan hech qancha vaqt o‘tmay, 2019-yilning 25-yanvarida issiqlik stantsiyasida avariya sodir bo‘ldi va odamlar qishning ayni chillasida issiqliksiz qolishdi. Kredit esa 2033-yilga qadar 480 million dollar qilib qaytarilishi kerak.

 Afsuski, olingan shuncha qarzlar va “sarflangan” ulkan mablag‘larga qaramay eergetika tarmog‘ida biror o‘zgarish yoki rivojlanish bo‘lmadi. Aksincha, yildan-yilga ahvol og‘irlashib, oddiy xalq qish kelishini yurak xovuchlab kutib oladigan, qish oylarida mamlakat qishloq va shaharlari havosi ko‘mir va boshqa yoqilg‘ilar tutunidan nafas olib bo‘lmas darajasiga etib, ayniqsa, poytaxt Bishkek havosi ifloslangan shaharlar reytingida etakchilikni qo‘lda bermay kelmoqda. Bu yil ham rasmiy hukumat aholini elektr energiyasini tejashga, muqobil istish vositalari – ko‘mir, o‘tin va tezakdan foydalanishga chaqirdi. Olingan qarzlar esa odatdagidek bir xovuch korruptsiya botqog‘iga botgan amaldorlar o‘rtasida xomtalash bo‘lib ketmoqda (issiqlik stantsiyasi modernizatsiyasida bir dona ombir 600 dollarga baholangani kabi). Badalini esa oddiy xalq to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.