Erdo‘g‘an NATOga bo‘lgan sadoqatini ta’rifladi

144
0

Erdo‘g‘an NATOga bo‘lgan sadoqatini ta’rifladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida Turkiyaning NATO ittifoqiga bo‘lgan sadoqatini tilga oldi. Uning ta’kidlashicha, Turkiya bugunga qadar NATO ittifoqi oldidagi vazifalarini nuqsonsiz bajarib kelgan.

Shuningdek, Erdo‘g‘an Turkiyaning NATO ichida AQShdan keyin ikkinchi eng katta armiyaga va eng muhim strategik mavqega ega ekanligini ta’kidlar ekan, Turkiya bo‘lmasa, NATO o‘z vujudini saqlab qola olmasligini qo‘shimcha qildi.

“Ushbu sammitda, NATO Turkiyasiz o‘z kuchini himoya qilishi u yoqda tursin, hatto hozirgi mavjudligini saqlab qolishi juda qiyin ekanligi yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. Biz NATO va uning ittifoqchilaridan har qanday sohada mamlakatimizning ushbu ahamiyatiga mos yondashuv kutayotganimizni yana bir bor ta’kidlaymiz”, dedi Erdo‘g‘an. 

Izoh: NATO ittifoqi 1949 yil 24 aprelda Sovet ittifoqining nufuzi va uning sotsialistik tuzumiga qarshi AQSh tarafidan ta’sis etildi. Shunga ko‘ra 1991 yil oxirida Sovet ittifoqi qulashi NATOning ham mavjud missiyasi tugaganini anglatardi. Biroq AQSh NATO ittifoqini saqlab qolib, uning strategik maqsadlariga o‘zgartirish kiritdi. 1999 yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan NATOning oltin yubileyida «Ittifoqning tuzilishiga sabab bo‘lgan Sovet ittifoqi qulaganidan keyin ushbu ittifoqning ham faoliyatiga nuqta qo‘yish masalasi o‘rniga, uning yangi strategiyasi muhokama qilindi. Ya’ni NATOning yangi missiyasi Sovet ittifoqining o‘rniga Islomni dushman qilib belgilash bo‘ldi. Chunki Amerikaning birinchi davlat mavqeyini saqlab qolishi Islomning hayot maydonidan uzoqda turishiga bog‘liq.

Shunga ko‘ra Islomga qarshi kurash NATOning asosiy vazifasiga aylandi. Bu haqida ittifoq tashkilotchilari ham ochiq aytib kelishadi. Masalan o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida NATO ittifoqiga bosh kotiblik qilgan Uilli Klaus shunday bayonotlar bergan edi: “NATO Sovet ittifoqining o‘rniga kurash uchun Islomni nishon qilib oldi”, «Islomning G‘arbga xavf tug‘dirishi Sovet Ittifoqinikidan kam emas». “O‘tmishdagi barcha kelishmovchiliklaru xusumatlarimizni yig‘ishtirib qo‘yib, hammamiz uchun haqiqiy dushman sanalmish Islomga qarshi kurashish vaqti keldi”.

NATOning oliy qo‘mondonlaridan biri general Jon Kalvin shunday degan edi: “Sovuq urushda yutib chiqdik. Mana endi biz etmish yillik behuda tortishuvlardan keyin 1300 yildan buyon davom etib kelayotgan kurashning mehvariga qaytdik. U Islom bilan bo‘ladigan buyuk yuzma-yuz jangdir”.

1990 yilda Shotlandiyada bo‘lib o‘tgan NATO yig‘ilishida Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Margaret Tetcher esa bunday degan edi: «Sovet Ittifoqi barham topdi, qarshimizda dushmanimiz qolmadi. Ammo dushmansiz mafkura oyoqda tura olmaydi. Biz yangi dushman topishimiz kerak.  Dushman izlashga esa hojat yo‘q? Yangi dushmanimiz Islomdir. Xuddi kommunizm singari Islomni mag‘lub qilish uchun ham uzoq muddatli va keng qamrovli strategiya zarurdir”.

Darhaqiqat kufr etakchilarining ushbu bayonotlarining tasdig‘i sifatida NATO ittifoqi Suriyada, Iroqda, Afg‘onistonda, Pokistonda, Liviyada va boshqa o‘lkalarda Islom va Musulmonlarga qarshi qanday jinoyatlar sodir etganiga guvoh bo‘ldik.

NATOning Islomga qarshi kurash olib borishini hech kim inkor qilmaydi. Shunday ekan, aholisi musulmon bo‘lgan Turkiyaning NATO ittifoqi tarkibida o‘rin olishini va Erdo‘g‘an o‘zining NATOga qilgan xizmatlarini faxr bilan omma oldida bayon qilishini qanday izohlash mumkin? NATOning yuqorida aytib o‘tilgan Islomiy ulkalardagi Musulmonlarga qarshi uyushtirgan amaliyotlarida Turkiya ham bab-barobar ishtirok etib keldi. Buni qanday oqlash mumkin? Buyog‘i o‘zingizga havola.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.