Oktyabr oyida Qirg‘izistonga 419 ming vaktsina keladi

75
0

Oktyabr oyida Qirg‘izistonga 419 ming vaktsina keladi

 Oktyabr oyida Qirg‘izistonga Pfizer (259 000 doza,) Sinopharm (110 000 doza) va AstraZeneca (50 000 doza) vaktsinalar olibkelinishi kutilmoqda. Bu haqda Respublika immunproflaktika markazi direktori Gulbara Ishenapisova 4-oktyabr kungi brifingda ma’lum qildi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, 1-oktyabr kuni YuNISEF ko‘magida vaktsinalarni saqlash uchun to‘rtta maxsus muzlatgich keldi. 4-oktyabr holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga qarshi emlanganlarning umumiy soni 1 mln. 471 ming 696 kishini tashkil etgan. Bundan 836 435 kishi vaktsinaning 1-dozasini, 629 ming 42 kishi ikkita dozasini olgan. 

 Bunga qadar sog‘liqni saqlash vaziri Qirg‘izistonda koronavirus epidemiyasining to‘rtinchi to‘lqini noyabr-dekabr oylariga to‘g‘ri kelishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Shuningdek u 4-oktyabr kuni koronavirusning nigeriya shtammining xavfi yuqori ekanligini aytdi. Prezident Sadir Japarov esa feysbukdagi postida g‘aznadan mablag‘ ajratilib vaktsina sotib olingani, ba’zi mamlakatlarda pul to‘lab vaktsina olishayotgani aytib, vaktsina olmaganlarni befarqlikda aybladi.

 Bunga qo‘shimcha, Xitoy Qirg‘izistonga o‘tgan haftada yana 1 mln. vaktsina berishni va’da qildi. Demak, aholini ommaviy emlash jarayoni kutilmoqda. Ma’lumki, dunyo bo‘ylab tarqalayotgan virus mutatsiyaga uchgaragan koronavirusning yangi yuqumli turi hisoblanadi. Vaktsinalar mutatsiyaga uchragan virusga qarshi o‘z ta’sirini yo‘qotishi ham mumkin. Hatto vaktsina olgandan keyin o‘lim holatlari ham qayd etilmoqda.  

 Xulosa qilib aytganda, kapitalizm tabiatiga muvofiq, kapitalistlar kasallikdan pul ishlab olish ustida bosh qotirishmoqda. Ular vahimaga tushib qolgan xalqlarga vaktsina va boshqa dori-darmonlarni o‘tkazish orqali o‘z daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqishmoqda. Mahalliy farmatsevtika kompaniyalari ham bu foydadan o‘z ulushlrini olishga shoshmoqda. Hukumat esa pandemiya xavfidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqda.

 Demak, biz musulmonlar xalqaro tashkilotlar, ularni qo‘llab-quvvatlayotgan mustamlakachi kapitalistlar va ularning manfaatlari yo‘lida xizmat qilayotgan hukumatning harakatlariga xushyor munosabatda bo‘lishimiz shart. Shu bilan birga Islomga yuzlanib, uning hukmlarini hayotga tatbiq qilishga shoshilaylik. Chunki, Islomda Sog‘liqni saqlash tarmog‘i foydani emas, blki kasallikni davolashni maqsad qilgani sababli har qanday pandemiya yoki yuqumli kasalliklarga qarshi muvafaqqiyatli kurashib keldi. Shunday ekan, biz faqat Islom mabdasini hayotga to‘liq qaytarish orqali Ummat va butun insoniyatni bugungi kundagi balolardan ozod qila olamiz!

 Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.