Tinch fuqarolarni nishonga olishdan maqsad qo‘zg‘olonchilarni jinoyatkorlik echimiga bo‘ysundirishdir

107
0

Tinch fuqarolarni nishonga olishdan maqsad qo‘zg‘olonchilarni jinoyatkorlik echimiga bo‘ysundirishdir

Seshanba kuni erta tongda Rossiya razvedka uchoqlarining himoyasi ostida, rejim kuchlari Hama va Idlib qishloqlarini yana bombardimon qila boshladi… Flayfil va Benin mintaqalariga, Zoviya tog‘idagi Kansafra, Borra va Fatira atroflariga, shuningdek, shimoli-g‘arbiy Hama qishlog‘idagi G‘ob tekisligida joylashgan Qalidin va Ankoviy atroflariga bombalar yog‘dirildi.

Al-Jaziraning Suriyadagi muxbiri 2021 yil 3 iyulda bergan xabarga ko‘ra, Suriyaning shimoli-g‘arbida joylashgan Idlib qishlog‘iga tutash Zoviya tog‘idagi aholi punktlarining rejim va Rossiya kuchlari tarafidan bombardimon qilinishi oqibatida 9 nafar tinch fuqaro (ularning orasida 6 nafar yosh bola va to‘liq bir oila a’zolari bor) o‘ldirilgan va 5 nafar fuqarolik mudofaasi vakillari  yaralangan.

Suriya rejimi hamda uning ittifoqchilari bo‘lmish Rossiya va Eronning ularining ortlaridan yurishni rad etganlarga qarshi sodir etayotgan qirg‘in va jinoyatlari hatto bu qirg‘inlar go‘daklar, qariyalar va ayollargacha etib borsa ham aslo to‘xtamaydi. Begunoh tinch aholini qayta-qayta nishonga olish ularning insoniy hisob-kitoblariga – agar ularning jinoiy rejalarida bunday hisob-kitoblar bor bo‘lsa – kirmaydi. Balki rejimga va uning xo‘jayiniga xizmat qiladigan kelishuvlar, sulhlar va loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, Suriya ahli qo‘zg‘oloni hisobidan siyosiy yutuqlarni qo‘lga kiritish uchun doim tinch aholi nishonga olinadi. Bu kelishuvlar, sulhlar va loyihalarni amalga oshirish Amerikaning siyosiy echimini qabul qilish, demakdir. Holbuki, uning bu echimi rejim bilan yarashishga, qotilni himoya qilib, uning bag‘riga qaytishga hamda shafqatsiz jinoyatlari uchun uni javobgarlikka tortmaslikka asoslanadi.

Shom qo‘zg‘olonchilariga qarshi sodir etilayotgan ushbu doimiy jinoyatlar shuni tasdiqlaydiki, Amerika boshchiligidagi «xalqaro hamjamiyat» o‘zining malaylariga shaytoniy rollarni bo‘lib bermoqda. Bu rollar jinoyatchi Asad rejimining mavjud bo‘lib turishini qonuniylashtiradi hamda uni mustahkamlab, hayot vositalari bilan ta’minlaydi. Maqsad, Suriya ahlini yo umidsizlik va tushkunlik holatiga olib borish yoki dushmanlar tarafidan tiqishtirilayotgan mustamlakachilik echimini qabul qilishga majburlashdir.

Ushbu qirg‘inlar – agar Islom Ummati o‘z saltanatini bosqinchilardan qaytarib olmasa – uni har tarafdan xavf-xatar qurshab olayotganini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun butun Islom yurtlari begunoh insonlar va qo‘zg‘olonchilardan bunday zulmni bartaraf etish uchun xatar bongini urmoqlari lozim. Zero, qo‘zg‘olonchilar o‘z qo‘zg‘olonlarini Alloh uchun, deb boshladilar va mukarram hayot kechirish uchun ulkan qurbonliklar berdilar.

Tinchlik-omonlikda yashash uchun katta to‘lov to‘lagan Islom Ummati shuni bilishi lozimki, g‘alaba va azizlik kofir G‘arbning hukmronligidan ozod bo‘lish, Robbisining shariatiga qaytish hamda Allohni rozi qilish uchun barcha hayotiy ishlarda shariatni hukmron qilish bilan bo‘ladi. Bu bilan vaziyat va siyosiy o‘yin o‘zgaradi hamda Islom butun bashariyatni isloh qilish uchun etakchilikka qaytadi.

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.