Kapitalistik hazorat mevalaridan: Dunyo iqlim o‘zgarishi tufayli yonmoqda

253
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kapitalistik hazorat mevalaridan: Dunyo iqlim o‘zgarishi tufayli yonmoqda

Bu yil dunyoning besh qit’asida ham yong‘inlar alanga olmoqda. Bu yong‘inlar bir nechta mamlakatlarda ko‘plab odamlarning o‘limiga, millionlab gektar butazor va o‘rmonlarning yonib kul bo‘lishiga olib keldi. Tabiiy ofatlar shu paytga qadar hisoblab chiqilmagan ulkan ziyonlarni keltirib chiqarib, zarar ko‘rgan aholining keng ko‘lamda ko‘chirilishiga olib keldi. Frans-Press axborot agentligiga ko‘ra, rus olimlari bugungi kundagi yong‘inlarni global isish natijasi ekanini ta’kidlashmoqda. Iqlim o‘zgarishi va uning Er kurrasiga ayanchli ta’siri masalasi hamon tub echimlarni kutib turibdi. Ammo bu orada, er kurrasini Sharqdan tortib G‘arbga qadar qamrab olgan yong‘inlardan iborat halokatli holatlarga guvoh bo‘lmoqdamiz. BMT hisobotlaridan birida aytilishicha, «global iqlim isishining ba’zi oqibatlari, jumladan, muzlarning erishi va dengiz sathining ko‘tarilishi asrlar yoki ming yillar davomida qayta tiklanmas holat bo‘lib qoladi». BMT hisobotida global isish sanoat asridan oldingi davrga nisbatan 1.5 darajaga etishi taxmin qilingan. Hisobotda ta’kidlanishicha, global isish uchun inson faoliyati sabab bo‘lgan. Tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish o‘z bayonotida bu hisobot «insoniyat uchun qizil signal va xatar bongidir. Qazilma yoqilg‘ilarini yoqish natijasida yuzaga kelayotgan issiqxona gazlari hamda o‘rmonlarning kesilishi sayyoramizni bo‘g‘ib qo‘ymoqda», dedi.

Ha, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ekstremal ob-havo so‘nggi haftalarda dunyo bo‘ylab vayronagarchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Kuchli yomg‘ir ortidan Shimoliy Evropada suv toshqinlari sodir bo‘lgan bo‘lsa, janubida o‘rmon yong‘inlari avj oldi.

Roya gazetasining 2021 yil 8 sentyabr chorshanba kungi 355-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.