Iordaniya rejimi har doimgidek Aqsoni yordamsiz qoldirib, faqat qoralash bilan kifoyalanmoqda!

207
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Iordaniya rejimi har doimgidek Aqsoni yordamsiz qoldirib, faqat qoralash bilan kifoyalanmoqda!

Iordaniya tashqi ishlar vazirligi yahudiy vujudining muborak Aqso masjidiga qarshi davom ettirayotgan qonunbuzarliklarini, masalan yaqinda ekstremist yahudiylarning Aqsoga bostirib kirib, bosqinchi vujud politsiyasi yordamida provokatsion xatti-harakatlar sodir etganini qoraladi. Yahudiy hukumatidan bunday qonunbuzarliklarni bas qilishni va masjid hurmatini saqlashini, qonuniy va tarixiy asosdagi vaziyatni saqlab, Quddus vaqflar ma’muriyati obro‘sini saqlashni talab qildi.

Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi o‘z saytida nashr qilgan bayonotida bunga quyidagicha izoh berdi:

Muqaddas dargohlarimizga nisbatan Hoshimiylik vasiyligini da’vo qilayotganlar mana shunday yaramas, zaif pozitsiya egallashgan. Iordaniya rejimi har doimgidek sukutni afzal bilib, Aqsoga yordam berish uchun hech narsa qilmaydi, faqat qoralash, norozilik bildirish va talab qilishdan nariga o‘tmaydi. Bu qurolsiz, zaif va qarori yo‘q kimsalarning pozitsiyasidir! Ming afsuski, bu pozitsiya armiyasi istasa Aqso masjidinigina emas, balki butun Falastinni ozod etadigan bir yurtning pozitsiyasi bo‘lmoqda. Zero, Iordaniya qo‘shini yahudiylarga qarshi jang qilishga chanqoq bo‘lib, biz bu bosqinchilarga qarshi hamisha sheryuraklik bilan turganini ko‘rganmiz. Biroq, bu rejim tepasidagi xoin hukmdorlar bunga yo‘l berishmayapti. Shuning uchun, armiya zobitlari va askarlari bunday malay rejimni ildizi bilan yulib tashlab, jihod va ozodlik chaqiriqlariga labbay, demoqlari darkor.

Roya gazetasining 2021 yil 22 sentyabr chorshanba kungi 357-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.