Oktyabr oyidan elektr enargiyasining narxi oshishi mumkin

314
0

Oktyabr oyidan elektr enargiyasining narxi oshishi mumkin  

 Xabar: Joriy yilning oktyabr oyida elektr enargiyasiga yangi tarif siyosatini joriy etish rejalashtirilyapti. Bu haqda Energetika va sanoat vazirining o‘rinbosari Tilek Aytaliev ma’lum qildi. 

 Uning so‘zlariga ko‘ra, tarif siyosati to‘g‘risidagi hujjat bohordan beri muhokama qilib kelinyapti. Hozir prezident ma’muriyati va vazirlar mahkamasida muhokama qilinmoqda.

 “Agar hujjat kuchga kirsa, oktyabrning oxiri yoki noyabrning boshlarida elektr energiyasi,issiq suv va istish uchun yangi hisob-kitob joriy etiladi”, – dedi Aytaliev.

 Izoh: Prezident va bosh vazir vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov xalq bilan bo‘lgan uchrashuvlarida xalqning undan iltimos qilgan asosiy so‘rovi elektr energiyasidagi cheklovlarni bekor qilish va narxlarni tushirishdan iborat bo‘lgan edi. Japarov Norin viloyatiga bo‘lgan ish safarida mahalliy yashovchilar uchun elektr energiyasidagi cheklovlar 2021 yilning bahor oylarida bekor qilinishini va’da qilgan edi. Bohorga kelib esa, cheklovlarni olib tashlash o‘rniga elektr narxini oshirish bo‘yicha takliflar bo‘layotgani ma’lum qilgan edi.

 “Tog‘li va turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan olis hududlarga 1 som 04 tiyin qilib belgilab, cheklovni to‘liq olib tashlash bo‘yicha takliflar bor. Yashash sharoiti yaxshi bo‘lgan oilalarga 1 som 48 tiyindan sotish taklif qilinmoqda. Biroq, suv tanqisligi sababli ushbu toifaga qish mavsumida 1000 kVt soatdan oshig‘i uchun 2 som 29 tiyindan bo‘lsin degan takliflar bor. Bu bugungi kundagi elektr energiyasining tan narxi. Xudo xohlasa, suvni to‘ldirib olsak, keyin cheklovni olib tashlaymiz. Ayni paytda suv xajmi ko‘tarila boshladi. Ushbu qadamlarni qo‘yganimizdagina, biz 2025-yilga borib energetik inqirozdan chiqa olamiz”, – degan edi Japarov.

 Aslida ham, elektr energiyasining tan narxi 2 som 19 tiyinga to‘g‘ri keladimi?

 Bugungi kunda GESlardan olingan elektr energiyasining tan narxi 16 tiyin, Issiqlik elektr markazlarida ishlab chiqariladigan energiyaning tan narxi esa 3 som 63 tiyindan hisoblanadi. Ikkalasining o‘rtacha narxi 70 tiyin qilib belgilangan. Bunga qo‘shimcha, texnik yo‘qotishlarga 26 tiyin, qo‘shimcha qiymat solig‘i uchun 11 tiyin qo‘shiladi. Shunday qilib, hukumat elektr energiyasi tarifini havodan olgan raqamlar bilan hisoblab chiqarib kelyapti. Aslida, GESlardan olinadigan elektr energiyasining narxi 3 tiyindan 8 tiyingacha bo‘lishi mumkin. 2010-yillari Almazbek Atambaev ham elektr energiyasining tan narxi 8 tiyin ekanligini aytib, 18 barobar qimmat sotilayotganini ma’lum qilgandi.

 Elektr narxini oshishiga asosiy xissasini qo‘shayotganlar bu – taqsimlovchi kompaniyalardir.  Taqsimlovchi kompaniyalar elektr energiyasini 35 tiyindan 42 tiyingacha sotib oladi. Bularning ichidan davlat korxonalari “tabiiy yo‘qotishlar” bahonasi bilan urib qoladi. Bir vaqtlar bunday yo‘qotishlar 50%ga qadar chiqqan. Hozirda bu 22% atrofida ekanligi aytilmoqda. Bu esa 3 milliard kVt soat, aniqroq aytganda, butun boshli Kurpsoy GESi ishlab chiqayotgan elektr energiyasi nom-nishonsiz yo‘qolishini anglatadi. Mamlakatda taqsimlovchi kompaniyalardan tashqari, ularning xaridori bo‘lgan vositachi kompaniyalar ham faoliyat olib boradi. Ushbu vositachi xususiy korxonalar ham hanuzgacha xalq hisobidan kun kechirib kelmoqda. Ularning aksariyati bir vaqtlar taransformatorlar va elektr uzatish liniyalarini arzon narhda xususiylashtirib olishgan. Ularning har biri avvalgi yoki keyingi energetika tarmog‘i amaldorlariga tegishli.

 Bundan tashqari, rasmiy hukumat xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan ajratiladigan qarz va grantlarni qo‘lga kiritish uchun ham elektr narxini oshirib keladi. Chunki, bu sudxo‘r banklar o‘zlari sarflagan mablag‘ bir necha bor bo‘lib qaytib kelishini kafolatlar uchun qarz oluvchi davlatga turli xil – soliqlarni oshirish, mamlakat harajatlarini qisqartirish yoki eletr narxini oshirish kabi – shartlar qo‘yadi. Bahor oyida Japarov elektr energiyasi tariflarini o‘zgartirishni taklif qilganidan so‘ng Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Bьerde, “Jahon banki Qirg‘iziston hukumati bilan birgalikda mamlakatda elektr energiyasi tarifini qayta ko‘rib chiqishga qaror qilgani”ni ma’lum qilgan edi.

 “Jahon banki bu harajatlarni qoplash uchun tashlangan qadam bo‘lgani sababli qo‘llab-quvvatlaydi. Arzon tariflar kerakli miqdordan ko‘proq iste’mol qilishga undaydi. Biz uning o‘zgarishini qo‘llab-quvvatlaymiz”, – degan edi Bьerde.

 Oradan ko‘p o‘tmay tariflar oshirilishini qo‘llab-quvvatlagan Jahon banki Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun 20 million dollar ajratadigan bo‘ldi.

 Qisqasi, barchasi uchun odiy xalq balogardon bo‘lib, “xolvani hokim, katlakni etim eydi”.

 Aslida, elektr energiyasi umumiy mulk bo‘lib, Islomda unga davlat yoki xususiy kompaniyalar egalik qilishi mumkin emas. Uning foydasi yoki undan olinadigan daromad har bir fuqaroga etib borishi zarur. Islomda elektr energiyasi xalqqa faqat tannarxi evaziga etkazib beriladi. Chet elga energiya sotishdan tushgan mablag‘ esa xalqqa bo‘lib beriladi. Demak, xalq kapitalizmdan voz kechishi va Islomni tiklab, uning hukmlarini hayotga tatbiq qilish orqaligina bunday xor holatdan chiqa oladi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.