Tolibon AQShga nisbatan iliq munosabat bildirdi

511
0

Tolibon AQShga nisbatan iliq munosabat bildirdi

Tolibon harakati Afg‘onistonga millionlab dollarlik gumanitar yordam ko‘rsatgan xalqaro hamjamiyatga minnatdorchilik bildirdi. Afg‘oniston muvaqqat hukumatining tashqi ishlar vaziri Amirhan Muttaqi matbuot anjumanida bildirishicha, Tolibon bu mablag‘larni qashshoqlik muammosini hal qilish uchun oqilona sarflaydi.

Shuningdek, Muttaqi Amerika haqida ham ijobiy bayonotlar berdi. U AQShning Tolibonga ko‘rsatgan hurmati uchun Vashingtonga minnatdorchilik bildirar ekan, “AQSh – buyuk davlatdir va buyuk qalb egasi bo‘lib qolishi kerak!”, dedi.

20 yil mobaynida Afg‘onistonni qirg‘in qilgan bosqinchi Amerika haqida Tolibon tarafidan iliq so‘zlar aytilishi hech kutilmagan edi. Bundan ikki kun avval ham Tolibonning xalqaro matbuot vakili Suhayl Shahin “bundan buyog‘iga Amerikani dushman deb bilmasligini, agar Amerika Afg‘onistonni qayta tiklash jarayonida ishtirok etsa, bundan mamnun bo‘lishlarini” bildirgandi.

“Afg‘onistonga sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan barcha mamlakatlarni, shu jumladan AQShni ham mamnuniyat bilan qabul qilamiz. Biz ularning Afg‘onistonni qayta qurish jarayoniga qo‘shgan hissasini olqishlaymiz. Menimcha, yigirma yildan ko‘proq vaqt mobaynida vayron qilgandan so‘ng, Afg‘onistonni qayta tiklashda ishtirok etish va mamlakatimizga sarmoya kiritish AQShning ma’naviy burchidir”, “Amerika mamlakatimizga bostirib kirdi va biz bunga qarshilik ko‘rsatdik. Endi bu sahifa yopildi va biz yangi bosqichga o‘tdik. Bu bosqichda mamlakatimiz uchun qayta qurish, barqarorlik va tinch-totuv yashash tushunchalari bo‘ladi”, “Amerikaliklar mamlakatimizga bostirib kirganida, bizning dushmanimiz edi, lekin bugunga kelib, ular Afg‘onistonni qayta qurish jarayonida ishtirok etsa, mamlakatimizga ijobiy hissa qo‘shsa va sarmoyalar yotqizib, xalqimiz uchun ish o‘rinlarini yaratish orqali og‘ir kunlarda bizni qo‘llab-quvvatlasa, bu dushmanlik hisoblanmaydi. Balki bu Afg‘on xalqi uchun yaxshi bo‘lardi. Biz buni olqishlaymiz”,  dedi Turk axborot agentligining savollariga javob bergan Suhayl Shahin.

Aslida Tolibonning Islom va musulmonlarning ashaddiy dushmani bo‘lgan AQShga ko‘rsatayotgan iltifotli mulozamatlari Qatar poytaxti Doxada imzolangan “tinchlik kelishuvi”ning natijasidir. Chunki, kelishuvga muvofiq, Tolibon Afg‘onistonda hukumatni qo‘lga kiritgandan so‘ng AQSh va ittifoqchilarining xavfsizligiga zid ish qilmaydi. AQSh esa, bu kelishuv tufayli qilgan jinoyatlariga javob berishdan qutulib qoldi va Afg‘onistonni tark etishdan avval o‘z manfaatlarini kafolatlab olishga muvaffaq bo‘ldi.

Tolibon harakati “AQSh bilan muzokara stoliga o‘tirish”, xatosini faqat va faqat, ushbu stolda tuzilgan bitimni yirtib, AQShning basharasiga otish va darhol, hech ikkilanmay Xalifalik loyihasiga qo‘shilish bilangina yuvishi mumkin. Aks holda, Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta aytganidek, old eshikdan chiqib ketgan Amerika, orqa eshikdan qaytib kirib keladi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.