Bosqinchi kuchlar Falastin xavfsizlik xizmati xodimlariga hujum qilmoqda, Falastin rejimi bunga qarshi hech narsa qilmayapti!

232
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Bosqinchi kuchlar Falastin xavfsizlik xizmati xodimlariga hujum qilmoqda, Falastin rejimi bunga qarshi hech narsa qilmayapti!

Hizb ut-Tahrirning Falastin zaminidagi matbuot bo‘limi yahudiylarning payshanba kuni Janinga qilgan hujumlarini izohlab o‘z saytida bunday dedi:

«Payshanba kuni bosqinchi kuchlarning Janin shahriga hujum qilishlari oqibatida to‘rt nafar yigit shahid bo‘ldi, ulardan biri asirlikdan ozod etilgandi. Bunday qilmish har bir falastinliklarga, shu jumladan, yahudiylar bilan yarashib tinchlikka erishish sarobi ortidan xalloslab chopayotgan xavfsizlik xizmati xodimlariga yahudiy vujudining naqadar jinoyatkor ekanini yana bir bor isbotladi. Yahudiylarning bu qilmishi yana shuni ham isbotladiki, AQSh ma’muriyatidan yahudiylarga o‘z hujumlarini to‘xtatishlari uchun bosim qilishni iltimos qilayotgan Falastin ma’muriyati o‘zini bosqinchining xavfsizligini ta’minlovchi quroldan boshqa narsa emas, deb biladi. O‘z vazifasini bosqinchini himoya qilish hamda xavfsizlik xodimlari va yurt farzandlari o‘limi muqobiliga bo‘lsa ham, uning xavfsizlik talablarini ado etish, deb biladi. Mana, ikki falastinlik xavfsizlik xodimi va bir nafar falastinlik yigitning o‘limiga, to‘rtinchisining yarador bo‘lishiga miq etmay qarab turibdi. Bosqinchi yahudiylarning bu jinoyatiga munosib javob berish o‘rniga, atigi buni qoralab qo‘yish bilan kifoyalanib, xalqaro tashkilotlarning va bosqinchi vujud himoyachisi bo‘lgan Amerikaning qo‘yniga o‘zini otmoqda. Shu bois, har qanday hur va halol inson Falastin ma’muriyatidan voz kechishga haqli bo‘lsa, xavfsizlik xizmatining har bir xodimi ham uni butunlay tark etishga haqlidir.

Roya gazetasining 2021 yil 16 iyun chorshanba kungi 343-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.