Kanada malakali qochoqlarni qabul qilmoqda

138
0

Kanada malakali qochoqlarni qabul qilmoqda

AQShning Afg‘onistondan chiqib ketish qarori ortidan Tolibon harakati deyarli butun mamlakat boshqaruvini qo‘lga oldi. Tolibon boshqaruvini o‘zlari uchun xatar deb bilgan fuqarolar esa mamlakatni tark eta boshladi.

Xabarlarga ko‘ra, Kanada hukumati olimlar, tadbirkorlar va san’atkorlardan iborat malakali afg‘on qochoqlarini samolyot bilan Kobuldan Torontoga olib ketishni boshlagan. Bu xabarni Kanada fuqaroligi va immigratsiya vaziri Marko Meldicino ham o‘z bayonotida tasdiqladi.

“Kanadaning Afg‘onistondagi missiyasiga yordam bergan afg‘onlarni dastaklashga so‘z berdik. Malakali kasb egalari bo‘lgan qochqinlarni Kanadaga olib kelish bilan so‘zimizning ustidan chiqyapmiz. Qochqinlarni xavfsiz ravishda olib chiqish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Kelgusi kunlar va haftalarda ko‘proq reyslar amalga oshiriladi”, dedi Meldicino.

Izoh: Kanadaning bu harakati G‘arb olamining bir necha yillardan beri yurgizib kelayotgan siyosatidir, ya’ni bunga “fursatdan foydalanib qolish siyosati” deyiladi. Chunki kapitalistik mabdaga asoslangan davlatlar o‘z siyosatini faqat o‘zlari uchun manfaat keltiradigan narsalar asosiga quradi.

G‘arb jamiyatlarida aholi sonidagi demografik kamayish tufayli ishchi kuchlariga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgani sir emas. Buning ustiga aholining katta qismini keksa yoshdagilar va nafaqaxo‘rlar tashkil qila boshlagan, shuning uchun ham ularda yosh ishbilarmon va malakali ishchi kuchlarga ehtiyoj katta. Shunga ko‘ra Kanadaning Afg‘on qochqinlaridan yosh, bilimli, mutaxassis va qo‘lidan ish keladigan kishilarni tanlab olib ketishidan ko‘zlagan maqsadi o‘z davlatining sanoat korxonalari va infrastrukturalardagi bo‘sh o‘rinlarni turli kasblardagi malakali ishchilar bilan to‘lg‘azishdan boshqa narsa emas.

Qisqa qilib aytganda G‘arb olami qochqinlarga achinib, hamdard bo‘lish uchun o‘z yurtlaridan joy ajratayotgani yo‘q. Chunki, agar ular haqiqatdan ham qochqinlarga rahmi kelganidan shunday qilayotgan bo‘lganida edi, eng avvalo shu insonlarni qochqinga aylantirgan bosqinchi kuchlar safida turib, Afg‘onistonga bostirib kirmagan va aholisini qochqinga aylantirmagan bo‘lar edi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.