Chavushog‘lu: AQSh Suriya masalasida biz bilan yanada yaqindan hamkorlik qilish niyatida

111
0

Chavushog‘lu: AQSh Suriya masalasida biz bilan yanada yaqindan hamkorlik qilish niyatida

AQSh va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik ko‘plab sohalarda ittifoqlik bilan davom etmoqda. Bu haqida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog‘lu TRT Xabar telekanalining maxsus dasturida ma’lum qildi.

Chavushog‘lu jumladan shunday dedi, “NATO sammitida Prezidentimizning janob Bayden bilan uchrashuvi juda muhimdir. O‘rtada muhim masalalar mavjud”. “AQSh ma’muriyatining ko‘plab strategik sohalarda Turkiya bilan ishlash istagi borligini ko‘rayapmiz”. “Suriya masalasida ham AQSh hozirda biz bilan yanada yaqindan hamkorlik qilish niyatida. Ularni Liviya ham ko‘proq qiziqtirmoqda. Ular biz bilan nafaqat Liviya va Suriyada, balki O‘rta er dengizidan Qora dengiz va Kavkazgacha bo‘lgan ko‘plab sohalarda ham hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ko‘rayapmiz”, “Prezidentimizning janob Bayden bilan uchrashuvi har jihatdan ijobiy bo‘lishiga ishonamiz” . 

Shuningdek, Mevlud Chavushog‘lu AQSh kuchlari Afg‘onistondan chiqib ketishi ortidan Pentagonga tobe Kobuldagi aeroport xavfsizligini himoya qilishni zimmasiga olish taklifi bo‘yicha Turkiya va AQSh o‘rtasida dastlabki muzokaralar olib borilayotganini qo‘shimcha qildi.

Izoh: Turkiyaning ushbu harakatlari 14 iyun kuni Bryusselda bo‘ladigan Bayden- Erdogan uchrashuvidan oldin Anqaraning Vashingtonni mamnun qilish uchun qilinayotgan ishlar sirasiga kiradi. Chunki Turkiya hukumati hozirda Amerikaning siyosatiga xizmat qilishda oldingi safni hech kimga bermayapti. Ayniqsa, Amerikaning Suriya siyosatiga Erdogan hukumatining xizmati beqiyosdir. Buni AQSh rasmiylarining o‘zlari ham tan olib, bir necha marta bayonot berishdi.

Ma’lumki, Suriya qo‘zg‘oloni Misr, Liviya va Tunis qo‘zg‘olonlaridan farqli o‘laroq, Amerika va butun kufr olamiga nisbatan katta xatar tug‘dirdi. Chunki Suriyada qo‘zg‘alonchilar Allohning shariatini tatbiq qilishni jiddiy talab qilib chiqishdi. Shuning uchun Amerika Suriya qo‘zg‘oloniga butunlay barham berish maqsadida barcha qurollarini hamda Rossiya, Eron va Turkiya kabi davlatlarni ishga solishga majbur bo‘ldi. Darhaqiqat bu borada Erdogan AQShga astoydil xizmat qildi.

Masalan, Turkiyaning josuslik idoralari orqali Erdogan AQSh manfaatiga katta xizmat qildi. Agar Erdoganning josuslik idoralari bo‘lmaganda, Amerika josuslari suriyaliklar bilan aloqa o‘rnata olmasligi aniq edi. Turkiya va Amerika josuslari hamkorligida paydo qilingan hay’atlar Suriyadagi muxolif guruhlarni o‘zlariga og‘dirib olishga mufaffaq bo‘lishdi. Turkiya orqali ko‘rsatilgan moliyaviy yordam orqali ular Turkiyaning buyruqlarini bajaradigan bo‘lib qolishdi. Turkiyaga tobe bo‘lmagan guruhlar esa «terrorchi guruhlar» deb nomlandi.

Shuningdek, Asad rejimining ag‘darilishiga bir bahya qolganda Halabni Asadga topshirish orqali rejimni saqlab qolishda Turkiyaning hissasi katta bo‘ldi. Xolis muxolif guruhlar Halab sharqidagi qamalni yorish uchun qattiq jang olib borayotgan bir paytda Amerika Erdogandan o‘ziga tobe guruhlarni u erdan olib chiqishni talab qildi. O‘z navbatida Erdogan o‘ziga tobe, ya’ni Turkiyadan mablag‘ olayotgan guruhlarni IShIDga qarshi “Furot qalqoni” operatsiyasida Turkiya bilan birga ishtirok etish bahonasida Halab atrofidan Jarablusdagi Turkiya tog‘lariga olib ketdi. Natijada himoyasiz qolgan Halabni Asadning qonxo‘r askarlari egallab oldi. O‘sha paytda ya’ni 2016 yil 16 dekabr kuni Obama tvitter sahifasi orqali Erdoganning o‘rtamchiligidan mamnun ekanini bildirdi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog‘luning yuqoridagi bayonotlari hamda Liviya va Afg‘oniston masalasini tilga olib o‘tishi shuni anglatadiki, bu bilan Chavushog‘lu “Turkiya hukumati AQShning xizmatiga doim tayyor”, ekanligiga ishora qilmoqda. Islom o‘lkalarining bugungi rahbarlaridan bundan boshqa nima ham kutish mumkin?

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.