Afg‘onistondagi hodisalarning siyosiy oqibatlari

111
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Savol – javob

Afg‘onistondagi hodisalarning siyosiy oqibatlari

Savol: Qatarda 2021 yil 17 iyul kuni ikkita delegatsiya o‘rtasida oliy darajadagi o‘ziga xos muzokaralar sessiyasi boshlangani xabar qilindi. Muzokaralarda Tolibon harakatidan 7 kishi, Afg‘on hukumatidan 7 kishidan iborat delegatsiya o‘z o‘rtalaridagi asosiy masalalarni muhokama qiladigan bo‘ldi. Bu muzokaralar Amerika prezidenti 2021 yil 8 iyulda AQSh kuchlarining Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi uchun belgilangan avvalgi muddatlardan chekinib, buni 31 avgustda yakunlanishini bildirganidan keyin bo‘lib o‘tmoqda. So‘nggi paytlarda Tolibon harakatining ancha oldinga siljigani kuzatildi. U Afg‘oniston erlarining 85 %ini nazorat qilayotganini bildirdi. Ma’lumki, Davha shartnomasida siyosiy hamkorlikka erishish uchun Tolibon bilan hukumat o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish belgilangan. Savol shuki, Tolibon hokimiyat ustidan nazorat o‘rnatadimi yoki unda ishtirok etadimi? Amerika Afg‘onistondan amalda chiqib ketadimi yoki nufuzi doimiy saqlanib qoladimi?

Javob:

Ushbu masalalar bo‘yicha eng to‘g‘ri fikrni bayon qilish uchun quyidagilarni ko‘rib chiqamiz:

1 – Amerika Afg‘onistondan chiqib ketishni 2010 yil oxiri va 2011 yil boshida rejalashtirgan ekan, o‘sha paytdan boshlab Tolibonning yuqori martabali rahbarlari bilan muzokaralar boshlashga jiddiy kirishdi. Pokiston muzokaralarda o‘rtamchilik qilib, o‘zini Tolibon tarafida qilib ko‘rsatdi. 2014 yilgi muzokaralar natijasida Tolibon qo‘lida hibsda saqlanayotgan amerikalik serjant Boui Bergdalning ozod etilishi evaziga Toliblardan besh nafari Guantanamodagi qamoqxonadan ozod etildi. Keyin, muzokara o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlari tezlashib ketdi. O‘zlari vakillik qilgan tomonlarga uzoq yillar davomida xizmat qilgan ikki shaxs ishga kirishdi. Ya’ni, 2018 yilning 5 sentyabrida Zalmay Xalilzod Afg‘onistondagi yarashuv bo‘yicha Qo‘shma Shtatlarning maxsus vakili etib tayinlanib, unga Amerikaning Afg‘onistondagi harbiy ishg‘olini tugatish vazifasi topshirilgan bo‘lsa, oradan ikki oy o‘tib-o‘tmay, ya’ni 2018 yil 25 oktyabrda Pokiston mullo Abdulg‘aniy Birodarni ozodlikka chiqardi. Abdulg‘aniy Birodar 2010 yil 8 fevralda amalga oshirilgan reydda Karachida qamoqqa olinganidan beri, Pokistonda hibsda saqlanib kelinayotgan edi. U ozod etilganidan keyin Tolibonning Davhadagi vakolatxonasi rahbari etib tayinlandi… Bi-Bi-Si 2019 yil 25 fevralda quyidagicha nashr qildi: (Mullo Birodarning nomi 2018 yil oktyabrda ozod etilguniga qadar Tolibonning AQSh rasmiylari va Afg‘on hukumati bilan olib borgan muzokaralarida ozod etilishini talab qilgan mahbuslar ro‘yxatining boshidan joy olgan edi. U yanvar oyidan beri Tolibon harakatining Qatardagi siyosiy vakolatxonasini boshqarib kelmoqda). Darhaqiqat, muzokaralarda Zalmay Xalilzod bilan Abdulg‘aniy Birodar muhim rol o‘ynadi.

2 – Keyin muzokaralar 2020 yil 29 fevralda Davha shartnomasi bilan yakun topdi. Shartnomaning eng muhim jihati – BBC Newsda nashr qilinganidek – quyidagicha bo‘ldi: (Amerika va Afg‘on rasmiylariga ko‘ra, agar Tolibon harakati bugun Davhada imzolangan shartnomaga muvofiq o‘z majburiyatlarini bajarsa Qo‘shma Shtatlar va uning NATOdagi ittifoqchilari 14 oy mobaynida Afg‘onistondan o‘z kuchlarini olib chiqib ketadi. Bu haqda Qobulda berilgan Amerika-Afg‘on qo‘shma bayonotida bildirildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistonda «uzoq va mashaqqatli safar» bo‘lganini aytdi. U shuningdek, «Shuncha yildan so‘ng askarlarimizni vatanga qaytarish vaqti keldi», deya qo‘shimcha qildi). BBC News (Afg‘onistonda 2400dan ziyod AQSh askari o‘ldirilgan)ini bildirdi.

3 – Davha shartnomasidan keyin to‘qnashuvlar barobarida, goh yon beruvchi, goh buning aksi bo‘lgan bayonot va uchrashuvlar tezlashib ketdi:

–     2021 yil 14 martda CNN agentligi Jo Baydenning quyidagi gapini tarqatdi: (Men AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondagi hozirligiga boshchilik qilgan respublikachi va demokrat prezidentlarning to‘rtinchisi ekanman, ayni mas’uliyatni beshinchi prezidentga qoldirmayman. Zero, Amerika kirgan eng uzun urushga yakun yasash vaqti keldi).

–     Jo Bayden nutq so‘zlab, ortidan matbuot konferentsiyasini o‘tkazdi. Uni Amerikadagi va xalqaro televidenielar efirga uzatib turdi. Bayden o‘z nutqida jumladan bunday dedi: («Biz Qo‘shma Shtatlar tarixida eng uzoq davom etgan urushga yakun yasalganini e’lon qilamiz. Afg‘onistondagi missiyamizda Al-Qoidani yo‘q qilish va uning rahbari Usoma bin Ladinni o‘ldirish orqali yutuqqa erishdik… Harbiy missiya kelgusi avgust oyining oxiriga qadar davom etadi. Amerika kuchlari Afg‘onistonga mamlakat bunyod etish uchun kelmagan. Bu – afg‘onlarning zimmasidagi vazifa. Ular o‘z davlatlarini o‘zlari xohlagan tarzda boshqarishlari kerak… Ayni damda xavf-xatar Afg‘oniston tashqarisidan kelyapti. Hozirga kelib, Xitoy bilan strategik raqobat hamda Kovid-19 va kiber terrorizmga qarshi turish ustuvor vazifamizga aylangan. Yigirma yil oldin boshlangan janglarni davom ettiradigan bo‘lsak, buni uddalay olmaymiz»). Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki yanada ochiqroq qilib bunday dedi: («Amerika kuchlarining to‘liq chiqib ketishini nishonlash rejalashtirilmagan. Biz bu boradagi muhim yutuqlarni nishonlamaymiz. Bu – harbiy g‘alabasiz 20 yil davom etgan urushdir». Anado‘lu axborot agentligi, 2021 yil 8 iyul). Ya’ni, Amerika Afg‘onistonda yigirma yil mobaynida g‘alabaga erisholgani yo‘q… Hatto bir qancha bazalarini yopganidan so‘ng eng yirik va eng muhim hisoblangan Bagram bazasini ham 2021 yil 8 iyulda bo‘shatib chiqib ketdi. Bu bilan uning salibchilik yurishlari Bayden rasman e’lon qilgan muddatdan, ya’ni 11 sentyabrdan, so‘ng o‘z nutqida belgilagan ikkinchi muddat 31 avgustdan oldin amalda tamomlandi.

–     Bu orada Tolibon o‘zining harbiy hujumlarini kengaytirdi. Shimoliy, janubiy, g‘arbiy rayonlar, keyin markaziy rayonlar birin-ketin qulay boshladi. U juda qisqa fursat ichida Afg‘onistonning katta qismi ustidan xususan, qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh hududlar ustidan nazorat o‘rnatib, chegara punktlarini egallab oldi… Bu haqda Moskvaga borgan Tolibon delegatsiyasi muzokaralar guruhi a’zosi Shahobiddin Dilovar («Tolibon harakati Afg‘oniston erlarining 85 %ini nazorat qilmoqda», deya ma’lum qildi. Afg‘on xavfsizlik kuchlari vakili Ajmal Umar Shinvori buni rad etib, «Bu noto‘g‘ri, aksar mintaqalarda janglar davom etmoqda» dedi… Frans Press, 2021 yil 11 iyul). Lekin Tolibon delegatsiyasi «qo‘shni va do‘st davlatlarga hujum qilmaslik»ka va’da berdi. Unga ko‘ra, «Delegatsiyaning Moskvaga tashrifidan maqsad – islomiy amirlikdagi barcha ma’lumotlarni taqdim etishdir. Tolibon Islomiy Davlat Tashkilotining kengayishiga yo‘l qo‘ymaydi va unga qarshi kurashadi. U davlatning umumiy tuzilishini belgilash uchun jamiyat vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda va bu ish tugash arafasida. Tolibon shuningdek, hokimiyatni to‘liq bosib olishni maqsad qilmagan»… Al-Jazira, 2021 yil 9 iyul).

4 – Keyin, 2021 yil 17 iyuldagi xabarga ko‘ra, (Afg‘onistondagi nizolashayotgan har ikki tomon ham bugun shanba kuni Davhada taqdiriy masalalar muhokama qilinadigan muzokaralarning kun tartibini belgilash uchun 14 kishidan tashkil topgan komissiya tuzishga kelishib olgan. Al-Jazira muxbiri Davhada bo‘lib o‘tayotgan Afg‘on muzokaralaridagi bir manbaning so‘zlarini keltirdi. Unga ko‘ra, muzokaralarning dastlabki sessiyasi ijobiy muhitda yakun topgan. Afg‘on hukumati bilan Tolibon harakati o‘rtasidagi muzokaralarning yangi bosqichi bugun Qatar poytaxti Davhada boshlandi. Unda taqdiriy deya ko‘rilgan masalalar muhokama qilinadi. Afg‘oniston yarashuv kengashi va hukumat delegatsiyasi rahbari Abdulloh Abdullohning aytishicha, mamlakatda tinchlikni ro‘yobga chiqarish har ikki tomondan moslashuvchanlikni talab qilmoqda. Uning qo‘shimcha qilishicha, hozir tinchlik uchun munosib muhit yaratilgan. Tolibonning Davhadagi vakolatxonasi rahbari mullo Abdulg‘aniy Birodarning ham aytishicha, ular bugun Davhada boshlangan tinchlik muzokaralarida ijobiy natijalarga erishish uchun bor kuchlarini sarflaydilar. Manba: Al-Jazira va boshqa agentliklar).

5 – Shundan so‘ng, komissiya o‘sha kunning o‘zida, ya’ni 2021 yil 18 iyulda o‘z ishini yakunlab, uchrashuv haqida qo‘shma bayonot chiqarildi. (Davhadagi Al-Jazira muxbirining aytishicha, Afg‘on hukumati bilan Tolibon harakati Qatar vositachiligida Davhada o‘tkazilayotgan muzokaralar to‘g‘risida yakuniy qo‘shma bayonot chiqarishga hamda Davha muzokaralari doirasida yaqinda navbatdagi uchrashuvni o‘tkazishga kelishib oldilar. Tomonlar bir necha o‘n yillardan beri davom etib kelayotgan mojaroning adolatli echimini topish uchun muzokaralarni tezlatish borasida ham kelishuvga erishganlar. Afg‘on hukumati va Tolibon harakati delegatsiyalarining qo‘shma bayonotida adolatli echimga erishish uchun muzokaralarni tezlatishga va echimga erishilguniga qadar muzokaralarni oliy darajada o‘tkazishga kelishib olingani aytiladi. Ushbu qo‘shma bayonot bir necha o‘n yillik urushdan keyin mamlakatda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan siyosiy echimga erishish yo‘lidagi Afg‘on tinchlik muzokaralarining ikkinchi sessiyasi ortidan chiqarildi. Tolibon harakati delegatsiyasidagi manbaning bildirishicha, Tolibon o‘zi bilan hukumat o‘rtasida ishonchni mustahkamlovchi chora-tadbirlarini o‘z ichiga olgan taklifni kiritgan. Unga ko‘ra, o‘rtaga tashlangan taklif har ikki tarafdagi mahbuslarni ozod etish hamda muborak qurbon hayiti kunlarida vaqtinchalik sulh e’lon qilishdan iborat bo‘lgan». Manba: Al-Jazira va boshqa agentliklar).

6 – Amerika Afg‘onistonda Tolibon bilan bo‘lgan muzokaralarda foydalangan bir qancha davlatlarning pozitsiyasiga ham to‘xtalib o‘tish lozim:

a)    Pokiston: 2018 yilda Tolibonni Qo‘shma Shtatlar bilan muzokara olib borishga majburlagan davlat Pokiston bo‘lgan. Shuning uchun Zalmay Xalilzod Pokistonga Tolibonning muzokaralar uchun Davhaga borishiga qulaylik yaratib bergani uchun minnatdorchilik bildirdi. AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ham «Pokiston Afg‘on tinchlik jarayonini doim qo‘llab-quvvatlagani uchun» 2021 yil mart oyida pokistonlik hamkasbiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Fajr jurnalida ham bunday deyiladi: (Pentagon rahbari Pokistonning Afg‘on tinchlik jarayonidagi rolini olqishlaydi. Fajr jurnali, 2021 yil 23 mart) Darhaqiqat, Amerikaning Afg‘onistondagi strategiyasida Pokistondagi yuqori martabali zobitlar va siyosiy elita asosiy rol o‘ynadi.

Shunday qilib, Pokiston juda muhim rolni o‘ynadi va uning roli o‘z tarixiga ega. Zero, Afg‘onistondagi Tolibon harakatining kelib chiqishi ham Pokistonga borib taqaladi. Hozir ham, Pokiston razvedka xizmatlari Afg‘onistonda ta’sirga ega bo‘lib, ularning Tolibon ichida odamlari bor. Shuning uchun Amerika ko‘p hollarda Pokiston roliga tayandi.

b)    Turkiya: Turkiya Afg‘onistonga yaqinlashib, u erda ham xuddi Suriya va Liviyada qilganidek, Amerikaning tashqi siyosatidagi maqsadlarini amalga oshirishga harakat qilmoqda. Turkiyaning Antaliya shahridagi dengiz kurortida bo‘lib o‘tgan xalqaro uchrashuv chog‘ida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Afg‘onistonning Qobul aeroporti xavfsizligi Turkiya tarafidan ta’minlanishini taklif qildi… O‘tgan oy Bryusselda bo‘lib o‘tgan Bayden-Erdogan uchrashuvidan keyin Vashington Anqarani Qobul aeroporti xavfsizligini ta’minlashdagi asosiy rolni o‘z zimmasiga olgani uchun olqishladi. Vashington Turkiyadan Qobul aeroportini qo‘riqlab berishini istamoqda. Zero, aeroport yaqinida hanuz uning 500ga yaqin askari mavjud. Bayden o‘zining so‘nggi nutqida bunga ishora qilib, «Biz Qobuldagi xalqaro aeroport xavfsizligini ta’minlash uchun hamkorlarimiz bilan yaqindan ish olib boryapmiz», dedi. Erdogan ham bunday dedi: «Turkiyaning missiyasi qanday bo‘lishini, nimani qabul qilishimiz va qabul qilmasligimizni AQSh va NATO bilan bo‘lgan muzokaralarda belgilab olganmiz… Shuningdek, bu mavzuni NATO sammitlari paytida, Bayden bilan uchrashganimda hamda delegatsiyalar munozaralarida o‘rtaga tashlaganmiz… Afg‘onistondagi bu vazifani eng munosib shaklda bajaramiz». Al-Jazira, 2021 yil 9 iyul). Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin «NATO kuchlari chiqib ketib, ushbu yoz oyida Afg‘onistonda AQSh boshchiligidagi «qat’iy qo‘llab-quvvatlash» missiyasi tugaganidan keyin Turkiya Qobul aeroporti xavfsizligini ta’minlashda davom etishi mumkin», deb aytdi. (Sharqul Avsat, 2021 yil 3 iyul). Tolibon harakati Turkiya armiyasining Afg‘onistondagi hozirligiga qarshi chiqdi. U o‘z bayonotida «Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi xalqaro kuchlar mamlakatdan chiqib ketganidan keyin Afg‘onistonda Turkiya qo‘shinlarining qolishini rad etib, bunday qarorning qoralanishini ta’kidladi. So‘ng, «Turk rahbarlarining qarori oqilona qaror emas, chunki u bizning suverenitetimiz va hududiy yaxlitligimizni buzish hisoblanib, milliy manfaatlarimizga zid keladi», deb aytdi. (Al-Jazira, 2021 yil 13 iyul).

v)    O‘rta Osiyo: Qo‘shma Shtatlar O‘rta Osiyo rahbarlari bilan o‘z kuchlarining bir qismini u erga joylashtirish haqida gaplashayotgan edi. Nьyu-York Tayms gazetasida bildirilishicha, AQSh rasmiylari mintaqadagi bazalardan foydalanish imkoniyatini muhokama qilish uchun Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari bilan bog‘langan. 22 aprel kuni AQSh davlat kotibi Entoni Blinken o‘z tvitlarida Amerika va NATO kuchlarining harbiy bazalardan foydalanishi to‘g‘risida O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari bilan gaplashganini yozdi. Unga ko‘ra, bu bazalarga Afg‘oniston mudofaasi uchun dronlar, uzoqqa uchadigan bombardimonchi samolyotlar va josuslik tarmoqlari joylashtiriladi. (Nьyu-York Tayms, 2021 yil 27 aprel).

7 – Yuqorida aytib o‘tilganlardan quyidagilar ayon bo‘ladi:

a)    Muzokaralarning davom etishi Amerikaning Afg‘onistondan butunlay chiqib ketishiga olib bormaydi. Aksincha, bu bir aldovdir. Zero, Amerika old eshikdan chiqib, orqa eshikdan qaytib kiradi. Chunki orqa eshik bir tomondan Pokiston, Turkiya va Erondagi tobe va malaylari tomonidan qo‘riqlanayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan ayni davlatlar bilan birga AQShning Afg‘onistondagi nufuzini saqlab qolishda asosiy rolni o‘ynayotgan u erdagi amerikaparast kimsalar tomonidan qo‘riqlanmoqda.

b)    Qatarga kelsak, u ikkita maqsadni ko‘zlab muzokaralar uchun muhit hozirlamoqda. Birinchisi, Saudiya tomonidan joriy qilingan (embargo) qamalning bekor qilinishini ko‘zlamoqda. U haqiqatdan, Tramp ma’muriyati davrida, xususan 2020 yil 29 fevralda Davha shartnomasi tuzilganidan keyin o‘zining bu maqsadiga etishdi… Ikkinchi: Qatar hamda uning ortidagi inglizlar Tolibon bilan o‘rnatilgan aloqalaridan Amerikani noqulay ahvolga solib qo‘yish uchun foydalanmoqda. Zero, Qatarning muammolarni paydo qilib turishi yangilik emas. Shuning uchun Tolibonga moliyaviy yordam ko‘rsatib, vakolatxona va media-platformasini ochib bergan. Bundan tashqari, Amerika Tolibon harakati bilan bo‘lgan aloqalarini osonlashtirishda Qatarning roliga muhtoj… Shu tarzda inglizlar Amerikaning Tolibon harakati bilan bo‘lgan aloqalarini osonlashtirishda Qatarning roliga muhtojligidan foydalanib, bo‘layotgan voqea-hodisalarni o‘zlarining Qatar va Fors Ko‘rfazidagi manfaatlari yo‘lida ishlatishmoqda.

v)    Tolibonning Amerika hamda uning Afg‘on rejimidagi malaylari bilan muzokaraga kirishishi katta xato bo‘ldi. Kuch-qudrat egasi bo‘lgan Allohdan Afg‘onistondagi musulmonlarni bunday muzokaralarning yomonligidan saqlashini so‘raymiz. Chunki mustamlakachi kofirlar faqatgina o‘z sharoitlaridan kelib chiqib, o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish uchungina muzokara olib boradilar. Zero, Amerikaning hozirgi holatini diqqat bilan o‘rgangan kishi shunga amin bo‘ladiki, ogoh qalb egasi bo‘lgan yoki sidqidildan quloq tutgan har qanday kishi uchun Amerikaning quyidagi holatda ekani ochiq ayondir:

Birinchi: XXI asrda Xitoyning harbiy va iqtisodiy jihatdan qudratli davlatga aylanishi Amerika manfaatlariga tahdid solmoqda. Butun e’tiborni Xitoyga qaratish Amerika uchun ustuvor vazifaga aylangan. Biz hozirgina aytib o‘tgan Amerika rasmiylarining bayonotlari shuni ko‘rsatmoqda. (Bayden 2021 yil 8 iyuldagi nutqida bunday dedi: …Ayni damda xavf-xatar Afg‘oniston tashqarisidan kelyapti. Hozirga kelib, Xitoy bilan strategik raqobat ustuvor vazifamizga aylangan).

Ikkinchi: Amerikaning Afg‘onistondagi bosqinchiligi davomida ko‘rgan zararlari haqida hozirgina aytib o‘tdik: (BBC News 2020 yil 29 fevralda Davha shartnomasiga izoh berib, (Afg‘onistonda 2400dan ziyod AQSh askari o‘ldirildi), deb aytdi.

Bularning barchasi shuni ko‘rsatmoqdaki, Amerika Afg‘onistondan muzokaralarni amalga oshirmasdan chiqib ketadigan bo‘lsa, mag‘lub holda chiqib ketgan bo‘ladi. Chunki muzokaralar uning nufuzini saqlab qolib, urushda qo‘lga kirita olmagan yutuqlarini ta’minlaydi.

g)    Biz Tolibon safida sodiq va xolis birodarlar borligini bilamiz, shuning uchun o‘shalarga murojaat qilmoqchimiz:

–     Ular ishlarni to‘g‘rilab, muzokaralarni to‘xtatishlari, Amerikaning urushda qo‘lga kirita olmagan yutuqlarni qo‘lga kiritishiga imkon bermasliklari kerak…

–     Xalifaliksiz uzoq vaqt hayot kechirishimiz ortidan, musulmonlarning taqdiriy masalasi Xalifalikni qayta barpo etishdan iborat ekaniga aniq ishonch hosil qilishlari lozim. Zero, Xalifalikni barpo etish bilan Alloh Taoloning farzini ado etib, Rosululloh ﷺga itoat qilgan bo‘lamiz.

–     Islom va ilmoniylik aralashmasi bo‘lgan hokimiyatda ishtirok etish Alloh tarafidan qabul qilinmasligini bilishlari lozim. Zero, kuch-qudrat egasi bo‘lgan Alloh faqat toyyib (yaxshi) amalnigina qabul qiladi.

Mana shu haqiqatdir.

فَمَاذَا بَعْدَ الْحَقِّ إِلَّا الضَّلَالُ

«Haqiqatdan keyin esa faqatgina yo‘ldan ozish bor, xolos» [Yunus 32]

Tolibonni, yurtni, yurt aholisini va butun musulmonlarni haqqa ergashishgina qutqaradi… Hizb ut-Tahrir sizlarga nasihat qilib, chaqirayotgan narsa mana shudir. Sizlar hukmronlik qilib turgan paytingizda ham biz sizlarni Xalifalikni barpo etish orqali haqqa ergashishga chaqirgan edik. Biroq sizlar buni rad etdingiz. Keyinchalik, rad etib xato qilganingizni ham anglab etgansiz… Bu haqda yig‘inlarning birida mullo Umar rohimahullohning o‘zi tan olgani aytiladi. Lekin kech bo‘lgan edi. Mana, biz sizlarga qayta nasihat yo‘llamoqdamiz, uni qabul qiluvchi bormi?

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar» [Anfol 24]

9 zulhijja 1442h

19 iyul 2021m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.