Amerika Turkiyani o‘zining nomidan Afg‘onistonga aralashishga undayapti

316
0

Amerika Turkiyani o‘zining nomidan Afg‘onistonga aralashishga undayapti

Prezident Rajab Toyyib Erdogan AQSh va NATO kuchlari Afg‘onistondan chiqib ketganidan keyin Qobul xalqaro aeroporti xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mas’uliyatni Turkiya o‘z zimmasiga olishini ta’kidlab, bunday dedi: «Amerika va NATO bilan bo‘lib o‘tgan munozaralar davomida biz zimmamizga yuklatiladigan mas’uliyatni belgilab oldik va bu vazifani eng ma’qul yo‘l bilan bajaramiz», dedi Erdogan.

Turkiya o‘tgan yigirma yil davomida Qo‘shma Shtatlar va NATOning ko‘rsatmalariga muvofiq Afg‘onistondagi urushda qatnashib keldi. Turkiya afg‘on musulmonlarini o‘ldirish, qirg‘in qilish va qonlarini oqizishda Amerikaning yonida turib, faol qatnashdi. Hatto ba’zi hollarda NATO kuchlari Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlarni Turkiyaga berdi. Bugungi kunda Amerika va NATO kuchlari musulmon xalq oldida hamda Afg‘oniston mujohidlarining fikriy, siyosiy va harbiy kurashi oldida mag‘lubiyatga uchrab, afg‘on masalasida ortga chekinishdi. Endi ular mintaqa davlatlarini Afg‘onistondagi siyosiy vaziyatni idora qilish roliga rag‘batlantirishmoqda. Shu orqali Qo‘shma Shtatlar o‘zining ixtiyoriy rejalaridagi xatolarini endi boshqa davlatlar bo‘yniga yuklay oladi. Bo‘yniga yuklanadigan davlatlardan biri Turkiyadir. Kelajakda unga Afg‘onistonda Qo‘shma Shtatlar nomidan katta javobgarlik yuklatilishi taxmin qilinmoqda. Darhaqiqat, elchixonalar va xalqaro nodavlat tashkilotlarining Afg‘onistondagi faoliyatlari davom etishi uchun Qo‘shma Shtatlar aeroport xavfsizligini ta’minlash vazifasini Turkiyaga ishonib topshirdi. Turkiya bu rolni bajarishga rozilik berdi.

Qo‘shma Shtatlar va G‘arbning manfaatlarini ta’minlayotgan Turkiya kuchlarining u erda mavjud bo‘lib turishi Afg‘onistonda jiddiy qarshilikka uchraydi. Chunki u erda mavjud bo‘lib turish Afg‘onistondagi musulmonlar oldida Turkiyaning obro‘sini tushirib yuboradi. Bunday holatda odamlar Turkiyani bosqinchi davlat sifatida ko‘radilar.

Turkiya bir paytlar Usmoniy Xalifalikning beshigi bo‘lgan edi va u bugungi kunda Islom yurtlaridagi buyuk kuchlardan biri hisoblanadi. Afsuski, shunday buyuk kuch bugungi kunda Qo‘shma Shtatlar va G‘arbning qo‘lida bo‘lib, ularning harbiy va siyosiy missiyalarini bajarishda qo‘llanilmoqda. Erdogan o‘z hokimiyatini saqlab qolish maqsadida Qo‘shma Shtatlar manfaatlarini ta’minlash uchun turli islomiy yurtlarda ishonchli vakillik missiyalarini bajarib kelmoqda. Turkiyaning Iroq, Suriya va Liviyadagi ikkiyuzlamachilik missiyasi achchiq tajovuzkor amaliyot ekanligi isbotlandi. Bu missiya hozirgi vaziyatda ushbu yurtlarning yuksalishiga olib kelmadi hamda qon to‘kilishi va vayronagarchiliklarga chek qo‘yishga hissa qo‘shmadi.

Biz Turkiyaning buyuk armiyasini g‘aflatdan uyg‘onishga hamda Qo‘shma Shtatlar va NATOning malayiga aylanish o‘rniga tarixga oqilona nazar solishga chaqiramiz. Darhaqiqat, Usmoniy Xalifalik qariyb 600 yil davomida Islom asosida boshqarib kelgan. Turkiya o‘zining qadr-qimmati va quvvati Islomga qaytish orqali qayta tiklanishini anglab etishi kerak. Islom boshqaruvi bilan musulmonlar har qanday maydonda mustaqil qatnashishlari mumkin. Musulmonlar hech qanday missiyada aslo Islom dushmanlarining ishonchli vakili bo‘lmaydilar. Ey Muhammad fotihning farzandlari! Butun musulmonlarning dunyoyu oxiratdagi rohat-farog‘atini ro‘yobga chiqarish uchun roshid Xalifalikni va Islom boshqaruvini barpo etishga kuchingizni sarflang.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.