2021-2026 yillarga mo‘ljallangan kontseptsiya qabul qilindi

353
0

2021-2026 yillarga mo‘ljallangan kontseptsiya qabul qilindi

Xabar: Prezident Sadir Japarov “2021-2026 yillarda Qirg‘iziston diniy sohada davlat siyosati kontseptsiyasi to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi. Bu haqda prezident saytida xabar qilinmoqda.

 Xabarga ko‘ra, besh bobdan iborat kontseptsiya xalqlar birligi, madaniyatlararo va dinlararo totuvlikni ta’minlash, davlat-konfessional sheriklikni rivojlantirish, davlatning dunyoviylik asoslarini mustahkamlash va din din erkinligi to‘g‘riidagi qonunlarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.

 Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda 3348 diniy tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan, ulardan 2930tasi islomiy, 404tasi nasroniy yo‘nalishida. Bundan tashqari Qirg‘izistonda 12 bahoiy, 1 yahudiy va 1 buddistlar uyushmasi mavjud.

 Izoh: Joriy yilning 9-mart kuni Bishkek shahrida Qirg‘izistonning din sohasidagi davlat siyosati bo‘yicha navbatdagi kontseptsiyasi loyihasi muhokama qilingandi. Unda  maxsus ishchi guruhi 2021-2026 yillarga mo‘ljallangan kontseptsiya loyihasi va uni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi ko‘rib chiqilgan va Qirg‘izistonda fuqarolarning diniy radikallashuvi dolzarb muammo bo‘lib qolayotgani va Qirg‘izistonga radikal diniy oqimlar vakillarining kirib kelishi o‘rnatilgan davlat-konfessiya munosabatlari va konstitutsiyaviy tizim uchun katta tahdid bo‘lib qolayotgani qayd etib o‘tilgan edi…

 Dastlab, 2014- yili Atambaev tashabbusi va Mudofaa kengashi qarori bilan diniy soha bo‘yicha davlat siyosatining 2020- yilga qadar mo‘ljallangan yangi kontseptsiyasini ishlab chiqishga kirishilgan edi. Natijada din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi bo‘linmalari diniy tuzilmalari faoliyatlarini analiz qilish, qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdi.

  Ular olib borgan analizlar ortidan Qirg‘izistonda faoliyat olib borayotgan Tablig‘ jamoasini taqiqlash masalasi ko‘tarildi. Ammo Qirg‘iziston musulmonlari bu masalaga jiddiy qarshilik bildirishlari ortidan hukumat bu ishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

  2016-yil yoz oyida Almazbek Atambaev “Ekstremistik faoliyatga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Natijada qamoqxonalarda nohaq ushlab turilgan musulmonlarni boshqa mahbuslardan ajratish, musulmonlar uchun maxsus yopiq turdagi qamoqxona qurish harakati boshlandi. Garchi  o‘zlari qabul qilgan qonunga muvofiq mahbusning jazo turini o‘zgartirish faqat sud hukmi bilan amalga oshirilishi mumkin bo‘lsada, qonunga xilof ravishda musulmonlarni yopiq turdagi qamoqxonalarga o‘tkazish boshlandi va bu kurash hozirga qadar u yoki bu ko‘rinishda davom etib kelmoqda.

 Musulmonlarning o‘z dinlariga borgan sari ko‘proq intilishi, sof Islomni tushunishga bo‘lgan harakati va jamiyatni islomiylashib borishi rasmiy hukumat tinchini o‘g‘irlab qo‘ydi. Shu sababli ham yana musulmonlarning “radikallashuvi” masalasi ko‘tarila boshlandi. Ularning nazari bo‘yicha rasmiy hukumat talablariga mos tushmaydigan, Islomga hukumat xohlagandek emas, shariat talab qilganidek amal qiladigan har qanday musulmon radikaldir.

 Hukumat Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgani kurashini tobora kuchaytirayotgan bo‘lsada, jamiyatda buzuqchilik va beqarorlik keltirib chiqarishga xissa qo‘shayotgan tangrichilar va g‘arbparastlarning kuchayib borishiga ko‘z yumib kelmoqda. Nafaqat ko‘z yummoqda, balki ularning kuchayishi uchun sharoit yaratib ham beryapti. Gender tenglik va ayollar huquqlari bahonasi ostida, eks-prezident Roza Otunbaeva boshchiligida Bishkekdagi muzeyda o‘tkazilgan yalong‘och ayollar ishtirokidagi ko‘rgazma, har yili “8 mart” bayrami bahonasi bilan lesbiyanka va besoqolbozlar namoyishlarini uyushtirish odatiy hol bo‘lib qoldi.

 Aslida aksar aholisi musulmonlardan iborat bo‘lgan jamiyatda haqiqiy beqarorlik keltirib chiqaruvchilar jamiyatdagi fikr va tuyg‘ularga qarshi ish olib borayotganlardir. Ammo hukumat ularga e’tibor ham bermaydi, ulardan xavfsiramaydi. Chunki, buzuq tuzumga buzuqilar tahdid tug‘dirmaydi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.