Islomiy hayotni kayta boshlashning shar’iy tariqati (3-qism)

326
0

Islomiy hayotni kayta boshlashning shar’iy tariqati (3-qism)

Birinchi bosqich: tartibli saqofatlash bosqichi. Bu bosqichning boshlanishi va bir necha qadamlari bor, ularni quyida bayon qilamiz.

a) Nuqtatul ibtido: (boshlanish nuqtasi): Boshlanish nuqtasi shunday joyda bo‘ladiki, mabda’ni tabanniy qilgan va shu mabda’ asosida voqe’ni o‘zgartirishga da’vat etayotgan shaxsga, bu joyning ayrim aholisi ergashadilar. Natijada, ushbu shaxs ulardan “dastlabki xalqani” vujudga keltiradi. Ushbu xalqa ustida ishlab, uni o‘stiradi.  So‘ngra bu halqa hizbiy xalqadan uyushmaga, keyin esa, to‘laqonli hizbga aylanadi.  Islomiy da’vatning dastlabki ibtido nuqtasi Makkada – Alloh ta’olo o‘z habibi Muhammad – sallollohu alayhi va sallam – ni elchi o‘laroq yuborgan joyda boshlangan edi. Holbuki, Alloh ta’olo Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ni butun insoniyatga elchi qilib yuborgan. Alloh ta’olo aytadi;

وَمَا أَرْسَلْنَاكَ إِلَّا كَافَّةً لِّلنَّاسِ بَشِيرًا وَنَذِيرًا

“Biz sizni butun insoniyat uchun jannatdan bashorat beruvchi va do‘zaxdan ogohlantiruvchi etib, yubordik”. [Saba’ surasi.28].

Yana aytadi;

قُلْ يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنِّي رَسُولُ اللَّهِ إِلَيْكُمْ جَمِيعًا…

Ayting, ey habibim! Ey insonlar, albatta men sizlarning barchangizga yuborilgan elchidirman”. [A’rof surasi. 158]. Biroq, Alloh ta’olo Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – dan ishni o‘z qavmidan boshlashlarini talab qildi. Alloh aytadi;

وَأَنذِرْ عَشِيرَتَكَ الْأَقْرَبِينَ

“Va eng yaqin qarindosh urug‘-do‘stlaringizni ogohlantiring”. [Shuaro surasi. 214].

1924-yili Xalifalik davlatining qulatilishi oqibatida foniylikka yuz tutgan islomiy hayotni qayta tiklashga da’vat qiladigan har qanday jamoat uchun nuqtatul ibtido-boshlanish nuqtasi Xalifalik dalatini tiklash orqali Islom hayotini qayta boshlash uchun Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning izlaridan yuradigan shaxs chiqqan joyda bo‘ladi.

Islomdagi da’vatning tarkibi – ushbu da’vat dunyoga kelgan paytda – fikrat, tariqat va insondir.

Fikrat, degani islomiy aqiyda va shu aqiydadan kelib chiqqan muolajalardir. Islomiy aqiyda koinot, inson va hayot xaqidagi, ushbu hayoti dunyodan oldingi va keyingi narsa haqidagi hamda ushbu hayoti dunyoni o‘zidan oldingi va keyingi narsaga bo‘lgan aloqasi haqidagi kulliy fikrdir. Muolaja esa, hizb uchun da’vatni etkazishda lozim bo‘lgan amaliy, shar’iy ahkomlardir. Ushbu ahkomlar hizb fa’oliyat ko‘rsatayotgan jamiyatning aloqalarida –amalda bo‘lmasa, fikrda – Islomni vujudga keltirish uchun lozim bo‘ladi. Hatto hizb hukmga etganda, hayot ishlarining xammasida Islom ahkomlarini to‘la tatbiq qiladi.

Mabda’ fikratining jinsidan bo‘lgan tariqat Islom ahkomlarini ijro etish kayfiyatini, fikratni muhofaza qilish va bu fikratni boshqalarga etkazish kayfiyatini bayon qilib beradi. Demak, hizb o‘zi faoliyat olib borayotgan jamiyatga mabda’ni fikrat va tariqat sifatida etkazadi. Shuning uchun u o‘zi faoliyat olib borayotgan jamiyat shaxslariga xalifalikning vojibligi xaqidagi ahkomlarni, jihod va hadlar ahkomlarini etkazganidek, ushbu ahkomlarni qanday ijro etish kayfiyatini bayon qiluvchi ahkomlarni ham etkazadi. Toki, insonlar fikrat va tariqat o‘zlarining fikrat va tariqatlariga aylanib qolishi uchun ular mana shu fikrat va tariqatga aloqador fikrlar, ahkomlar va ra’ylarning tafsilotini idrok eta bilsinlar.  Negaki, ushbu fikrat va tariqatning ahkom va afkorlarini vujudga keltirish hamda uni hayotga tatbiq qilish yo‘lida ana o‘sha insonlar o‘zlarini qurbon qiladilar, ularni muhofaza qiladilar, ularning hayotdagi bardavomligi hamda butun olamga olib chiqish uchun ana o‘sha insonlar ularni mudofaa qiladilar.

Shar’iy ijtihod qilish layoqati bo‘lgan,  his qilish qobiliyati o‘tkir, ongli inson ushbu mabda’ga, hamda Ummatni uyg‘ota olish salohiyatiga iymon keltirgan holda ushbu mabda’ning yukini ko‘taradi va uni etkazadi.

b) uyushmani tashkil etish: mazkur uchta asos – fikrat, tariqat hamda ongli musulmon insondan Xalifalik davlatini tiklash orqali Islom hayotini qayta boshlash uchun faoliyat olib boradigan jamoatning birinchi xujayrasi vujudga keladi. Islomning musulmonlar uning asosida uyg‘onadigan, oyoqqa turadigan mabda’ ekanligini anglab etgan kishi Allohning quyidagi oyatiga amal qilib, ushbu vojib amalni bajarish uchun bir uyushmani tashkil etish tariqat ekanligini ham albatta anglab etadi. Alloh aytadi;

وَلْتَكُن مِّنكُمْ أُمَّةٌ يَدْعُونَ إِلَى الْخَيْرِ وَيَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ ۚ

“Sizlardan yaxshilikka chaqiradigan, ma’rufga buyuradigan va munkardan qaytaradigan bir ummat-jamoat bo‘lsin”. [Oli Imron surasi. 104]. Natijada, ushbu ongli kishi, birinchi hujayra sifatida, ularga ham fikrat va tariqatni etkazish uchun boshqa musulmonlar bilan bog‘lanadi. Ushbu dastlabki hujayraning ko‘payishi bilan uyushmaning “shaxslar, tushunchalar, miqyos-o‘lchovlar va muayyan qanoatlar” majmu’asidan tashkil topgan ma’naviy shaxsiyati vujudga keladi.

Ushbu uyushmaning a’zosi tirik vujuddan ajralmas bir juzga aylanib qoladi. Ushbu a’zoda ham ayni shu uyushmaning qoni yuradi va bu a’zo bo‘lgan shaxsni ushbu uyushmaning irodasi boshqaradi. Zero, hizb butun a’zolari bitta mabda’ga iymon keltirgan uyushmadirki, ular shu mabda’ni jamiyatda vujudga keltirishni iroda qilishadi hamda eng kuchli dalil asosida bir hil fikr, ahkom va ray’larni tabanniy qilishadi. Agar a’zo tabanniy qilish yo‘llarini va dalilning kuchlisini zaifidan ajrata bilsa, uyushmaning ra’yi a’zoning ra’yi bo‘ladi. Bil’aks, u tabanniy qilish yo‘llarini va dalilning kuchlisini bilmasa, u holda uyushmaning ra’yi uning ra’yi bo‘ladi. Chunki, u bir butun jismning bir bo‘lagi, kuldan juzdir. Shuning uchun u o‘zi ham uning a’zolaridan biri bo‘lgan  ushbu jismga chambarchas bog‘lanib, u bilan uyg‘unlashib ketishi vojib. Shunda u ushbu jism o‘zidan talab qiladigan tiriklik vazifalarini benuqson va mukammal bajaradigan bo‘ladi.

j) hizb bo‘lishi uchun ushbu uyushmaning jismini binoga keltirish: bunday ish, shu uyushmaga qo‘shilgan kishilarni, mabda’ning – islom hayotini qayta boshlash uchun lozim bo‘lgan – fikrlari bilan murakkaz saqofatlash orqali yuzaga keladi. Ushbu fikrlar Islom aqidasini hamda bu aqiydadan kelib chiqqan nizomlarni o‘z ichiga oladi. Toki uyushmaga a’zo bo‘lgan kishilarni Ummatning etakchisi va jamoatchilik orasida harakatlanib yuruvchi tirik Islomga aylantiradi. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – Makkada xuddi shu ishni amalga oshirganlar. O‘z ashobi kiromlariga – to ulardan o‘zlarida mabda’ni mujasam etgan metindan mustahkam bir ushmani tashkil kilgunlariga qadar – o‘ziga nozil bo‘layotgan vahiy bilan ta’lim va saqofat berganlar. Ana o‘sha uyushma a’zolari payg‘ambarlardan keyingi eng sara insonlar bo‘lganlar. Davlat qurilishidan oldingi aziyatlarni ko‘tarishda Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – bilan birdek sabr bardosh qilganlar. So‘ngra Madinai Munavvarada davlat qurishda ham Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ga sherik bo‘lganlar.  Rasulullox – sallollohu alayhi va sallam – bilan birga hamda u zotdan keyin ham, er yuzining turli taraflariga Islom dinini taratganlar.

Albatta, murakkaz saqofatni o‘rganish va o‘rgatishdagi eng to‘g‘ri yo‘l FIKRIY QABUL qilish yo‘lidir. Chunki, fikr yoki aql ta’lim va ta’allumdagi asosdir. Aql Alloh ta’olo tomonidan insonga bergan ulug‘ bir xususiyatdir. Alloh ta’olo shu aql ne’mati bilan insonni mukarram qildi va uni juda ko‘p maxluqotlar ustidan shu aql tufayli afzal qildi. Alloh ta’olo aqlni taklif manoti qildi, ya’ni, aqlsiz jonga shar’iy ahkomlarni bajarish taklifi yuklatilmadi.

Aqlning to‘rtta asosi bor, boshqacharoq aytganda, aql quyidagi to‘rtta narsadan tashkil topadi; sog‘lom miya, his, voqe’ hamda mana shu voqe’ xaqidagi sobiqi ma’lumot. Aql, fikr, idrok bitta ma’noda bo‘lib, u his qilish vositalari orqali his qilingan voqe’ni miyaga ko‘chirish va shu voqe’ni tafsirlab beradigan sobiq ma’lumotning mavjud bo‘lishi so‘ngra mana shu voqe’ga hukm chiqarishdir.

Shuning uchun mushrif murakkaz saqofat berish jarayonida dorislarga quruq ma’lumotlarni emas, balki fikrlarni etkazib berishi lozim. Bu esa, fikrlarni dorislarning zehnlarida his qilingan voqe’ga yoki ular his qiladigan narsaga yaqin bo‘lgan voqe’ga bog‘lab berish bilan amalga oshadi. Shunda ular quruq ma’lumot emas, balki, voqe’si mavjud bo‘lgan fikrlarga ega bo‘ladilar. Shuning uchun, mushrif dorislarning aqliga, fikrning asoslarini ya’ni uning to‘rtta omildan tashkil topishini xisob olib olgan holda xitob qilishi, fikrni etkazishi lozim. Agar ushbu fikr dorislarning oldida ular his qilishgan yoki unga o‘hshaganini yoki unga yaqin bo‘lganini his qilishgan sobiq voqe’ga bog‘lansa, ana unda, bu fikr ularga fikr sifatida etib boradi. Ularga bu fikr o‘zlari erishgan-o‘zlarinikidek bo‘lib qoladi.  Agar fikr ularning oldilarida his qilingan yoki his qilish mumkin bo‘lgan voqe’ga bog‘lab berilmasa, masalan, jumlalar sharhlansayu, biroq, ular faqat lug‘aviy ma’nolarinigina tushinishsa, jumlalar dalolat qilgan voqe’ni his qilisha olmasa, ularni tasavvur qilisha olmasa, albatta, ularga quruq ma’lumotlar etkazilgan bo‘ladi. Natijada ular bu ma’lumotlar bilan mufakkir bo‘la olmaydilar, ular bu bilan ta’lim oluvchi muta’llim bo‘ladilar, xolos. Shuning uchun mushrif dorislarga fikrlarni etkazayotgan mahalda, o‘zidagi fikrlarning nushasini ularning ongiga o‘tkazayotgan maxalda bu fikrlardan kelib chiqayotgan ma’nolarni voqe’ligini doris his qiladigan darajada yaqinlashtirib berishi lozim. Agar bunday voqe’ning his qildirish uzrli bo‘lsa, mushrif fikr berayotgan paytda voqe’ni dorisning zehniga yaqinlashtib tasvirlab berishi lozim. Negaki, berilgan ma’lumotlar his qilingan voqe’ga yoki dorisning zehnida tasavvur qilingan voqe’ga bog‘langan paytdagina fikr vujudga keladi.

Mahsus (his qilingan) voqe’ inson beshta his qilish a’zolarining biri bilan his qilishi mumkin bo‘lgan voqe’dir. Masalan, daraxtni ko‘zi bilan ko‘radi, qushning sayrashini qulog‘i bilan eshitadi…. Ushbu his qilingan yoki his qilinishi mumkin bo‘lgan voqe’ tafkir amaliyotidagi asosiy unsur,  fikrlash   jarayonidagi eng asosiy omildir. Idrok faqat mana shu voqe’ bilangina hissiy idrok bo‘ladi. Biroq, musulmonlarning ahvollarini o‘zgartirish hamda ularni uyg‘otish uchun lozim bo‘lgan murakkaz saqofat fikri moddiy his qilishga qaraganda fikriy his qilishga ko‘proq muhtoj bo‘ladi. Fikriy his qilish inson narsalar va xatti-harakatlarga aloqador bo‘lgan ma’naviy ishlarning qarshisida tutgan mavqifi natijasida sezadigan his qilishdir. Masalan, musulmon harom bo‘lgani uchun aroq, zino va qimorga o‘xshaganlardan jirkanishni sezadi. Halolligi bois  uzum, nikoh va hadiyaga o‘xshash ashyo va af’ollarga nisbatan esa, moyillikni sezadi.

Fikriy qabul qilish jarayonida mushrif tafkirning to‘rt unsurini ishga solishi lozim. Shunda u dorisga so‘zlayotgan paytda, tafkir jarayonida, ya’ni unga fikr berayotganida, agar u oldin his qilmagan bo‘lsa, unga voqe’ni shu darajada daqiq, ipidan ignasigacha tasvirlab berishga, tasavvur qildirishga  intiladiki, shunda u voqe’ni his qilayotganini sezadi. Buning uchun esa, tasvirlanayotgan  voqe’ning suratini dorisning zehniga yanada yaqinlashtirish uchun ushbu voqe’ haqidagi butun ma’lumotlarni yig‘ib olish talab etiladi.

Fikriy qabul qilishning asosiy quroli tildir va bu til o‘z ichiga olgan lafzlar, jumlalar va ma’nolardir. Agar mushrif ham, doris ham  fiklarga dalolat qilishi jihatidan ushbu lafz, jumla va ma’nolarni idrok etishsa, bu qurol dars jarayonida fa’ol bo‘ladi, yaxshi foyda beradi. Shuning uchun “dars beruvchi” mushrif dorislarning lug‘aviy malakalarini, ularning tilga qanchalik boy ekanliklarini e’tiborga olishi lozim. Shunda u har ikki taraf orasida fikriy suxbat engil bo‘lishi uchun ular tushinadigan so‘z va jumlalarni ishlatadi. Fikriy suxbat deganimiz, murakkaz saqofatdagi tafkirning to‘rt unsuri asosida ikki taraf orasidagi suxbat va munozara dars jarayonida har ikki taraf tushinadigan tilda bo‘lishi lozimligini anglatadi. Xuddi mana shu yo‘l bilan nasslar xoh yozilgan, xoh so‘zlangan bo‘lsin dars beruvchi mushrif kabi dorisning ham miyasidagi fikrlarga aylanadi. Doris ham bu fikrlarni ta’birlashga, ular bilan ishlashga va bu fikrlarni boshqalarga ham ulashishga, xatto ularga etkazishga ham qodir bo‘ladi.

(«Islomiy hayotni kayta boshlashning shar’iy tariqati» kitobidan). (davomi bor).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.