Japarov: Rossiya va Qirg‘iziston abadiy ittifoqdoshlar

325
0

Japarov: Rossiya va Qirg‘iziston abadiy ittifoqdoshlar

 Qirg‘iziston va Rossiya hamisha abadiy ittifoqdosh va iqtisodiy hamkor bo‘ladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Rossiya-1” telekanaliga bergan intervьyusida ma’lum qildi.

 “Rossiya uchun, Vladimir Vladimirovich Putin uchun Qirg‘iziston taqdiri befarq emas. Biz – abadiy ittifoqdosh va savdo-iqtisodiy hamkorlarmiz, shu bois birinchi navbatda biz Qirg‘izistonning keyingi rivojlanishini muhokama qildik. Umuman olganda uchrashuvimiz yakunlaridan juda mamnun bo‘ldim”, – dedi Japarov.

 Japarovning ushbu bayonoti Rossiyani rozi qilish va tinchlantirishga qaratilgan. Chunki, bunga qadar Japarov hokimiyat tepasiga keladigan kishi kelishidan avval qaram holatda taxtga o‘tiradi degan edi. Buning asosiy sabablari – ayni vaqtda mamlakatning iqtisodiy jihatdan ortga ketishi va milliondan ortiq fuqarolarning Rossiyada ishlayotganida. Agar qirg‘iz hukumati Rossiyadan yuz o‘gira boshlasa darhol mehnat migrantlariga bosim kuchayadi. Chegara va millatlararo mojarolar orqali hokimiyatni keskin obro‘sizlantirish harakatlari boshlanadi. Qirg‘izistonni EOIIga olib kirishda ham rus hukumati migrantlar muammosidan foydalangan. Bunga qo‘shimcha, moliyaviy va savdo munosabatlarida ham bosimga uchrashi mumkin.

 Qirg‘izistonni oldinga siljitishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy loyihalar to‘xtab, aholi hayoti og‘irlashib bormoqda. Shu sababli hukumat Rossiya e’tibor bermayotgan Temir yo‘l, GES kabi loyihalarni G‘arb va Xitoy bilan hamkorlikda amalga oshirishga harakat qilmoqda. Chunki, Rossiyaning xalqaro maydondagi mavqeyi borgan sari zaiflashib, iqtisodi ortga ketayotgani aniq. Shu tufayli hukumat xalq ehtiyojlarini ta’minlash uchun xalqaro tashkilotlardan qarz olishga majbur. Bunga qo‘shimcha, mamlakatda G‘arb saqofiy tomondan ta’sirini kengaytirib, jamoatchilik fikrini o‘zgartira oladigan darajaga etdi. O‘z navbatida bu hukumatni bir tomonlama siyosat yuritishini qiyinlashtiradi. 

 Aslida, Rossiya, AQSh, Xitoy va Evropa ham Qirg‘izistonni, shu jumladan, O‘rta Osiyoni mustaqil bo‘lishini istashmaydi. Mintaqadagi tabiiy boyliklar va xomashyolar ularning ko‘zlarini kuydiradi. Demak, hozir tatbiq qilinayotgan kapitalistik tuzum bilan xalq umidini oqlash mumkin emas. Chunki, Qirg‘izistonga rivojlangan davlatlar sifatida ko‘rinayotgan AQSh, Evropa va Xitoy davlatlari, hatto SSSR ham mustamlakachilik siyosati ortidan iqtisodiy jihatdan rivojlangan. Boshqacha aytganda, ular Osiyo va Afrikadagi “uchinchi olam” davlatlari xomashyolarini suvtekinga tashib ketish, ulardagi arzon ishchi kuchidan foydalanish va bu mintaqalarni o‘z maxsulotlari uchun bozorga aylantirish natijasida iqtisodiy rivojlanishga erishishdi. 

 Demak, biz musulmonlar avvalo ushbu mustamlakachi davlatlar zulmidan qutulishga harakat qilishimiz shart. Qutulishning yagona yo‘li – Islom dinimizni hayotga tatbiq qilishimizdan iborat. Buning uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam tariqatidan og‘ishmay, tinimsiz fikriy va siyosiy kurash olib borishimiz zarur. Ushbu fikriy va siyosiy kurashlar buzuq siyosiy doirani o‘nglashga yoki xolis musulmonlardan iborat yangi siyosiy doirani shakllantirishga qaratilishi kerak. Shuningdek, jamoatchilikka ustimizda tatbiq qilinayotgan kapitalistik tuzum zulmini faqat Islomni tatbiq qilish bilangina to‘xtatish mumkinligini tushintirib borishimiz zarur. Aks holda mamlakat “yomg‘irdan qochib, do‘lga tutilgan”icha qolaveradi.

 Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.