Falastin masalasi: chalg‘ituvchi shiorlar

483
0
Palestinian president delivers a speech on the second day of the 7th Fatah Congress on November 30, 2016, at the Muqataa, the Palestinian Authority headquarters, in the West Bank city of Ramallah. Photo by FLASH90

Falastin masalasi: chalg‘ituvchi shiorlar

 Muborak Ramazon oyidan beri yahudiylar falastinlik musulmonlarni bombabo‘ron qilishni davom ettirishmoqda. Yahudiylar yuqori aniqlikdagi raketalar va eng zamonaviy samolyotlardan foydalanishmoqda. Bugunga kelib ularning bombabo‘ronlari natijasida qurbon bo‘lganlar soni 200dan oshdi, jarohatlarganlar undan ham ko‘p. Musulmonlar joylashgan hududlarda uylar vayron qilinib, kuli ko‘kka sovrulmoqda. Atrof yordam, nusrat so‘rab zor qaqshagan, yaqinlarini yo‘qotgan musulmonlarning oxu-zoriga to‘lgan. Bu dahshatli fojea musulmonlarning birinchi qiblasi va uch muborak masjidlardan biri joylashgan Falastinda sodir bo‘lmoqda.

 Xalqaro hamjamiyat zo‘rovonlikni to‘xtatishga chaqirish, islomiy yurt rahbarlari “keskin qoralash” bilangina cheklanishmoqda. Dunyo musulmonlari esa Falastin musulmonlarini qo‘llab-quvvatlab namoyishlar uyushtirmoqda. Albatta, Al-Aqso va Quddus aqidamiz bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan masala, shuningdek, “bir tana kabi” bo‘lgani sababli Falastin musulmonlarining dardi bizning ham dardimizdir. Ammo, shu o‘rinda musulmonlarni Falastinning haqiqiy echimidan boshqa tomonga burayotgan, musulmonlarni chalg‘ituvchi shiorlar ko‘tarilmoqda. Ushbu shiorlardan biri – xalqaro hamjamiyatdan yordam so‘rash. Aslida, aynan shu xalqaro hamjamiyat Falastinda (isroil) davlatini barpo etishga qaror qilgan edi. Shu qaror asosida (isroil) o‘z hududini kengaytirib, bugungi kunga qadar musulmonlarni to‘xtovsiz qirg‘in qilishda davom etmoqda. Shuning uchun, agar xalqaro hamjamiyat aralashadigan bo‘lsa, faqat yahudlar manfaatlarini himoya qilish uchungina aralashadi. Bundan tashqari, G‘arbning “erkatoyi” hisoblangan (isroil) qancha qarorlarni buzdi, qanchasini ijro qilmadi ammo, xalqaro hamjamiyat unga qarshi keskin chora ko‘rgani yo‘q. Shu sababli xalqaro hamjamiyatdan yordam kutish qo‘ylarni bo‘riga ishonish bilan barobar.

 Chalg‘ituvchi shiorlardan yana biri bu – Falastin davlatini tashkil etishni talab qilish. Namoyishda ko‘pchilik musulmonlar Falastin bayrog‘ini ko‘tarib chiqishdi. Aslida (isroil) bilan yonma-yon Falastin davlatini tashkil etish bu – G‘arbning avvaldan ko‘tarib kelayotgan rejasi hisoblanadi. Falastin davlatini tashkil etishga kelsak, yahudiylar va G‘arb u erda armiyasi cheklangan, harbiy imkoniyatlari zaif (hozirgi Falastin hukumatidan deyarli farq qilmaydigan) Falastin davlatini tashkil etishgagina rozi bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu davlat musulmonlarni emas, balki ko‘proq (isroilni) himoya qiladigan davlat bo‘ladi. Mabodo, Falastin davlati tashkil etilgudek bo‘lsa, boshqa islomiy yurtlardagi rejimlar buni g‘alaba sifatida ko‘rsatib, maqtanib, avval mahviy bo‘lgan bo‘lsa, endi (isroil) bilan oshkora hamkorlik qilishni boshlashadi. Ammo shunda ham yahudiylar itagan vaqtda Falastin davlatiga hujum qiladi, xuddi hozirgi ko‘rinish davom etaveradi. Biroq, bu urush (faqat bir tomonning ustunligi saqlangan urush) endilikda ikki davlat o‘rtasidagi urush sifatida qabul qilinadi. Boshqacha aytganda, dunyo musulmonlarining Falastin masalasiga aralashtirmaslik harakati amalga oshiriladi.

 Hozir musulmon hukmdorlardan Falastin uchun yordam so‘ralayotganiga kelsak, (isroilni) o‘rab turgan va boshqa islomiy mamlakatlaridagi rejimlar Amerika yoki Biritaniya yohud Frantsiya ta’siri ostidadir. Shu sababli ular, ayniqsa, (isroilga) qarshi xo‘jayinlari ruxsat bergandagina harakat qilishadi. Shuningdek, ularning Falastinni ozod qilish niyati ham yo‘q. Musulmonlar harbiylarni Falastinni ozod qilishga chaqirashayotgan bir vaqtda xuddi shu rejimlar armiyalarini kazarmalarda ushlab turish orqali xo‘jalarining buyuruqlarini bajarishmoqda. Xalq oldida obro‘sini saqlab qolish uchun (isroilga) qarshi “keskin” bayonotlar berish bilangina cheklanishmoqda.

 Mana shu sababli musulmon hokimlardan yordam so‘rash, xalqaro hamjamiyatga murojaat qilish, Falastin davlatini tashkil etishni talab qilish muammoning haqiqiy echimi – Falastinni ozod qilishga olib bormaydi. Shuningdek, (isroil)ni yo‘q qilish emas, aksincha uning xavfsizligini ta’minlash vazifasini bajarayotgan islomiy yurtlardagi rejimlar qulatilib, musulmonlar bir Xalifa ostida birlashmaguncha asirlikdagi Falastin hech qachon ozod bo‘lmaydi, musulmonlar qoni to‘kilishi to‘xtamaydi! Yahudiylar falastinlik musulmonlar ustiga raketalar yog‘dirayotgan bir vaqtda Falastin masjidlaridan “Ey Salohiddin, ey Salohiddin” degan chaqiriqlar yangramoqda. Ha, Falastinni musulmonlarni shariat asosida birlashtirib, yahudiylarga qarshi buyuk jihod boshlagan Salohiddingina qutqaradi! U kunlar ham yaqin, in sha Alloh!

Qirg‘izistondagi Hizb-ut Tahrirning matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.