Tolibon qo‘lidagi ikkinchi fursat

248
0

Tolibon qo‘lidagi ikkinchi fursat

Melodiy 654 yilning boshida Musulmonlar tarafidan fath etilib, Islom diyoriga qo‘shilgan Afg‘oniston geografik jihatdan strotegik ahamiyatga ega o‘lka hisoblanadi. Shu darajadaki, kim Afg‘onistonni qo‘lga kiritsa, butun mintaqaga o‘z ta’sirini o‘tkaza olishga muvaffaq bo‘ladi. Shuning uchun ham katta kuchga ega davlatlar tarihdan Afg‘onistonni egallashga haris bo‘lganlar. Masalan miloddan avval Aleksandr Makedonskiy ham Sharqni qo‘lga kiritish uchun avval Afg‘onistonni egallab, so‘ng undan yo‘lak sifatida foydalangan. Shuningdek, bu o‘lka o‘z navbatida Turklar, Hindlar, Forslar va Chingizxon qo‘shinlarining ham nishoniga aylangan.

So‘ngi asrda Britaniya, Chorrossiya, Sovetlar ittifoqi va Amerikaning hujumiga uchradi. Biroq bularning hech biri Afg‘onistonda uzul-kesil g‘alabaga erisha olmadi. Balki Islom dinini mahkam tutgan, o‘ta jasur, fidoiy Afg‘on xalqi Afg‘onistonni bu imperiyalarning qabristoniga aylantirdi.

Bu davrlar mobaynida u yoki bu davlatga malay bo‘lgan Qobul hukumati o‘z xo‘jayinlarining buyrug‘ini ijro qilib kelar edi. Ammo o‘tgan asrning oxirlarida Tolibon harakati hokimiyatga kelishi bilan Afg‘onistonda yangi davr boshlandi. Chunki Tolibon avvalgilardan farqli o‘laroq shariatni tatbiq qilishni da’vo qildi va Mulla Umar boshchiligida Afg‘oniston Islomiy amirligini e’lon qildi.

O‘shanda Hizb ut-Tahrir Tolibon harakatiga murojaat yo‘llab, ularni mavjud fursatdan foydalanib Xalifalik davlatini e’lon qilishga chaqirdi. Ammo Tolibon harakati bu da’vatni rad etdi. Keyinchalik Tolibon rahbari Mulla Umar Xalifalik loyihasiga nusrat berish taklifini rad etib katta xatoga yo‘l qo‘yganligini ma’lum qildi. Mana bugungi kunga kelib, Alloh Taollo Tolibon harakatiga avvalgisidan ham ko‘ra kuchliroq imkoniyatlarga ega ikkinchi bor fursat berganiga butun dunyo musulmonlari guvoh bo‘lib turibdi. Bu fursatdan unumli foydalanish uning qo‘lida.

Bu erda “O‘rtada bitim bor. Musulmon bitimga amal qilishi shart”, deyilmaydi. Chunki amal qilish shart bo‘lgan bitim, ikki davlat o‘rtasida tuzilgan bitimdir. Tolibon Qatarda Amerika bilan bitim tuzganda davlat emas, bir jamoat edi. Endi davlat sifatida u bitimga amal qilishi shart emas. Chunki bu bitim davlataro tuzilgan bitim maqomiga ega emas. Shuning uchun Tolibon u bitimni uloqtirib, Afg‘onistonda Xalifalik davlati e’lon qilishi lozim.

Bir jamoaning kufr davlatlari bilan bitim tuzishi naqadar xatarli ekanligini Suriya misolida ko‘rish mumkin. Suriyada mujohidlar mamlakatning qariyib 90 foizini qo‘lga kiritib, Asadni bir burchakka siqib qo‘ygan edi. Ana shunda kufr davlatlari va uning malaylari mujohidlarni muzokara stoliga torta boshladi. Astana va Sochida o‘tkazilgan bir necha muzokalar ortidan Asad bir dumalab, mamlakatning 90 foiziga egalik qila boshladi. Mujohidlar esa Idlibdan boshqa hamma joyni qo‘ldan boy berdi. Tolibon birodarlarimizni bundan ibrat olishga chaqiramiz.

Shuningdek “Agar Afg‘onistonda Xalifalik davlati e’lon qilinsa Amerika va kufr davlatlari hamda ularga malay bo‘lgan boshqa davlatlar bir bo‘lib, bor kuchini ishga solib Xalifalikni bir lahzada parchalab tashlaydi”, degan vahimalar ham asossizdir. O‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring! Dunyoning eng qudratli davlati bir mujohid guruhni muzokaraga taklif qilishi nimani anglatadi?! Chunki dunyoning eng super kuchi bo‘lgan o‘sha Amerika o‘ziga o‘xshagan kufr davlatlari hamda malaylari bilan koalitsiya tuzib, hatto 20 yilda ham Tolibon mujohidlariga bas kela olmadi. Vaholangki, Tolibon bir davlatga ega emas edi. Uning qo‘lida qiruvchi samalyotlar, uchuvchisiz dronlar yo‘q edi. AQSh esa ko‘lidagi zamonaviy, eng oxirgi model qurollarini ishga soldi. Shunday bo‘lishiga qaramay kufr koalitsiyasi Tolibon qarshisida sharmandalarcha tiz cho‘kishga majbur bo‘ldi. Endi Xalifalik tiklanib butun dunyo Musulmonlari bitta bayroq ostida birlashgandan keyin holat qanday bo‘lishini o‘zingiz bir tasavvur qilib ko‘ravering.

Shunday ekan, Ey Tolibon safidagi nufuz egalari, bunday fursatni g‘animat bilib, Payg‘ambarimiz ﷺning: «So‘ng Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi» degan va’dasini ro‘yobga chiqarish uchun ikkinchi roshid Xalifalik davlatini tiklashga shoshiling va bu dunyoda ham, oxiratda ham azizlikni qo‘lga kiriting. Agar siz shunday qilsangiz Islomiy Ummatinning haqiqiy xaloskoriga aylanasiz va dunyo-yu oxiratda g‘alabaga erishasiz. Bu dunyoda ismingiz sahobalarning ismi kabi tarix zarvaraqlarida oltin harflar bilan – kelajak avlod duo ila tilga oladigan – unutilmas shaklda yozilib qoladi. Oxiratda esa Rosululloh ﷺning ansorlari bilan bir safda bo‘lish sharafini qo‘lga kiritasiz. Yolg‘iz Allohga tavakkul qiling, chunki U Zot eng yaxshi yordamchidir.

إِنْ يَنْصُرْكُمْ اللَّهُ فَلَا غَالِبَ لَكُمْ وَإِنْ يَخْذُلْكُمْ فَمَنْ ذَا الَّذِي يَنْصُرُكُمْ مِنْ بَعْدِهِ وَعَلَى اللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلْ الْمُؤْمِنُونَ

«Agar sizlarga Alloh yor bo‘lsa, hech kim sizlardan g‘olib bo‘lmas. Va agar sizlarni yordamsiz qo‘ysa, Undan o‘zga hech bir zot yordamchi bo‘lmas. Imon keltirgan zotlar Allohning o‘zigagina suyansinlar!» [Oli Imron 160]

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.