Qozog‘iston elchisi Tolibon vaziri bilan uchrashdi

314
0

Qozog‘iston elchisi Tolibon vaziri bilan uchrashdi

 Xabar: Qozog‘istonning Afg‘onistondagi elchisi Alimxan Esengeldiev 26 sentyabr kuni Kobulda Tolibon hukumatida tashqi ishlar vaziri lavozimini bajaruvchi Amir Xon Muttaqiy bilan uchrashdi. Bu oliy darajadagi qozoq rasmiysining Tolibon hukumati vakili bilan ilk uchrashuvidir.

 Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi xabarda Tolibon nomini tilga olmagan. Rasmiy bayonotda Muttaqiy “Afg‘onistondagi muvaqqat hukumatning tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi” sifatida taqdim etilgan.

 Xabar qilinishicha, tomonlar Afg‘oniston xalqiga oziq-ovqat va boshqa gumanitar yordamlarni ko‘rsatish masalasini muhokama qilgan.

 Izoh: O‘rta Osiyo davlatlari Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan Tolibon harakati bilan munosabatda ikki xil pozitsiyani egalashmoqda. O‘zbekiston avval boshdag Tolibon bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatib, AQSh va Tolibon o‘rtasidagi muzokaralarga vosatachilik qilib keldi. Chunki, AQShning O‘zbekistonga yuklagan vazifasi shundan iborat edi. O‘tgan haftada esa Qirg‘iziston xavfsizlik kengashi raisining birinchi o‘rinbosariTaalatbek Masadikov boshchiligida rasmiy delegatsiya Afg‘onistonga insonparvarlik yordami olib borib, harakatning bir qator rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Qirg‘iz hukumatining bunday yo‘l tutishiga Rossiyaning Qirg‘iziston rasmiylariga, xususan Japarovga nisbatan “katta og‘a”lik siyosati bosimidan charchagani va imkon qadar Rossiya ta’siri ostidan chiqishga bo‘lgan harakati sabab bo‘lmoqda.

 Endi, garchi Afg‘oniston bilan umumiy chegaraga ega bo‘lmasa-da Qozog‘iston ham Tolibon bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatish sari qadam tashladi. Chunki, mintaqadagi boshqa davlatlardan farqli ravishda faqat Qozog‘iston Rossiya bilan umumiy chegaraga ega davlat bo‘lib, rus rasmiylarining hududiy masala bo‘yicha chiqqan bir qancha da’volari qozoq hukumatini ham xavotiriga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli Qozog‘iston ham mintaqadan Rossiya nufuzini surib chiqarish imkonini beruvchi har qanday imkoniyatda foydalanib qolishga intilmoqda.

 O‘rta Osiyo mamlakatlaridan faqat Tojikistongina Tolibon harkatini tahdid sifatida qabul qilib kelmoqda. Hatto Tojikiston prezidenti Prezident Imomali Rahmon Tolibonning “jabr-zulm bilan tuzilgan” hukumatini tan olmasligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, tojik hukumati Pansherdagi qarshilik harakati va etnik tojik Ahmad Ma’sudni oshkora qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Albatta, Imomali Rahmonda bunday jur’at o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgani yo‘q. balki uning ortida Rossiya turgani sababli ham Tolibonga qarshi ochiq qarshi borishga jur’at qilmoqda. Chunki, garchi Rossiya Tolibon harakatini rasmiy hukumat darajasida kutib olib muzokaralar olib borgan va bunday muloqotlarni davom ettirayotgan bo‘lishiga qaramay, Afg‘onistonda to‘liq tinchlik o‘rnatilishi va mintaqa davlatlari uchun alьternativ yo‘l ochilishidan manfaatdor emas. Uning uchun Afg‘onistonda ichki mojarolar – Afg‘onistonda chetga chiqmaydigan – bo‘lib turgani va mintaqa davlatlari Afg‘oniston bilan chegaralarini mustahkamlab, undan o‘zlarini uzoqroq tutishlaridan manfaatdor.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.