Erdog‘an: Suriya tinchligi Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarga bog‘liq

60
0

Erdog‘an: Suriya tinchligi Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarga bog‘liq

Xabar: Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Idlib masalasini muhokama qildi. Erdog‘an uchrashuv chog‘ida Suriya tinchligi Anqara va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarga bog‘liqligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, bu ikki davlatning Suriya masalasi bo‘yicha birgalikda tashlagan qadamlari katta ahamiyatga egadir.

O‘z navbatida, Vladimir Putin Moskva va Anqara o‘rtasidagi munosabatlarni yuqori baholar ekan, murosaga kelishni o‘rganganligini qo‘shimcha qildi.

“Bizning munosabatlarimiz ijobiy tomonga rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman. Tegishli muassasalar ham har doim bir-biri bilan har tomonlama hamkorlik qilmoqdalar”, “Bizning vakolatli muassasalarimiz har ikki tomon manfaatdor bo‘lgan murosali echimlarni topishni o‘rgandilar”. dedi Putin.

Izoh: Erdog‘an va Putin o‘rtasida Suriya bo‘yicha bo‘lib o‘tishi e’lon qilingan uchrashuvidan sal oldin Rossiyaning jangovar samolyotlari Afrin va Idlibdagi Jabal Zaviya hududini havodan bombardimon qildi. Bu hujumlarda mintaqadagi ko‘plab tinch aholi va Turkiya qo‘llab-quvvatlagan muxolifat vakillari halok bo‘ldi. Turkiyaning “Zaytun novdasi” operatsiyasi mintaqasi bo‘lgan Afrinni aynan uchrashuvdan oldin bombardimon qilish nimadan darak beradi? Vaholangki u erda Turk Qurolli Kuchlarining harbiy bazasi joylashgan.

Shunday bo‘lishiga qaramay, Erdog‘an Sochi safarini Putinga xushomad qilish bilan boshladi. U Rossiyaga tashrifi oldidan Rossiya prezidenti Putinga maqtovlar yog‘dirar ekan, “Biz Rossiya bilan munosabatlarimizda bugungacha hech qanday qonunbuzarlik ko‘rmadik”, dedi. Biroq Idlibda Rossiya tomonidan uyushtirilgan havo hujumida 33 nafar turk askarining o‘ldirilishi, shifoxonalar, bozorlar, maktablar va masjidlarning bombardimon qilinishi, Musulmonlardan iborat tinch aholining doimiy qirg‘in qilinishi, Erdog‘an bularning barchasidan ko‘z yumdi.

Mana shundan ko‘rinib turibdiki, Erdog‘anning Putin bilan tuzgan ittifoqi eng xatarli ittifoqdir. Bir necha yil Asad rejimi, Rossiya va Eron kuchlariga bo‘ysunmagan Halab shahri shu ittifoq tufayli Basharning qo‘liga o‘tdi. Undan so‘ngra Rossiya harbiylari va Eronning yollanma armiyasi Asad kuchlari bilan birgalikda shafqatsiz qirg‘inlar uyushtirishiga qaramay, Suriyada amalga oshira olmagan “qulash arafasida turgan Asad rejimini saqlab qolish” amaliyotini Erdog‘an bajarib berdi. Buning uchun Erdog‘an Suriya muxolifatini “mo‘’tadil” va “radikal”larga ajratib, “mo‘’tadil” degan qismini o‘ziga jalb qila oldi va “Ostona bitimi” doirasida ularning Asad rejimiga qarshi kurashishlariga to‘sqinlik qildi. Garchi Rossiya va Asad rejimi butun mujohidlarga qarshi hujum qilayotgan bo‘lsa-da, biroq Turkiya va uning nazorati ostidagi mo‘’tadil deya ajratilgan muxolifat jiddiy qarshilik ko‘rsatmadi va radikallar deya ajratilgan mujohidlarni yordamsiz qoldirishdi. Natijada Suriyaning katta qismi Asadning qo‘liga o‘tib, mujohidlar esa Idlibda qamalib qoldi. Bugun esa u yopiq eshiklar ortida Putin bilan Idlib masalasini muhokama qilmoqda. Bu muhokama Musulmonlarga qarshi kufr bilan til biriktirishdan boshqanarsa emas.

Alloh Taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:

وَلَا تَرْكَنُوا إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمْ النَّارُ وَمَا لَكُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ مِنْ أَوْلِيَاءَ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ

Zulm yo‘lini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar). Aks holda sizlarga do‘zax o‘ti etar. Sizlar uchun Allohdan o‘zga biron do‘st yo‘qdir. Keyin (ya’ni zolimlarga ergashsangiz) sizlarga yordam berilmas.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.