Politexnika universitetidagi hamda Xalil va Birzit universitetlaridagi Al-Va’y guruhi asirlarga yordam berish tadbirlarini uyushtirdi

209
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Politexnika universitetidagi hamda Xalil va Birzit universitetlaridagi Al-Va’y guruhi asirlarga yordam berish tadbirlarini uyushtirdi

Yaqinda asirlar bilan bog‘liq voqea-hodisalar fonida politexnika universitetidagi hamda Xalil va Birzit universitetlaridagi Al-Va’y guruhi o‘tgan bir necha kun mobaynida yahudiylar qamoqlarida qolayotgan asirlarimizga yordam berish tadbirlarini o‘tkazdi. Tadbirlarda plakatlar ko‘tarib chiqish va universitet ichkarisiga plakatlar ilish, politexnika hamda Xalil universitetlarida namoyishlar o‘tkazish, talabalarga da’vat murojaatlari yo‘llash ishlari olib borildi.

Tadbirlarda, shuningdek, «Yahudiylar qo‘lidan qochgan qahramon asirlar… bosqinchilarning qo‘rqoqligiga, malay rejimlarning xoinligiga hujjat» nomli varaqa tarqatildi. Varaqada Al-Va’y guruhi quyidagilarni ta’kidladi:

«Bosqinchi yahudiy vujudi juda zaif bo‘lib, uning da’vo qilayotgan kuch-quvvati xomxayoldan boshqa narsa emas. Bu da’voning yolg‘onligini ularning turmasidan qochgan qahramon asirlarimizning bilaklari va qochishda qo‘llagan qoshiqlari fosh etdi. Bu dunyo aylanib turadi, biz bu bosqinchi yahudiylardan nimani ko‘rgan bo‘lsak, ularga xuddi shuni ko‘rsatamiz. Zero, Allohning izni ila, nusrat yaqindir.

Falastin erlari aslida, mana shunday qahramonlar eridir. Biroq, bugungi qo‘rqoq rejimlar zamonida bu qahramonlar zulmdan eru ko‘kka sig‘may qoldilar. Shu sababdan ushbu asirlar hodisasi ham, Aqso hodisalari ham Islom va uning Xalifalik davlatisiz hargiz hal bo‘lmaydi. Zero, Rosululloh ﷺ

«إِنَّمَا الإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»

«Imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi», deganlaridek ushbu xalifaning ustuvor vazifalaridan biri Rosululloh ﷺning

«فُكُّوا الْعَانِيَ»

«Asirni ozod qilinglar», degan so‘zlariga amal qilgan holda, asirlarni ozod qilish bo‘ladi.

Roya gazetasining 2021 yil 22 sentyabr chorshanba kungi 357-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.