Hijriy 1442 yilning shavvol hilolini tekshirish natijasi va muborak ramazon hayiti tabrigi

373
0

Hijriy 1442 yilning shavvol hilolini tekshirish natijasi va muborak ramazon hayiti tabrigi

Allohu Akbar, Allohu Akbar, Allohu Akbar, la ilaha illallohu Allohu Akbar, Allohu akbar va lillahil hamd

Bismillahir Rohmanir Rohim. Butun olamlarning, shamsu qamar va hilolu vaqtlarning Parvardigori, buyuk arsh sohibi Allohga hamdu sano bo‘lsin. Davlat barpo etib, Ummat bunyod etgan sayyidimiz Muhammad mustafoga, u kishining ahli-oilasi va barcha sahobalariga salotu salomlar yog‘ilsin.

Buxoriy o‘zining sahihida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirdi. Muhammad ibn Ziyod aytadi, men Abu Hurayra roziyallohu anhuning bunday deganlarini eshitgandim: Nabiy ﷺ yoki Abu Qosim ﷺ aytdilar:

«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةَ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ»

«Oyni ko‘rib ro‘zani boshlanglar, oyni ko‘rib ro‘zani tugatinglar. Agar havo bulut bo‘lsa, sha’bon oyining sanog‘ini to‘la o‘ttiz kun qilinglar».

Bugun seshanbadan chorshanbaga o‘tayotgan muborak kechada shavvol hiloli kuzatilgandan keyin hilolni shar’iy ko‘rish bilan ko‘rilgani o‘z isbotini topmadi. Shunga ko‘ra, demak, ertaga chorshanba kuni insha Alloh ramazonni to‘liq oxiriga etkazilib, o‘ttiz kun qilinadi va ertasi payshanba kuni shavvol oyining hamda muborak ramazon hayiti kunlarining birinchi kuni bo‘ladi.

Shu munosabat bilan Hizb ut-Tahrir butun Islom Ummatini muborak ramazon hayiti bilan xolis-samimiyat ila tabriklaydi. Alloh Taolodan kelasi yilgi hayitni Islom davlati barpo bo‘lgan, dinimizni g‘olib qilib, bayrog‘ini keng yoygan holda qarshi olishimizga nasib ro‘z aylashini so‘rab qolamiz.

O‘z navbatida men ham, xossatan o‘zimning nomimdan hamda Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi raisi va barcha mintaqalardagi matbuot bo‘limi xodimlari nomidan Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtani muborakbod etaman. Alloh Taolodan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikning barpo bo‘lishi to‘g‘risidagi Rosululloh ﷺning bashoratlarini amirimiz etakchiligida olib borilayotgan ushbu da’vat orqali ro‘yobga chiqarib berishini so‘rab qolamiz.

Bu yilgi Ramazon ham azob-uqubatlarsiz kelmadi. Islom Ummati hanuz bu mashaqqatlardan azob chekmoqda. Bu azob-uqubatlar Aqso masjidida hamda Yaman, Suriya, Bangladesh, Pokiston, Afg‘oniston, Sudan, Niger, Qirg‘iziston, Rossiya va Somalida bo‘layotganidek yo to‘g‘ridan-to‘g‘ri sodir bo‘lmoqda yoki Iroq, Misr, Hindiston kabi yurtlarda bo‘layotgani kabi hukmdorlarning loqaydliklari va korruptsiyasi sababli sodir bo‘lmoqda. Ushbu xayrli Ramazon oyida musulmon yurtlarida qariyb 200 million shaxs to‘yib ovqat emaslikdan, Yaman va Suriyaning yarim aholisi ocharchilikdan aziyat chekmoqda. Boshqa islomiy yurtlarda ham qashshoqlik manzaralari hukmron. Hatto namozimiz ham bu hukmdorlarning malaylik va johilligidan omon qolmadi. Chunki ular yangi turdagi pandemiyani jilovlayolmay, musulmonlarni masjidlardan mahrum qilmoqdalar, jamoat namozlari suratini buzmoqdalar…

Ey musulmonlar, ey insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat!

Yurtlari Hind okeani bilan Tinch okeani o‘rtasidagi o‘tish yo‘lagini o‘z ichiga olgan, dengizchilari O‘rta Er dengizi, Qizil dengiz va Qora dengizning sohiblari bo‘lgan Ummat qanday qilib bunday ahvolga tushib qolishi mumkin?! Quruqlik, dengiz va havo hududlari Jahon savdo yo‘llarini o‘z ichiga olgan, yo‘laklari esa, harbiy navigatsiyaning tayanchi bo‘lgan Ummat qanday qilib bunday ahvolga tushib qolishi mumkin?! Aholisi dunyo boyliklarining asosiy qismiga ega zaminda yashaydigan, insoniy energiya tobora o‘sishda davom etayotgan bir o‘lka qanday qilib bunday ahvolga tushib qolishi mumkin?! Hindiston, Xitoy va Rossiyani qamalga qilish, AQShning xalqaro gegemonligiga barham berish, Evropa nufuzini Afrika qit’asidan yo‘q qilish imkoniga ega bo‘lgan Ummat qanday qilib bunday ahvolga tushib qolishi mumkin?!

Buning javobi shuki: «Ummat o‘z egnidan Xalifalik libosini echgach, Alloh unga xorlik va sharmandalik libosini kiydirdi». Zero, xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu «Biz Alloh Islom bilan kuchli-qudratli qilgan xalqmiz. Agar kuch-qudratni Islomdan boshqa tarafdan qidirsak, Alloh bizni xor qiladi», degan. Demak, butun xalqlar va millatlarga Xalifalik haybati qaytib kelmaguncha, Islom va musulmonlarning haybati qaytmaydi.

Ey musulmonlar, ey mufakkirlar va media-minbar egalari!

Ummatdagi jamoatchilik fikri Xalifalik tarafdoridir. Biroq u ayni loyihaning tafsilotlarini tushuntirib beradigan kishiga muhtoj. G‘arb bu vaziyatdan xabardor. Shu bois, hukmronlik xolis Allohning shariatiga o‘tmasligi, Ummat qaytib oyoqqa turolmasligi uchun sizning qo‘lingiz bilan Islomga yot bo‘lgan tafsilotlarni Xalifalik tushunchasiga aralashtirishga harakat qilmoqda. Mufakkirlar sifatida, bugungi asrga shariat javob berolmaydi, degan shubhalardan qutulmog‘ingiz vaqti keldi. Zero, bu fikr – Alloh saqlasin – kufr eshiklaridan biridir. Chunki shariat bugungi kunimizdagi va qiyomat kuniga qadar yaratiladigan barcha insonlar uchun kelgan. Bu qanday amalga oshishi masalasiga kelsak, hokimiyatni olish va bugungi yangi dunyoga etakchilik qilishga Islomning loyiq ekanini anglab etishingiz uchun Hizb ut-Tahrir Qur’on, sunnat, sahobalar ijmoi va keng islomiy merosdan etarlicha ma’lumotlarni keltirib berdi. Ummat o‘z davlatini barpo qilishi uchun Hizb boshqaruv sohasidan tortib, iqtisod, ijtimo, saqofat, sud, mafkura, siyosat kabi sohalarga qadar barcha masalalarni mufassal bayon qilib berdi. Hizb saqofati xo‘jayinlikni shariatga xoslagan. Chunki u faqat Islomdan olingan bo‘lib, unga kufr fikrlari va qonunlaridan zarracha aralashmagan.

Ey musulmonlar, ey kuch-qudrat egalari!

Hukmdorlarning G‘arbdagi konferentsiyalarda xo‘jayinlari bilan birga tuyaqushlar kabi yurganini, musulmon yurtlaridagi xalqlar ustiga fir’avnlar kabi minib olishganini ko‘rib, bunday qabohatdan qonlaringiz qaynamaydimi?! Frantsiyaning Payg‘ambaringizni haqoratlashi, Amerikaning diningizga nisbatan qabihligi nahotki sizlarni junbushga keltirib, Abu Bakr Siddiqning mardligini qo‘zg‘amayotgan bo‘lsa?! Nahotki Shom muslimalarining nomusi toptalgani to‘g‘risidagi bayonotlari sizlarni Mo‘’tasim kabi otilib chiqishga undamayotgan bo‘lsa?! Allohning tuzog‘iga tushishdan saqlaninglar. Allohga qasamki, U zot sizni vahn bilan sinamoqda… Bas, ajal sizlarni to‘satdan tutib qolishidan hamda Alloh o‘rningizga sizlardan ko‘ra yaxshiroqlarini olib kelishidan oldin Hizb ut-Tahrirning roshid Xalifalikni barpo etish loyihasiga nusrat-yordam berish bilan ushbu vahndan xalos bo‘lishga shoshiling. Zero, Alloh Taolo bunday dedi:

وَإِن تَتَوَلَّوْا يَسْتَبْدِلْ قَوْماً غَيْرَكُمْ ثُمَّ لا يَكُونُوا أَمْثَالَكُمْ

«Agar sizlar yuz o‘girib ketsangiz, (Alloh o‘rningizga) sizdan boshqa bir qavmni almashtirib qo‘yur, so‘ngra ular sizlarga o‘xshagan bo‘lmaslar (sizdan yaxshi bo‘lurlar)!»     [Muhammad 38]

Allohu Akbar, Allohu Akbar, Allohu Akbar, la ilaha illalloh, Allohu Akbar, Allohu Akbar va lillahil hamd.

Hayitingiz muborak bo‘lsin, vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Dushanbaga o‘tar kecha, hijriy 1442 yilning ramazon oyining oxirgi o‘ttizinchi kuni

Milodiy 2021 yil 12 may

Muhandis Salohiddin Azoza

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.